So’nggi yangiliklar

20:55ЖЧ-2026 саралаши. Марказий Осиё дербисида Ўзбекистон камбэк қайд этди ва гуруҳда пешқадамга айланди  454 20:05"Ювентус" ярим ҳимоячиси билан хайрлашишга тайёр  1 19:33ЖЧ-2026 саралаши. КХДР ва Қатар муроса кўчасини танлашди  59 19:28ЖЧ-2026 саралаши. 70 дақиқадан кўпроқ вақт камчиликда ўйнаган Саудия Арабистони ғалабага эришди   2 19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  6 18:31Футзал. Таиланд терма жамоаси Бухорога етиб келди  0 17:52Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси ФИФА Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлади  5 17:35ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон: Асосий таркибимиз маълум  54 17:23Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувини қабул қилишга тайёр  2 17:05Ўзбекистон ва Қирғизистон терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи  0 16:52Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувига мезбонлик қилаётган Бишкек шаҳрида тартибни 3 минг полициячи назорат қилмоқда  5 15:56Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувини кимлар шарҳлайди?  18 15:35⚡️Мундиаль юлдузлари дастхати туширилган тўпларни ютиб олинг!  0 15:05Тен Хаг "Аякс"дан келган шогирдини қўйиб юборгиси келмаяпти  3 14:36"Фенербахче" ўз таркибига А Сериядан ярим ҳимоячи қўшиб олди  2

JCH-2026 saralashi. Markaziy Osiyo derbisida O'zbekiston kambek qayd etdi va guruhda peshqadamga aylandi Yangiliklar

JCH-2026 saralashi. Markaziy Osiyo derbisida O'zbekiston kambek qayd etdi va guruhda peshqadamga aylandi

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi.

JCH-2026 saralash bosqichi. 

Qirg'iz Respublikasi - O'zbekiston  2:3 (TUGADI)

10.09.2024. Bishkek. Dolen Omurzakov stadioni. 

Hakamlar: Ahmad al-Ali, Abdulhadi al-Enezi, Ahmad Abbos, Ammar Ashkanoni (Kuvayt)

Gollar: Joel Kojo (Alimardon SHukurov) 15, Eldor SHomurodov (Otabek SHukurov) 17, 1:1, Odiljon Abdurahmonov  (Eldiar Zaripbekov) 35, 2:1, Husniddin Aliqulov (SHerzod Nasrullaev) 45 2:2, Oston O'runov (Eldor SHomurodov) 72 2:3

Qirg'iz Respublikasi: 1. Erjan Tokotaev, 2. Valeriy Kichin, 3. Tamirlan Kozubaev, 6. Kristian Brauzman, 7. Joel Kojo (9. Ernist Batirkanov,78), 12. Odiljon Abdurahmonov, 14. Aleksandr Mishenko (4. Said Datsiev, 89), 17. Eldiar Zaripbekov (11. Kimi Merk, 89), 18. Kairat Jgalbek Uulu (10. Guljigit Alikulov, 60), 19. Ermek Kenjebaev (15. Suiuntbek Mamaraliev, 78) 22. Alimardon SHukurov 

Zaxira: 5. Arslan Bekberdinov, 8. Ahmedov Murolimjon,  3. Sultan CHomoev, 16. Artyom Priadkin, 20. Nurdoolot Stalbekov, 21. Kai Merk, 23. Erbol Atabaev

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 3.Xojiakbar Alijonov (19. Aziz Turg'unboev,62) , 5.Rustam Ashurmatov (Abdulla Abdullaev, 62), 7.Otabek SHukurov, 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (22. Abbosbek Fayzullaev, 75) 11.Oston O'runov (20. Xojimat Erkinov,89), 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Eldor SHomurodov, 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: Ergashev, Nematov, Sayfiev, Hamraliev, Mozgovoy, Iskanderov, Amonov, Abdixoliqov, 

Ogohlantirish: Rustam Ashurmatov (O'zbekiston) 33, Eldor SHomurodov 90+4


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. 

