JCH. Messi Argentina TJda Batistutaning natijasi, shu bilan birga “man of the match” sovrinlari bo'yicha o'z rekordini yangiladi
14 dek 2022 09:15
Yangiliklar
JCH. Messi Argentina TJda Batistutaning natijasi, shu bilan birga “man of the match” sovrinlari bo'yicha o'z rekordini yangiladi
Qatardagi mundial yarim finalida Argentina 3:0 natijasi bilan Xorvatiyani engib, musobaqaning dastlabki finalchisiga aylandi.
Uchrashuvda penaltidan hisobni ochgan Lionel Messi JCHdagi umumiy gollarini 11 taga etkazib oldi va musobaqadagi eng yaxshi argentinalik to'purarga aylandi. 35 yoshli futbolchi bu borada Gabriel Batistutaning (10 ta) rekordini yangilashga erishdi.
SHu bilan birga, Leo 10-marotaba uchrashuvning eng yaxshi futbolchis deb tan olindi va mazkur natija bo'yicha o'z rekordi yangilashga erishdi. Eng yaqin taqibchilari Krishtianu Ronalduda (Portugaliya) 7 ta, Aren Robbenda (Niderlandiya) esa 6 ta “man of the match” sovrinlari bor.
Fikrlar