So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

JCH saralash bosqichining keyingi o'yinlari Saudiya Arabistonida o'tkazilishiga munosabatingiz? (So'rovnoma yakunlari) Yangiliklar

JCH saralash bosqichining keyingi o'yinlari Saudiya Arabistonida o'tkazilishiga munosabatingiz? (So'rovnoma yakunlari)

Xabaringiz bor, O'zbekiston joy olgan guruhdagi JCH saralash uchrashuvlari markazlashgan tartibda boshqa mamlakatda bo'lib o'tadi.

Jahon chempionatiga saralash bahslarining ikkinchi bosqichida jami 40ta jamoa beshtadan 8 guruhga bo'lingan holda kurash olib bormoqda. OFK qolgan o'yinlarni markazlashgan tartibda o'tkazishga qaror qilgan.

Biz joy olgan guruh bellashuvlari 7-15 iyun oralig'ida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Quyida asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni hamda o'zimizning o'yinlarni yana bir bor eslab o'tamiz. 

3 iyun. Saudiya Arabistoni - Yaman

11 iyun. Singapur - Saudiya Arabistoni

15 iyun. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston


7 iyun. O'zbekiston - Singapur

11 iyun. Yaman - O'zbekiston

15 iyun. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston


Agar uchta o'yinni o'z foydamizga hal etsak, guruhda birinchi o'rin bilan to'g'ridan to'g'ri keyingi bosqichga yo'l olamiz. Mabodo ikkinchi bo'lsak, unda boshqa guruhlardagi ikkinchi o'rin egalari bilan o'zaro hisob-kitob qilishimizga to'g'ri keladi. 

OFK "D" guruhi bahslari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishini malum qilganidan so'ng Telegram kanalimizga "JCH saralash bosqichining keyingi o'yinlari Saudiya Arabistonida o'tkazilishiga munosabatingiz?" mavzusida so'rovnoma qo'ygandik. Variantlar esa quyidagicha edi:

1. OFK "mezbonlik"ni Saudiyaga berib to'g'ri qildi, chunki ularda sharoit zo'r. 

2. Uy-mehmon tarzida davom ettirilsa yaxshi bo'lardi. 

3. Nega O'zbekiston "mezbonlik"ni olmadi, hayronman. 

4. Men uchun farqi yo'q, terma jamoamiz keyingi bosqichga chiqsa bo'lgani. 


Endi so'rovnoma yakunlariga to'xtalamiz. O'tgan kunlar ichida ushbu so'rovnomada 11 mingdan ziyod o'quvchi ishtirok etib, o'ziga maqul variantni tanlagan. "Men uchun farqi yo'q, terma jamoamiz keyingi bosqichga chiqsa bo'lgani" varianti 38 foiz ovoz bilan birinchi bo'ldi. Yani 4,288 muxlis aynan shu variantni tanlagan. 

"Uy-mehmon tarzida davom ettirilsa yaxshi bo'lardi" varianti 23 foiz ovoz to'plagan bo'lsa, 21 foiz ishtirokchi "OFK "mezbonlik"ni Saudiyaga berib to'g'ri qildi, chunki ularda sharoit zo'r" degan to'xtamga kelgan. "Nega O'zbekiston "mezbonlik"ni olmadi, hayronman" variantiga esa 18 foiz kishi ovoz bergan. 

Ko'rinib turibdiki, aksar muxlislarga terma jamoa qaerda o'ynashining ahamiyati yo'q, muhimi keyingi bosqichga chiqsak bo'lgani. Aslida shunday bo'lishi ham kerak. Bunday olib qaralsa, biz faqat Singapur bilan uyda o'ynashimiz kerak edi. Yaman va Saudiyaga qarshi bahslarni esa shundoq ham safarda o'tkazamiz. 

Musobaqa markazlashgan tartibda o'tkazilishiga qaror qilindimi, etirozga o'rin yo'q. Va OFK O'zbekistonga bermaganiga hayron qolish kerak emas. CHunki tan olaylik, Saudiya Arabistonidagi sharoitlar bizdan ancha yaxshi. Ispaniya, Italiya Superkuboklarini o'tkazgan davlat JCH saralash bahslarini o'tkaza olmaydimi. Bizdan esa iyun oyida u erga borib, ijobiy natija bilan qaytish talab qilinadi. 

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика