JCH saralashdagi asosiy raqibimiz o'z ro'yxatini elon qildi. Tarkibda faqat mahalliy futbolchilar
27 may 2021 14:35
Yangiliklar
JCH saralashdagi asosiy raqibimiz o'z ro'yxatini elon qildi. Tarkibda faqat mahalliy futbolchilar
Xabaringiz bor, qolgan o'yinlar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda markazlashgan tartibda o'tkaziladi. O'zbekiston terma jamoasi u erda Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.
Bugun guruhdagi asosiy raqibimizning tarkibi elon qilindi. Unga ko'ra, saudiyaliklar bosh murabbiyi Erve Renar terma jamoaga 27 nafar futbolchini taklif etgan.
Darvozabonlar: Abdulloh Al Ovayshir ("Al Vahda"), Zaid Al Bavardi ("Al SHabab"), Muhammad Al Ovays ("Al Ahli"), Muhammad Al Rubai ("Al Ahli").
Himoyachilar: Hassan Tambakti ("Al SHabab"), Abdulloh Madu ("Al Nasr"), Abdulelah Al Amri ("Al Nasr"), Ali Al Bulayhi ("Al Hilol"), Saud Abdulhamid ("Al Ittihod"), Muhammad Al Burayk ("Al Hilol"), Sultan Al Gannam ("Al Nasr"), Muhannad Al SHankiti ("Al Ittihod"), Yosir Al SHahroni ("Al Hilol").
Yarim himoyachilar: Abdulloh Otayf ("Al Hilol"), Ali Al Hassan ("Al Nasr"), Abdulellah Al Malki ("Al Ittihod"), Ali Al Asmari ("Al Ahli"), Nosir Al Dovsari ("Al Hilol"), Sami Al Nejai ("Al Nasr"), Salman Al Faraj ("Al Hilol"), Muhammad Al Kuvaykibi ("Al Ittifoq"), Fahad Al Muvallad ("Al Ittihod"), Abdulrahmon Garib ("Al Ahli"), Salim Al Dovsari ("Al Hilol").
Hujumchilar: Firas Al Brikan ("Al Nasr"), Abdulloh Al Hamdan ("Al Hilol"), Solih Al SHehri ("Al Hilol").
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni - O'zbekiston bahsi 15 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar