"Jenoa" Balotellini emas, SHomurodovni tanlagan
13 noy 2020 19:08
Yangiliklar
"Jenoa" Balotellini emas, SHomurodovni tanlagan
"Jenoa" prezidenti Enriko Preciozi transfer oynasi yopilishidan oldin Mario Balotelli bilan shartnoma imzolash haqida o'ylaganini aytdi.
— Biz Balotellining reabilitaciyasi va unga shartnoma taklif qilish haqida o'yladik. Ammo yakunda boshqa variant tanlandi va bu qaror to'g'ri edi. Mario yaxshi yigit, lekin u bizning qiziqishlarimiz doirasiga kirmaydi. U faoliyatini tiklashini chin dildan xohlayman, — dedi funkcioner "Telelombardia"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 25 sentyabr kuni italiyalik jurnalist Nikolo SHira ayni paytda erkin agent maqomida bo'lib turgan Mario Balotelli "Jenoa" bilan "1+1" ko'rinishida shartnoma imzolashga yaqinligini malum qilgan edi. Genuya klubi esa bir necha kundan keyin hamyurtimiz Eldor SHomurodovning transferini elon qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar