JCH saralash. Ikkita o'yinni o'zbekistonlik hakamlar boshqaradi
15 noy 2023 09:29
Yangiliklar
JCH saralash. Ikkita o'yinni o'zbekistonlik hakamlar boshqaradi
Jahon chempionati saralash bosqichi Osiyo mintaqasidan o'rin olgan uchrashuvlarda o'zbekistonlik rasmiylar faoliyat olibboradi.
Jumladan, Avstraliya — Bangladesh uchrashuvini Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sanjar SHoyusupov va Andrey Sapenko yordam beradi. Hindistonlik Kristal Jonga to'rtinchi hakamlik ishonib topshirilgan.
SHuningdek, Filippin — Vetnam uchrashuviga Rustam Lutfullin tayinlangan. Ruslan Serazitdinov va Alisher Usmonov qanotlarda unga yordam beradi. Tailandlik Vivat Jumpaun to'rtinchi hakam vazifasini bajaradi.
Fikrlar