Jekson Martines Guanchjou Evergrandga 42 million evro evaziga ko'chib o'tdi
03 fev 2016 07:42
Yangiliklar


Jekson Martines Guanchjou Evergrandga 42 million evro evaziga ko'chib o'tdi
Atletiko hujumchisi Jekson Martines faoliyatini Xitoyda davom ettiradi, deb xabar bermoqda Marca nashri.
29 yoshli Kolumbiya terma jamoasi azosi Guanchjou Evergrand klubiga Osiyo futboli uchun rekord summa 42 million evro evaziga ko'chib o'tdi.
Guanchjou Evergrand – Xitoy chempioni va OCHLning amaldagi g'olibi hisoblanadi. Bu mamlakatda transfer oynasi 26 fevral kuni yopiladi.
Atletiko 2015 yil yozida Martinesni Portudan 35 million evro evaziga xarid qilgandi. Futbolchi 15ta o'yinda 2ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar