So’nggi yangiliklar

03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  17 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  2 01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  6 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  3 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  0 23:41Асрор Алиқулов: "Иккинчи тайм учун йигитларга раҳмат айтаман"  1 23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  1 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ тўққиз киши бўлиб "Бавария"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  162 22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоаси Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 23 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  4 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  44 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  4 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  6 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4

JCH saralashining 7-tur yakunlari. Yaponiya vazifani bajardi, Eron, O'zbekiston va Janubiy Koreya mundialga yaqin Yangiliklar

JCH saralashining 7-tur yakunlari. Yaponiya vazifani bajardi, Eron, O'zbekiston va Janubiy Koreya mundialga yaqin

Kecha, 20 mart kuni qitamiz bo'ylab JCH saralash bosqichining uchinchi raund 7-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

7-tur yakunlariga ko'ra, o'z maydonida g'alaba qozongan Yaponiya terma jamoasi butun dunyo jamoalari orasida birinchi bo'lib JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 


"A" guruhi natijalari va keyingi o'yinlar

O'zbekiston - Qirg'iziston 1:0

Eron - BAA 2:0

Qatar - KXDR 5:1

Bizning guruhdagi har uchala o'yinda kutilganidek mezbonlar g'alabaga erishdi. Terma jamoamiz qiyinchilik bilan g'alaba g'ozonib, o'z hisobiga muhim uch ochkoni yozib qo'ydi. BAAning mag'lub bo'lishi ham bizga qo'l keldi va endilikda ochkolar farqi 6taga etdi. Lekin baribir xotirjam bo'lish kerak emas, chunki oldinda yana uchta tur bor va buyog'iga faqat qiyin o'yinlar qoldi. 



G'alenoi g'alabani Beyranvandga bag'ishladi

Eron o'z maydonida BAAni qabul qilib 2:0 hisobida zafar quchdi. O'yindan keyingi matbuot  anjumanida Eron terma jamasi bosh murabbiyi Amir G'alenoi shunday dedi: 

"G'alaba uchun xursandmiz va bemalol bu g'alabani darvozabonimiz Alirizo Beyranvandga bag'ishlasak bo'ladi. Chunki uning mohir seyvlari tufayli to'p darvozamizga kirmadi. Bizda juda yaxshi jamoa bor va bu jamoa bilan bemalol o'z maqsadimizga erisha olamiz".


Paulu Bentu shogirdlarini tanqid qilmadi

Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, BAA terma jamoasi ustozi o'z shogirdlari haqida iliq fikrlar bildirdi:

"Birinchi taymni zo'r o'tkazdik, lekin to'pga ko'proq Eron egalik qildi. O'ylashimcha, ikkinchi taymda ham chiroyli harakat qildik. Shogirdlarimni tanqid qilmoqchi emasman, hamma bor kuchi bilan o'ynadi. Faqat mahorat bobida Eron ustunlik qildi. Endi KXDR bilan o'yinni o'ylaymiz".

Guruhning uchinchi bahsida Qatar KXDRni yirik hisobda mag'lub etib, o'z ochkolarini 10 taga etkazib oldi. Shunday qilib, BAA bilan Qatarning ochkolari bir xil 10 tadan bo'ldi.


8-tur uchrashuvlari. 25 mart

Qirg'iziston - Qatar

Eron - O'zbekiston

KXDR - BAA



"B" guruhi natijalari va keyingi o'yinlar

Janubiy Koreya - Ummon 1:1

Iroq - Kuvayt 2:2

Ioradniya - Falastin 3:1

Janubiy Koreyaning o'z maydonida durang o'ynashi tur sensaciyasi bo'ldi. Shunga qaramay, koreyaliklar hamon peshqadam bo'lib qolmoqda va katta ehtimol bu jamoa guruhdan birinchi o'rin bilan Jahon chempionatiga yo'l oladi.

Iroqning Basra shahrida kechgan Iroq - Quvayt bahsida 2:2 qayd etildi. Bu o'yinni 63 ming atrofida muxlis kuzatib bordi. O'yinda kuvaytliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgandi, ammo Iroq terma jamoasi futbolchilari 90+3 va 90+11-daqiqada gol urib, mag'lubiyatni durangga aylantirishdi. Shundan so'ng maydonda tortishuv va janjalli holat yuzaga keldi. Bosh hakam esa kuvaytlik futbolchini chetlatdi.

Guruhning uchinchi o'yinida Iordaniya Falastin darvozasiga 3 ta gol urib zafar quchdi. Guruhdagi vaziyatga qarasak, to'rtta jamoa ikkita yo'llanma uchun kurashmoqda. Hatto Kuvaytda ham imkoniyat bor deya olamiz. Bu guruhda kurash oxirgi turgacha kechishini taxmin qilish qiyin emas.


8-tur uchrashuvlari. 25 mart

Janubiy Koreya - Iordaniya

Falastin - Iroq

Quvayt - Ummon


C guruhi natijalari va keyingi o'yinlar

Avstraliya - Indoneziya 5:1

Yaponiya - Bahrayn 2:0

Saudiya Arabistoni - Xitoy 1:0

Indoneziya ustidan qo'lga kiritilgan yirik g'alaba Avstraliyaga ikkinchi uch ochkoni taqdim etdi. Bu jamoa saralashni yaxshi boshlay olmadi, to'rt marta durang o'ynadi, lekin hozir ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Yaponiya terma jamoasi Bahrayndan ustun kelib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Samuraylar"ning guruh o'yinlarini peshqadam sifatida tugatishi malum edi. Guruh o'yinlari tugashiga uchta tur qolganida Yaponiya vazifani bajardi.

Xitoyni kichik hisobda mag'lub etgan Saudiya Arabistoni guruhda uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Endilikda Avstraliya va Saudiya Arabistoni ikkinchi o'rin uchun kurash olib boradi. Nazarimizda, Indoneziya kurashdan chiqdi, chunki jamoa yaxshi ketayotgan bir paytda murabbiy o'zgardi va shu bilan hammasi o'zgarib ketdi. 


8-tur uchrashuvlari. 25 mart

Yaponiya - Saudiya Arabistoni

Xitoy - Avstraliya

Indoneziya Bahrayn


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика