JCH saralash. BAA terma jamoasi Serbiyada yig'in o'tkazyapti
12 avg 2021 17:16
Yangiliklar
JCH saralash. BAA terma jamoasi Serbiyada yig'in o'tkazyapti
JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raundiga yo'l olgan BAA jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.
Malumki, 2 sentyabrdan Osiyo mintaqasida 2022 yilgi jahon chempionati saralash bahslarining uchinchi raundiga start beriladi. BAA terma jamoasi 2 sentyabr kuni o'z maydonida Livan bilan 7 sentyabrda esa safarda Suriya bilan bellashadi.
Mazkur bahslarga jiddiy tayyorgarlik ko'rish maqsadida terma jamoa Serbiyaga yo'l olib, u erda o'quv-mashg'ulot o'tkazyapti. Bosh murabbiy Bert van Marveyk yig'in uchun 24 nafar futbolchini taklif etdi. Terma jamoa safida Volid Abbos, Mahmud Xamis, Majid Hassan, Ali Mabxut, Sebastyan Taglibau kabi futbolchilar bor.
O'z paytida pasport bilan bog'liq muammolarga o'ralashib qolgan Fabio Lima esa jarohati sabab Serbiyaga bora olmadi.
Fikrlar