JCH-2026 saralash Osiyo qitasi. 4-tur bahslaridan so'ng guruhlardagi vaziyatlar qanday
16 okt 2024 08:44
Yangiliklar


JCH-2026 saralash Osiyo qitasi. 4-tur bahslaridan so'ng guruhlardagi vaziyatlar qanday
Kecha Osiyo qitasida JCH-2026 saralash uchrashuvlarining 4-tur bahslariga yakun yasaldi.
«A» guruhida O'zbekiston va Eron terma jamoasi 10 ochko bilan turnir jadvalini boshqarishmoqda.
«B» guruhida esa Koreya Respublikasi 10 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Undan keyingi o'rinlardan Iordaniya va Iroq joy olishdi. Har ikki jamoa 4 ta tur yakunidan so'ng 7 tadan ochko to'plashdi.
«C» guruhida esa favorit aniq bo'lib qoldi. Yaponiya 4-tur yakunlaridan so'ng 10 ochko bilan birinchi o'rinda ketmoqda. Ikkinchi to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma uchun esa so'nggi o'rindagi Xitoy ham kurash olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar