So’nggi yangiliklar

08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  2 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9

​JCH oldidan. Urugvay-1930 Yangiliklar

​JCH oldidan. Urugvay-1930

Teglar :  Urugvay-1930
JCH boshlanishiga ham oz vaqt qolmoqda. Biz o'tgan jahon chempionatlari haqida malumotlar bilan o'rtoqlashamiz.

1930 yilda futbol tarixidagi ilk mundial o'tkazildi. Turnir 13-30 iyul kunlari Urugvay yashil maydonlarida bo'lib o'tdi. 1928 yilning 28 may kunida FIFA rahbariyati JCH o'tkazish borasida qaror qabul qildi. 1929 yilning 18 may kunidayoq turnir mezboni sifatida Urugvay tanlab bo'lingandi. O'sha vaqtlarda Urugvay dunyoning eng kuchli termalaridan biri bo'lgan, jamoa 1924 va 1928 yilgi olimpiadalarda g'oliblikka erishgandi.

Mundialning barcha uchrashuvlari mamlakat poytaxti Montevideoda o'tkazilgan. Turnirga FIFAning barcha davlatlardan rasmiy vakillari taklif etilgan. Biroq Urugvayga faqatgina 13 davlat (Janubiy Amerika - 7, Evropa - 4, SHimoliy Amerika - 2) termalari borishgan. Ko'xna qitadan kam termaning borgani sababi sifatida o'sha davrlarda Evropadan Janubiy Amerikaga sayohat qilish qiyin bo'lganligi qilib keltirildi. Qura natijalariga ko'ra, jamoalar 4 guruhga bo'linishdi, undagi g'olib jamoalar yarim finalga yo'llanma olishdi. 

Turnirning dastlabki ikki uchrashuvi bir vaqtda boshlandi. Unda Franciya va AQSH termalari Meksika hamda Belgiyani 4:1 va 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Franciyalik Lyusen Loran jahon chempionatlari tarixidagi ilk golni kiritdi. Argentina, Urugvay, AQSH va Yugoslaviya termalari o'z guruhlarida g'oliblikka erishib, yarim finalda o'zaro kurash olib borishdi. Unda Janubiy Amerikaning ikki termasi g'olib bo'lib, hal qiluvchi uchrashuvga yo'llanma olishdi. Unda mezbonlar, turnir favoritlari 68 ming muxlis oldida Argentinaning 4:2 hisobida mag'lub etdi va ilk jahon chempioniga aylandi.

UNGACHA BO'LGAN TARIX

JCH o'tkazilish borasidagi qarorning qabul qilinishi Futbol sport turidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvi 1872 yilda SHotlandiya va Angliya termalari ishtirokida o'tkazilgan. Ilk xalqaro turnir esa 1884 yilda tashkil qilingan. XIX-XX yillarda futbolga bo'lgan etibor anchagina oshdi. SHu boisdan Xalqaro Olimpiya qo'mitasi futbolni 1900 va 1904 yilgi Olimpiada o'yinlariga namunaviy sport turi sifatida kiritildi. Unda g'oliblarga medallar taqdim etilmadi.

1904 yilda yilda FIFA tashkil etilganidan keyin futbol turnirlariga berilayotgan etibor yanada ko'tarildi. Olimpiya o'yinlari masshtabi ostidagi turnir 1906 yilda tashkillashtirilishi mo'ljallangandi. FIFA rasmiy sayti malumotiga ko'ra, turnir bekor qilingan.

1908 yilda Londonda o'tgan Olimpiya o'yinlarida futbol turnirning rasmiy sport turi sifatida etirof etildi. Angliya futboli associaciyasi ilk turnirni havaskorlar uchun tashkil qildi.

1914 yilda FIFA "futbol bo'yicha havaskorlar o'rtasidagi jahon chempionati" nomli Olimpiya turnirni o'tkazishga rozi bo'ldi va buni tashkillashtirishni o'z bo'yniga oldi. Bu dastlabki qitalararo musobaqa edi. 1920 yildagi turnirda Belgiya terma jamoasi g'oliblikka erishdi. 1924 va 1928 yilgi turnirlarda esa Urugvay chempion bo'ldi. Futbolga bo'lgan qiziqishni ko'rgan FIFA prezidenti Jyul Rime jahon chempionatini o'tkazishga qaror qildi.

MEZBONNING TANLANISHI

Ilk turnirni o'zida qabul qilish uchun Italiya, SHveciya, Ispaniya, Gollandiya va Urugvay kabi davlatlar davogarlik qilishdi. Bir necha sabablarga ko'ra, mezbon sifatida Urugvay tanlandi. Misol uchun, Urugvay - amaldagi Olimpiya o'yinlari g'olibi, dunyoning eng kuchli termalaridan biri edi. Urugvayliklar arizada turnir yangi qurilayotgan stadionda o'tkazilishini vada qilgandi. Sovg'a sifatida urugvaylik mansabdor shaxslar turnirda qatnashadigan termalarga moddiy tomondan yordam berishini malum qilishdi. SHu boisdan, qolgan barcha davogarlar olib tashlandi va Urugvay bir so'z bilan mezbon sifatida tanlandi.

TURNIR SOVRINI

Jahon chempionati sovrini Haykaltarosh Abel Laflyorning eskizlari asosida tayyorlangan "Oltin mabuda" nomi bilan mashhur bo'lgan. Kubok (balandligi 35 sm, og'irligi 3,8 kg) oltin suvi yurgizilgan kumushdan iborat edi. Unda qanoti chiqarilgan Nika nomli g'alaba mabudasi tasvirlangandi.

Qatnashchilar

Ilk chempionat saralashlarsiz o'tkazilgan yagona mundial hisoblanadi. Undagi termalar rozilik yo'li bilan tanlab olingandi. JCHda qatnashmoqchi bo'lganlar 1930 yilning 28 fevral kunigacha buni malum qilishlari kerak edi. Turnirda qatnashish uchun asosan Amerika qitasi vakillari rozi bo'lishgandi: Argentina, Braziliya, Boliviya, CHili, Meksika, Paragvay, Peru va AQSH. Evropadan Belgiya, Franciya, Ruminiya va sobiq Yugoslaviya davlati termalari ishtirok etgan.

Stadionlar

Barcha uchrashuvlar Montevideoda bo'lib o'tdi. Turnirni o'tkazishda poytaxtning 3 stadionidan foydalanildi: "Sentenario", "Positos" va "Gran Park Sentral". "Sentenario" ushbu turnir uchun, shuningdek, mamlakatning 100 yilligi uchun aholiga sovg'a sifatida qurilgandi. 

Hakamlar

Evropadan: Toma Balve, Anri Kristof, Jon Langenus, Konstantin Redulesku.

Janubiy Amerikadan: Gualberto Alonso,  Martin Arxestgay, Domingo Lombardi, Xose Masias, Francisko Mateuchchi, Jilbertu Regu, Ulises Sausedo, Anibal Texada, Rikardo Valyarino, Alberto Varnken.

SHimoliy Amerikadan: Gaspar Vallejo.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика