So’nggi yangiliklar

17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  0 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  0 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  0 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  9 14:50"Арсенал" 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  2 14:25ЖЧ йилида ПФЛ режаларида ўзгаришлар бўлиши мумкин: ташкилот 3 та вариантни илгари сурди  3 14:12Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғин бошлади  0 13:51Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  1 13:31"Андижон" "Қўқон-1912" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 13:17"Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  1 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  9

Jeko "Roma" emblemasidagi oyoq qalqonchasini taqadi, lekin "Inter" safida o'ynaydi. Ie, qanaqasiga?! Yangiliklar

Jeko "Roma" emblemasidagi oyoq qalqonchasini taqadi, lekin "Inter" safida o'ynaydi. Ie, qanaqasiga?!

U 6 yil rimliklar sharafini himoya qilgan.

"Inter" Italiya Kubogi finalida "Yuventus"ni mag'lub etib (4:2), mavsumdagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi. Milanliklar forvardi Edin Jeko gol urmadi, lekin u qolgan o'yinchilardan kam harakat qilmadi. Final hushtagidan so'ng, bosniyalik chim ustiga yotdi, etiborli muxlislar futbolchining getrisi tagida qiziq bir narsaga guvoh bo'lishdi: "Roma" logotipi tushirilgan oyoq qalqonchasi.

Maydonda olingan rasmda qalqonchada aynan qanday narsa aks etganini tushinish qiyinroq. SHu sababli, 2021 yil dekabrda bo'lib o'tgan "Inter" - "Roma" bahsidan avval, kiyinish xonasida olingan kadrni etiboringizga taqdim etamiz. Edinning formasi yonida "Roma" emblemasi va Jekoning rasmi tushirilgan oyoq qalqonchasini ko'rish mumkin.

O'sha uchrashuvda "Inter" g'alaba qozongan (3:0), Edin esa sobiq jamoasi darvozasiga ikkinchi golini urgan. Tabiiyki, nishonlamagan.

Jeko nimaga "Roma"ni bunchalik yaxshi ko'radi?

Bosniyalik forvard Rim klubida olti yil faoliyat yuritgan — zamonaviy futbol uchun etarlicha uzoq muddat. Bu vaqt mobaynida Jekoni doimiy ravishda boshqa klublarga ijaraga berishgan (masalan, 2019 yili deyarli "Inter"ga o'tgan). Futbolchining o'zi esa oxirgi mavsum Paulu Fonseka bilan janjallashib qoladi. Ammo ommaga har doim Rimda baxtli ekanligini takidlaydi.

2018 yili u shunday degan: "Men bu erda baxtiyorman. Qolishga qaror qilganimning asosiy sababi ham shu. Ayolim va farzandlarim ham shu erda ekanidan xursand".

2020 yili u shunday "dil izhori" qilgan: "Har bir bo'lib o'tgan o'yindan keyin bu futbolka tobora tanamga singib bormoqda. Bu jarayon terim bilan birlashib ketgunga qadar davom etadi", — degan edi Jeko. 

SHu bilan birga, Jeko "Roma" tarixida katta iz qoldirgan: 260 uchrashuvda maydonga tushib, 119ta gol urdi. Bosniyalik hozirda "Roma" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar orasida uchinchi o'rinni egallagan. 

Evrokubok bahslarida "Roma" safida hech kim Jekodan ko'proq gol urmagan — 2021 yil martida Edin Evropa Ligasi doirasida "Braga"ga qarshi bahsda afsonaviy Franchesko Tottining rekordini yangiladi. Jekoning shunday yutuqlaridan keyin u "Roma" uchun qanchalik muhim ekanligi borasida ikki xil fikr bo'lishi mumkin emas...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика