So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  5 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  3 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

JCH oldidan Xose Mariya Mendez ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

JCH oldidan Xose Mariya Mendez ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.



Matbuot anjumanida shuningdek, O'zbekiston futzal associaciyasining ijrochi direktori Rustam Tolibjonov hamda terma jamoamiz azosi Artur Yunusovlar ishtirok etmoqdalar.

Rustam Tolibjonov: "Rejalarimiz bilan tanishtiradigan bo'lsak, ertaga Eronga yo'l olamiz. 28-29 avgust kunlari Eron TJga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. So'ngra Portugaliyaga yo'l olamiz. U erda Ispaniya hamda Portugaliya terma jamoalari bilan o'rtoqlik turnirida ishtirok etamiz. So'ngra, Ispaniyada yig'in o'tkazamiz.

Keyin 7 sentyabr kuni Kolumbiyada Italiya terma jamoasi bilan o'ynashni rejalashtirmoqdamiz.


- Tarkib, tayyorgarlik ko'ngildagidek bo'ldimi? (murabbiyga savol)

- Jamoa jiddiy raqiblarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida o'zini ko'rsata oldi. Qozog'iston dunyoning uchinchi futzal jamoasi hisoblanadi. Ozarbayjon ham Top-8 likka kiradigan jamoa. Kolumbiyaga borib, bekordan bekorga JCHga chiqmaganimizni isbotlaymiz.



- O'zgarishlar haqida nimalar deya olasiz?

- Men avval ham o'zgarishlar bo'lishi haqida aytib o'tgandim. Bu JCH biz uchun birinchisi. Oxirgisi emas. SHu sababli, yosh futbolchilarni ham o'z safimizga qo'shib oldik.

Klim Tyugaev mashg'ulotlarga kelmadi. U g'oyib bo'lib qoldi. SHu sababli, uni tarkibdan chetlatdik. SHlyoma va SHaripov O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilaridan hisoblanadilar. Biroq, statistikaga nazar tashlagan holda, yosh va kelajagi bo'lgan futzalchilarni olishga qaror qildik. Ilhom Hamroev 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoamizning sardori hisoblanadi. U shuningdek, o'rtoqlik o'yinlarida ham o'zini ko'rsata oldi. Albatta, ikki futzalchini tarkibdan chiqarib tashlash oson bo'lgani yo'q.


- Biz kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik. Hali bunday darajadagi qattiq tayyorgarlik bo'lmagandi. Ko'plab yig'inlar, o'rtoqlik o'yinlari yigitlarning charchab qolishlariga sabab bo'lmaydimi?

- Men yuz foiz javob bera olaman. Biz aniq reja tuzib chiqqanmiz. Futzaldagi to'plagan tajribam orqali shuni bilamanki, bu yig'inlar bizga albatta yordam beradi. U erda bizdan kuchli termalar bor. SHu sababli ham mana shunday kuchli tayyorgarlik zarur edi.


- JCHda ham Osiyo chempionatidagi kabi qarshi hujum taktikasini ko'ramizmi?

- Biz Toshkentdagi turnirda himoyaviy o'yin ko'rsatmagandik. Aksincha, raqiblar bizga pressing qo'llashgandi va qarshi hujum taktikasini qo'llashgandi. Bu esa bizga bosim keltirib chiqargandi. Bazi o'yinlarda bosim tufayli o'z o'yinlarimizni ko'rsata olmaganmiz. JCHga kelsak, u erdagi raqiblar bizni yaxshi bilmaydilar. Balki, bu narsa bizning foydamizga ishlar.

Aytmoqchimanki, Kolumbiyada raqiblar bizga qarshi o'yinda hujumkor taktika tanlaydilar. SHundan kelib chiqqan holda, vaziyatga qarab uslub tanlaymiz.


- Artur Yunusovga savol: O'yinni boshqara olyapsizmi?

- Terma jamoamiz Osiyodagi himoyasi kuchli bo'lgan jamoalardan biri hisoblanadi. Tayyorgarlik ham yaxshi bo'ldi. Yaqinda Evropaning etakchi terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz. Oldimizga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan. Jahon chempionatiga shunchaki bormoqchi emasmiz.


- Murabbiyga savol: O'FF bilan shartnomangiz nima bo'ldi? Bu orada boshqa mamlakatlardan ham takliflar bo'ldimi?

- Mening shartnomam keyingi yilning 15 martigacha mo'ljallangan. Osiyo chempionatidan so'ng takliflar bo'lgandi. Biroq, men shartnomani hurmat qilaman. Doimo, uni oxirigacha bajaraman.


- Agar ro'yhat uzunroq bo'lganida tarkibga yana kimlarni qo'shib olgan bo'lardingiz? SHlyoma va SHaripovni hisobga olmaganda...

- Jamoliddinni (kuladi). O'zbekistonda kuchli futzalchilar ko'p. Biroz muddatdan so'ng yoshi 30 dan oshgan futbolchilarimiz terma jamoadan ketadilar. Mamlakatda esa yoshligidan beri futzal bilan shug'ullanayotgan istedodlar ko'p. Ayni paytda Samarqandda, Olmaliqda kuchli o'yinchilar bor. Buxoroda esa 15 yoshli juda kuchli futzalchi bor. Uning kelajakda dunyo yulduzi bo'lishini kutyapman.


- Janob Mendez Osiyoda anchadan beri ishlaydi, ko'plab tanishlari bor. Uning jahonda ham mana shunday tanishlari bormi?

- Ha, u erdagi deyarli barcha murabbiylarni taniyman.


- 10 yildan so'ng ham bizning futzalchilarni eslab qola olasizmi?

- Albatta. O'zim birga ishlagan futzalchilarni barchasini eslayman.

2012 yilda bu erga kelganimda Jamoliddin SHaripov tarkibda bor edi. Uni anchadan beri bilaman. Uni tarkibdan chiqarib tashlash oson bo'lgani yo'q. U meni to'yiga ham taklif qilgandi (kuladi). SHu sababdan ham, bizning ishimiz oson emas.


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика