JCHda ishlagan yagona futzal hakamimiz yana bir yoshga ulg'aydi
18 jan 2020 18:16
Yangiliklar


JCHda ishlagan yagona futzal hakamimiz yana bir yoshga ulg'aydi
Bugun, 18 yanvar kuni futzal bo'yicha sobiq FIFA hakami SHuhrat Po'latov tavallud topgan kun. Futzal bo'yicha Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etgan yagona hakamimiz bugun 45 yoshga to'ldi. U shuningdek, Qozog'istonda o'tkazilgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ishlagan.
O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Ravshan Ermatovning tavsiyasi bilan hakamlik faoliyatini boshlagan SHuhrat aka futzal referisi sifatida aytishga arzigulik yutuqlarni qo'lga kiritgan. Futzal olamida yaxshigina obro'ga ega. Uning ukasi Umid Po'latov ham aka izidan borib, futzalda hakamlik qilmoqda. Bugungi qahramonimiz esa ayni paytda "Paxtakor" klubi tizimida faoliyatini davom ettiryapti.
Fursatdan foydalanib, saytimizning barcha xodimlari va muxlislari nomidan SHuxrat Po'latovni tavallud ayomi bilan tabriklaymiz! Unga barcha ezgu niyatlarimizni tilaymiz. SHuhrat aka, oila azolaringiz, farzandlaringiz baxtiga sog'-salomat bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar