So’nggi yangiliklar

11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  18 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  0 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3

JCH-2026 saralashi. Osiyoda faqat O'zbekiston, Eron va Yaponiya yo'qotishlarsiz ketmoqda, guruhlardagi holat Yangiliklar

JCH-2026 saralashi. Osiyoda faqat O'zbekiston, Eron va Yaponiya yo'qotishlarsiz ketmoqda, guruhlardagi holat

Kecha Osiyo qitasida JCH-2026 3-saralash bosqichining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Quyida mazkur turdan keyin uchchala guruhdagi holatni keltirib o'tamiz.

"A" guruhidagi natijalar.


"B" guruhida qayd etilgan natijalar.


"S" guruhida qayd etilgan natijalar.


"A" guruhida O'zbekiston hamda Eron hozircha 100 foizlik natija qayd etib turishibdi. Ko'proq gol urganimiz sabab jadvalda biz birinchi o'rindamiz. 1-turda Qatarni engga BAA hisobida 3 ochko bor. Oxirgi ikkita Osiyo kubogi chempioni Qatar esa ikki turda bor yo'g'i 1 ochko jamg'ardi.


"B" guruhida birdaniga 3 jamoa bir xil 4 ochkodan yig'gan. Bular: Iordaniya, Janubiy Koreya va Iroq. Bu guruhda O'mon hali ochko olmadi.


"S" guruhida Yaponiya 6 ochko yig'di, 12 ta gol urdi va hali gol o'tkazib yubormadi. Saudiya Arabistonida 4, Bahraynda 3 ochko. Avstraliya esa bor yo'g'i 1 ochko oldi.


JCH-2026 3-saralash bosqichi Osiyo mintaqasida 2 turdan keyin to'purarlar poygasida Takumi Minamino, Ayase Ueda, Xidemasa Morita (uchchalasi Yaponiya), Yazan Al Naymat (Iordaniya) va Hassan Kadesh (Saudiya Arabistoni)lar ikkitadan gol bilan peshqadamlik qilishmoqda. Golli paslar borasida esa Yunya Ito (Yaponiya) va Mahmud Al Mardi (Iordaniya) 3 tadan assist bilan etakchi. Al mardi har uchchala golli pasini aynan 2-turda Falastinga qarshi bellashuvda bergan. Quvonarlisi, O'zbekiston terma jamoasi chap qanot himoyachisi SHerzod Nasrullaev har ikkala o'yinda ham bittadan golli pas bergan va assistentlar borasida bir nechta futbolchilar bilan birga ikkinchi qatorda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Osiyo qitasida navbatdagi 3-tur uchrashuvlari 10 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi o'sha kuni o'z maydonida Eronni qabul qiladi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика