So’nggi yangiliklar

20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  0 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0 20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  2 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  23 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  8 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  2 18:40Япония - аёллар ўртасида Осиё кубоги ғолиби!  0 18:28Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари ФИФА кунларида қайси жамоаларга қарши ўйнайди?  2 18:00ФИФА Нигериянинг эътирозини рад этди. Конго ДР Ўзбекистон билан бир гуруҳдан ўрин олиш учун курашади  2 17:47"Манчестер Юнайтед" ҳакамлик устидан шикоят киритмоқчи  4 17:27Альваро Арбелоа: "Тарихдаги энг яхши дарвозабон жароҳат олди. Лекин бизда яна бир фантастик кипер бор"  22 16:59Меҳмон стадионда мезбон: "Сўғдиёна" - "Пахтакор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:29Габон термасининг Тошкент йиғини учун таркиби маълум қилинди  3 15:59Сўнгги дақиқадаги супергол, "Насаф"га қарши қуруқ ўйин ва бошқалар - Суперлигада 4-тур лауреатлари  4

JCH-2026 saralashi. Tehronda durang o'ynadik Yangiliklar

JCH-2026 saralashi. Tehronda durang o'ynadik

JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasida Eron – O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

JCH-2026 3-saralash bosqichi, 8-tur
Eron - O'zbekiston 2:2 TUGADI
25.03.2025. "Ozodi" stadioni, Tehron. 21:00 (Toshkent vaqti)
Hakamlar
: Ahmad Abu Bakar Al Kaf, Abu Bakar Salim Al Amri, Rashid Hamid Al Gaiti, Qosim Matar Al Hatmi (barchasi O'mon)
VAR: Taqi Al Jaafari (Singapur)
AVAR: Abdul Hannan (Singapur).

Gol: Xojimat Erkinov  (Farruh Sayfiev) 16, 0:1, Mehdi Taremi 51, 1:1, Abbos Fayzullaev 55, 1:2, Mehdi Taremi 82, 2:2

Eron: 1.Alirizo Beyranvand, 2.Solih Xardani, 4.Shojae Halilzoda, 5.Milad Muhammadi, 6.Said Izzatullohi, 7.Alirizo Jahonbahsh, 9.Mehdi Taremi, 10.Mehdi Gayedi, 13.Hussayn Kanani, 14.Saman G'oddos, 20.Sardor Azmun.
Zaxira: 12.Payam Niazmand, 22.Hussayn Hussayni, 3.Muhammad Gorbani, 8.Muhammad Javad, 11.Ali Golizoda, 15.Amin Hazbavi, 16.Amirhussayn Hussayinzoda, 17.Muhammad Karimi, 18.Ali Alipur, 19.Ali Nemati, 21.Omid Nurafkan, 23.Arya Yusufi.

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 2.Abduqodir Husanov, 15.Umar Eshmurodov, 5.Rustam Ashurmatov, 4.Farruh Sayfiev, 9.Odil Hamrobekov, 7.Otabek Shukurov, 22.Abbosbek Fayzullaev, 20.Hojimat Erkinov (11.Ruslanbek Jiyanov, 65), 14.Eldor Shomurodov.
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 6.Akmal Mozgovoy, 8.Jamshid Iskanderov, 10.Bobir Abdixoliqov,  13.G'olib G'aybullaev, 17.Abdurauf Bo'riev, 18.Abdulla Abdullaev, 19.Zafarmurod Abdirahmatov, 21.Dilshod Komilov, 23.Ibrohimhalil Yo'ldoshev.


MATNLI TRANSLYACIYA 



Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

82. GOL. Taremi uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. Yuqoridan kelgan to'pni Taremi darvozamizga joyladi.  

78. UUUU. O'tkir Yusupov burchakdan kelib tushgan to'pni qaytardi. Yurak dori kerakmas. 

73. Eh, Abbos qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. Beyronvand to'pga chiqib keldi. 

68. Jarima maydonchamiz ichida nimalar bo'lib ketdi? Bir amallab hujumni qaytardik. Yusupov, Husanov, Ashurmatov to'pni bartaraf etishdi. 

65. O'ZGARISH. O'zbekiston, Xojimat Erkinov o'rniga Ruslanbek Jiyanov tushdi. 

64. Oldinda to'pni ushlamoqdamiz.

63. ZARBAA. Shomurodovning kuchli zarbasi noaniq chiqdi. 

60. Yana 30 daqiqadan oshiq chidab beraylik yigitlar. Biz mundialga borishimiz kerak. 

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. ABOOOOOOS FAYZULAAAAEEEEV. U terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. Fayzullaevning jarima zarbasidan uzatgan to'pi hech kimga tegmasdan aylanib darvozadan joy oldi. 

51. GOL. Taremining kuchli zarbasi darvozamizdan joy oldi. 

49. Gol emas deb topildi. O'yin davom etadi. 

48. GOL. O'zbekiston uchrashuvda hisobni ochgan edi, lekin o'yindan tashqari holat qayd etildi. VAR vaziyatni ko'rmoqda. 

46. Olg'a yigitlar, olg'a O'zbekiston!

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+3. So'nggi daqiqalarda to'p bizda. 

45+1. Azmunning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. Nima uchun?

42. Gayedining zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

38. Himoyada yaxshi harakat qildik. 

33. O'yin teng kurashlar ostida kechmoqda. 

29. UUUUX. Azmun kechirdi. U birga bir vaziyatda noaniq zarba berdi. Ogohlik qo'ng'irog'i bu.

25. O'tkir Yusupovdan ajoyib seyv. U jarima maydonchasi ichida Gayedining zarbasini qaytardi. Ashurmatov Gayedini etiborsiz qoldirgandi. 

19. ZARBAAAAA. Shukurovning elka bilan yo'llagan zarbasini forslar posboni qaytarib yubordi. Bo'shashmaymiz. 


16. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. ERKINOOOOV. Eron darvozasi ishg'ol qilindi. Ha, "Ozodi"da Eronga gol urdik. Eldor boshlagan hujumni Sayfiev davom ettirdi va jarima maydonchasi ichidagi Erkinovga uzatdi. U qulay imkoniyatdan foydalandi.

14. O'tkir Yusupov Jahonbahshning boshi bilan yo'llagan zarbasini qaytardi. Forslarni haddan tashqari yaqinlashtirib yubormoqd

13. Eron o'ng qanotdan jarima maydonchamizga kirib bordi va burchak zarbasini ishladi. 

9. Zarba! Azmun tomonidan yo'llagan zarba raqib darvozasi yonginasidan o'tib ketdi. 

6. Xavfli vaziyat! Fayzullaev chap qanotdan oldinga borib, jarima maydoni tomon pas berdi, ammo Erkinov to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi.

3. Gayedi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun Eron oq, O'zbekiston ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

- "Ozodi" stadioni o'yinga shay holatda. 

- Uchrashuv 21:00da start oladi. 

Reyting: +107   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика