JCHda jamoalar ko'payishi FIFAning daromadini oshiradi
07 jan 2017 03:39
Yangiliklar
JCHda jamoalar ko'payishi FIFAning daromadini oshiradi
Bu haqda TASS agentligi Franc Pressga asoslanib xabar bermoqda.
Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi Jahon chempionatidan boshlab musobaqada 48 ta jamoa 16 ta guruhga bo'lingan holda ishtirok etishini rejalashtirayotgani haqida aytilgandi.
Agentlik malumotlariga qaraganda, agar ushbu o'zgarish amalga oshirilsa, FIFAning musobaqadan sof daromadi, 2018 yilgi Rossiyada o'tadigan JCH yakuni bilan 4,18 million dollarni tashkil etadi. Takidlanishicha, jamoalar ishtirokining ko'payishi tashkilot xarajatlarini 325 million dollarga oshiradi.
Infantino ushbu taklifini 9-10 yanvar kunlari Cyurixda o'tadigan FIFA kengashi yig'ilishida taqdim etadi. Ilgariroq FIFA kengashi JCHda ishtirokchilar soni ko'paytirish g'oyasini ijobiy qabul qilgandi. Yaqin yillardagi ikkita jahon chempionati - Rossiya-2018 va Qatar-2022 da odatdagidek 32 jamoa ishtirok etadi.
Fikrlar