90+4. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Eldor SHomurodov

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. ZARBAAA. Alimardon SHukurovning jarimadan yo'llagan zarbasini Yusupov qaytardi. Mezbonlar qo'shishdi. 

88. O'ZGARISH. Qirg'iz Respublikasi

87. O'yinda biroz temp pastladi. Hammasi nazoratimizda. 

80. Bugungi uchrashuvni iqtidorli murabbiy Timur Kapadze ham stadiondan kuzatmoqda. 

78. O'ZGARISH. Qirg'iz Respublikasi, Joel Kojo o'rniga Ernist Batirkanov

78. Bugungi uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qilish uchun 13282 nafar muxlis tashrif buyurdi.

75. O'ZGARISH. O'zbekiston terma jamoasida Jaloliddin Masharipov o'rniga Abbosbek Fayzullaev tushdi. 


72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. OSTOOOOOOOOOOOON O'RUNOOOOOOOOOV. Bir o'zi barchasini hal qildi. Eldorning pasini qabul qilib olgan Oston O'runov jarima maydonchasi ichiga kirib borib darvozani ishg'ol qildi. 

70. ZARBAA. Oston O'runovning zarbasi aniq lekin sekin bordi. 

65. ZARBAAA. Kristian Brauzman jarima maydonchasi ichida zarba yo'llab ko'rdi. O'yindan tashqari holat ham bor ekan. 

62. O'ZGARISH. O'zbekiston, Xojiakbar Alijonov o'rniga Aziz Turg'unboev, Rustam Ashurmatov o'rniga Abdulla Abdullaev tushdi. 

60. O'ZGARISH. Qirg'iz Respublikasi, Kairat Jgalbek Uulu o'rniga Guljigit Alikulov tushdi. 

54. SHomurodovning zarbasi kuchsiz chiqdi. 

48. Yana Kojo. Nahotki uni to'xtatishning iloji bo'lmasa? To'p faqat Kojoga uzatilmoqda. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Nasrullaevning chap qanotdan bergan pasini Husniddin Aliqulov boshi bilan golga aylantirdi. 

43. Aliqulov va Kichin o'zaro to'qnashib ketdi. Kichinga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

41. ZARBAAAAA. Alijonovning ajoyib uzatmasini Masharipov boshi bilan darvozaga yo'lladi. Tokotaev vaziyat qahramoni. 

35. GOL. Mezbonlar hisobda oldinga chiqib oldi. Kichin jarima zarbasidan to'pni ichkariga uzatib berdi. Himoyadagi tartibsizlikdan Odiljon Abdurahmonov foydalanib ketdi. Himoyachilarimiz uxlab qolishdi. 

34. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Rustam Ashurmatovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

32. Terma jamoamizdan hujum. Kichin himoyada yaxshi o'ynadi. 

28. O'yinda temp pastladi. Hujumlar kamaydi. 

22. Srechko Katanec shogirdlari ustunlikni o'z tomoniga og'dirdi.

20. ZARBAAAA. Husniddin Aliqulovning boshi bilan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi. 

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Eldor SHomurodov birga-bir vaziyatda raqib himoyachisini ortda qoldirdi va darvozani aniq nishonga oldi. 

15. GOL. Qirg'iz Respublikasi hujumchisi Joel Kojo darvozamizni ishg'ol qildi. Alimardon SHukurovning markazga bergan uzatmasini Kojo golga aylantirdi. 

14. Ustunlik maydon egalariga o'tdi. Bo'shashmaymiz yigitlar. 

14. ZARBA. Alimardon SHukurov chap qanotga yaqin joydan zarba yo'lladi. Baxtimizga noaniq. Ikki jamoa tarkibida bugun SHukurovlar to'p tepmoqda. 

13. Qirg'iz Respublikasi vakillari ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirishdi. Himoyachilar o'z ishlarini yaxshi bajarishmoqda. 

8. ZARBAAAAAAA. Eldor SHomurodov hujum vaqtida to'pni SHukurovga qoldirdi. Otabekning kuchli zarbasini mezbonlar posboni Tokotaev qiyinchilik bilan qaytardi. Yaxshi Otabek!

5. Vakillarimizdan raqibga yaxshi pressing. Harakatlarimiz yomon emas hozircha. 

3. Raqiblar chap qanotdan hujum tashkil qildi. Kojoning zarbasi yo'liga Rustam Ashurmatov qalqon bo'la oldi. Burchak zarbasi esa noaniq ko'rinish oldi. 

2. O'zbekiston ilk daqiqalardan to'pni yaxshi nazorat qilmoqda. 

Uchrashuvga start berildi. Olg'a, O'zbekiston!

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Madhiyalar yangradi.  

Reyting: -7   

Fikrlar

+30   
10 sen 19:23:09
Raxis
Барака топгурлар, 37 миллионли Узбекистонда бошка шархловчилар йукми?! Кани Даврон, кани Хайрулло?... Футбол курайлик эйй...
+22   
10 sen 19:55:42
Futbol Uchun
Мени тахминим 2 таймнинг 70 минутидан кейин Қирғизистонни Ўзбекистонга кучи етмай қолади ва биз кўпроқ гол кўрамиз.(Яхши ният таннафус пайтида ёзилди).
+21   
10 sen 19:35:50
.
XUSANOV QAYERDASAN. SENSIZ XIMOYAMIZ TESHILIB KETAR EKAN
+19   
10 sen 19:19:14
CA BOSS
Голинга голим, Шомага гап йўқ. Зўр боллар негативларга қараб ўтирмимиз.
Давом этамиз. Олға ЎЗБЕКИСТОН!
+18   
10 sen 19:47:36
CA BOSS
Катанец олға, зўр тактика хужумкор, хозирча 2-2.Худо хохласа, яна голлар урамиз.
Фақат душман ичимиздан чиқмасин.
+17   
10 sen 19:36:47
Jahongir Ergashev
Yeban himoya va teshik darvozabon
+16   
10 sen 19:39:31
barselona7
Қани охиригача кўрайликчи нима бўларкан. Ҳали вақт етарли. Бемалол камбек қилса бўлади. Аммо тескариси бўлиб Қирғизистон термасига кучимиз етмаса ЖЧ га бормай қўяқолсак ҳам бўлади.
+14   
10 sen 20:57:08
Supper Liga
Qoil Katanes. Endi Murabbiyimizni topdik.
+14   
10 sen 19:30:29
Барса1970
Дилшод пала партиш гаплаб асабга тегмоқда футболни расво қиляпди
+13   
10 sen 20:08:19
Jamshid Agzamov
Футбол бошланиб бўлган, 3 минут ўтган, бу даббалар пардико парадик деган рекламани 10 марталаб қўйиб ётибди.
+12   
10 sen 20:33:30
Islombek
Ostonni chiqb ketsin deganlarga Ostondan alangalik saaalom
+11   
10 sen 20:33:13
TERMIZ TUMANI NAMUNA
Gooool. Yirtiiib yuboring O'runov
+11   
10 sen 20:09:03
Paxtakor Toshkent
2 тайм бошланиб булган бизни спорт твда ПАРАЗИТ БОР ПАРАЗИТ БОР ПАРАЗИТ
+11   
10 sen 19:55:56
Marco Polo Travel Service
Paxtakor Toshkent foydalanuvchining fikriga javob berish
Катанетцнинг утган уйинда ёнини олганлар канисанлар
Katanesdan boshqasi ham hech narsa qila olmaydi.Hozir ahillik birinchi o’rinda bo’lishi kerak.Vaqtida Kuperni ham shunaqa qilib haydagan edim.Tan oling Katanes Uzbekistan uchun eng yaxshi va mos murabbiy.Sabr qilish kerak.Fitna chiqarmang og’ayni
+11   
10 sen 19:37:26
Дженов
Остон Уруновни заменага олсин деганла битта +
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика