JCH-2026 saralash bosqichi. Guruhlardagi holat va murabbiylar fikrlari
17 okt 21:40
Yangiliklar
JCH-2026 saralash bosqichi. Guruhlardagi holat va murabbiylar fikrlari
"A" guruhi
4-tur
O'zbekiston - BAA 1:0
Toshkent, "Bunyodkor" stadioni
Hakamlar: Ma Ning,Zou Fei, Zang CHeng, Vang Di (Xitoy)
VAR: Fu Ming, SHen Yixao (Xitoy)
Gol: Otabek SHukurov (penalti) 76, 1:0
O'zbekiston — 1.O'tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 18.Abdulla Abdullaev (17. Bobir Abdixoliqov, 70), 23.Husniddin Aliqulov, 13.SHerzod Nasrullaev, 19.Azizbek Turg'unboev (3. Xojiakbar Alijonov, 60), 7.Otabek SHukurov, 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov, 22.Abbosbek Fayzullaev, 14.Eldor SHomurodov
Zaxira: Nematov, Ergashev, Sayfiev, Eshmurodov, Hamraliev, Mozgovoy, Iskanderov, Erkinov, Holmatov, Abdixoliqov.
BAA: 17. Xolid Eysa, 2. Abdulla Idris (7. Ali Solih, 83), 8. Taxnun Hamdam ( 21. Issam Faiz, 70), 9. Harib Abdulla, 10. Yahyo Ali, 11. Kayo Kanedo (23. Bruno Oliveyra, 70), 12. Xalifa Muborak, 13. Muhammad Omar, 14. Abdulla Hamad, 16. Markus Vinisius (18. Jeyms Makkenzi, 83), 19. Xolid Ibrohim
Zaxira: 1. Al Hasif Al Hosani, 3. Zayid Sulton, 4. Xolid Al Xoshmi, 5. Ali Hassan, 20. Fahad Bader, 22. Xolid Tavxid,
Ogohlantirishlar: Ali Solih (BAA) 90+4, SHerzod Nasrullaev (O'zbekiston) 90+4
CHetlatish: Abdulla Hamad (BAA) 65
Murabbiylar fikri
Vlado Radmanovich (O'zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi): "Mening fikrimga qo'shilasizlar degan umiddaman, bugun biz qiyin o'yin o'tkazdik. Bugungi o'yin oldidan biz hech qachon o'z uyimizda BAAni mag'lub etmagandik. Bu noxush ananaga bugun chek qo'yildi. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish eta olmadik, tanaffusdan keyin esa o'yin o'zgardi. Muxlislarga rahmat aytaman va alohida shifokorlar "shtabi"ga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular ko'p mehnat qilishmoqda. Bugun mundial sari jiddiy qadam tashladik. Bosh hakam o'yin yakunlanganini elon qilganida biz dastlabki qadamni tashlaganimizni sezdim. Bugun g'alabaga loyiq edik".
Paulu Bentu (BAA bosh murabbiyi): "Yaxshi va kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Faqat, qiziqarli o'yin qizil kartochkaga qadar davom etdi. Ustiga-ustak darvozamizga penalti belgilandi. Mening fikrimcha birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, tanaffusdan keyingi dastlabki daqiqalarda ham yomon o'ynamayotgandik. Qarshi hujumlarimiz ancha xavfli chiqdi deb o'ylayman. Bir nechta yaqqol vaziyatlarga ega bo'ldik. Kecha aytib o'tganimdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi mundialga to'g'ridan-to'g'ri chiqishga harakat qilayotgan jamoa, lekin shunga qaramay raqib bugun ko'p vaziyatlar yarata olmadi. Qizil kartochkadan so'ng o'yinni o'zgartirishning iloji yo'q edi. CHetlatishdan so'ng raqib dar hol gol urdi".
Qirg'iz Respublikasi — KXDR 1:0
Gol: Kristian Brauzman - 11'
Qirg'iz Respublikasi - 1. Erjan Tokotaev, 2. Valeriy Kichin, 6. Kristian Brauzman, 7. Joel Kojo, 10. Guljigit Alikulov, 12. Odiljon Abdurahmonov, 17. Eldiar Zaripbekov, 18. Kairat Jgalbek Uulu, 19. Ermek Kenjebaev, 21. Kai Merk, 22. Alimardon SHukurov
KXDR - 1. Kang Ju-Xyok, 3. Jang Kuk CHol, 8. Kim Kuk-Jin, 9. Ri Jo-Guk 13. Ri Il-Song, 14. CHo Ok-CHol, 16. Kim YU-Song, 17. Kang Kuk-CHol, 19. Kim Song Xye, 20. Pak CHung-Song, 22. Kim Kuk-Bom.
Murabbiylar fikri
Maksim Lisicin (Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi): "Koreyaliklar zich o'yin namoyish etdi. Standart vaziyatdan gol urishga muvaffaq bo'ldik, bu esa o'yinning keyingi qismi qanday o'tishini belgilab berdi. Biz natijadan mamnunmiz va tayyorgarlikni davom ettiramiz".
Eron – Qatar 4:1
Gollar: Almoez Ali - 17' , Serdar Azmun - 42', Serdar Azmun - 48', Moxamed Moxebi - 66', Moxamed Moxebi - 90'
Eron — 1.Alirozo Beyranvand, 4.SHojai Halilzoda, 5.Milad Muhammadi, 6.Said Izzatullohi, 8.Muhammad Moxebi, 9.Mehdi Taremi, 10.Mehdi Gaedi, 13.Ali Nemati, 17.Sayid Muhammad Karimi, 20.Sardor Azmun, 21.Omid Norafkan.
Zaxira: 2.Solih Xardani, 3.Muhammad Gorbani, 7.Ali Rizo Jahonbaxsh, 11.Ali Gulizadeh, 12.Payam Niyazmand, 14.Saman Gxoddos, 15.Amin Xazbavi 16.Muhammad Javad, 18.Amirhussayin Husayinzoda, 19.SHahriyor Moganlo, 22.Sayid Hussayin Hussayni, 23.Arya Yusefi
Qatar: 22.Meshaal Barsham, 3.Abdulkarim Hassan, 5.Tariq Salmon, 6.Abdulaziz Xatem, 8.Jassim Abdulsalom, 9.Edmilson DaSilva, 10.Akrom Afif, 12.Lukash Mendesh, 16.Boalem Xouki, 19.Almoez Ali, 20.Axmed Fatxi.
Zaxira: 1.Saad al SHib, 2.Ali Muxtor, 4.Muhammad Vaad, 7.Ahmed Aladin, 11.Yusuf Abdurisag, 13.Ibrohim Al Hassan, 14.Abdulla Alyazidi, 15.Ahmed Alganehi, 17.Ismoil Muhammad, 18.Sultan Al Brake, 21.Salax Zakariya, 23.Abdelrahmon Mustafo.
Murabbiylar fikri
Amir G'alinoi (Eron bosh murabbiyi): "Bugungi g'alaba bilan Eron xalqini tabriklayman. Qolaversa, futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Hisobda ortda qolayotganimizda muxlislarning qo'llab-quvvatlashi o'yinimizni o'zgarishiga olib keldi. Bugun to'rtta gol urdik, ammo bundan ko'proq gol urishimiz mumkin edi, vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Qatar terma jamoasi butun o'yin davomida munosib qarshilik ko'rsatdi. Bugun guruhdagi eng yaxshi o'yinlardan biri bo'ldi va butun Osiyo mazkur uchrashuvdan zavq oldi. Osiyo kubogidagi qarama-qarshilikda omadimiz kelmagandi, o'shanda 2:3 hisobida mag'lub bo'lgandik. Bugun himoyamiz mustahkam edi va raqib hujumlarini yaxshi qo'riqlay oldik. Balki g'alabada mening rolim kamroq bo'lgandir, hamkasblarimni tabriklayman va og'ir sharoitda Eron futboliga o'z yo'lini topishda yordam berayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman".
Markos Lopes (Qatar bosh murabbiyi): "Eron terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ular bizdan yaxshiroq o'yin namoyish etishdi. Uchrashuvni yaxshi boshlagandik, birinchi bo'lib gol urishga muvaffaq bo'ldik, ikkinchi bo'lim boshida esa hisobni mustahkamlash uchun yana bir imkoniyat paydo bo'lgandi. Eron terma jamoasi esa vaziyatlardan unumli foydalandi. Bu futbol, raqib jamoani g'alaba bilan qutlayman. Maqsadimiz o'zgarmagan — jahon chempionatiga yo'l olish. Garchi guruhda O'zbekiston va Eron singari kuchli jamoalar bo'lsa-da, hali imkoniyatimiz bor. Vazifa oson emas, biroq so'nggi nafasgacha kurashishimiz kerak".
Turnir jadvali
1 | Eron | 4 | 3 | 1 | 0 | 6-1 | 10 |
2 | O'zbekiston | 4 | 3 | 1 | 0 | 5-2 | 10 |
3 | BAA | 4 | 1 | 1 | 2 | 4-4 | 4 |
4 | Qatar | 4 | 1 | 1 | 2 | 7-10 | 4 |
5 | Qirg'iz Respublikasi | 4 | 1 | 0 | 3 | 4-7 | 3 |
6 | KXDR | 4 | 0 | 2 | 2 | 3-5 | 2 |
5-tur
14 noyabr
Qatar — O'zbekiston
BAA — Qirg'iz Respublikasi
KXDR — Eron
"B" guruhi
4-tur
Janubiy Koreya — Iroq 3:2
Gollar: O Sen Hun (41), O Hyon Gyu (74), Li Jae Sung (83) — Ayman Husayn (50), Ibrohim Bayesh (90+5)
Murabbiylar fikri
Xon Myon Bo (Janubiy Koreya bosh murabbiyi): "Yilning eng muhim o'yinida g'alaba qozondik. Bundan xursandman. Murabbiylikka yaqinda kelgan bo'lsam-da, futbolchilar qisqa vaqt ichida nimalarga qodir ekanligini namoyish etdi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushganlar fidoyilik ko'rsatishdi".
Xesus Kasas (Iroq bosh murabbiyi): "O'ylashimcha, biz yaxshi o'yin o'tkazdik. o'yin taqdirini koreyaliklarning yuqori saviyadagi futbolchilari hal qilishdi. Ular kuchli jamoa, shunga qaramay, shogirdlarim munosib qarshilik ko'rsatdi".
Iordaniya — O'mon 4:0
Gollar: Yazan Al Naimat (26, 54), Ali Olvan (49 pen, 87)
Murabbiylar fikri
Jamal Al Salomi (Iordaniya bosh murabbiyi): "O'tgan turda Janubiy Koreyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyatga qaramay, O'monga qarshi bahsda futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. SHu bilan birga, mag'lubiyatdan keyin mazkur bellashuvda bor imkoniyatini ishga solgan shogirdlarimga rahmat aytaman. Bu yigitlar jahon chempionatida ishtirok etishga loyiq".
Rashid Jabbor (O'mon bosh murabbiyi): "O'mon saralash bosqichidagi eng yomon o'yinini o'tkazdi. Raqib kuchli edi, ular har jihatdan bizdan ustun edi. Iordaniya ruhan va jismonan kuchliroq edi va bu yakkakurashlarda o'z tasdig'ini topdi".
Falastin — Kuvayt 2:2
Gollar: Abu Ali (41 pen), Zaid Qunbar (90+3) — Yusuf Nosir (31 pen, 80)
Murabbiylar fikri
Makram Dabo (Falastin bosh murabbiyi): "Biz durangdan ko'ra g'alabaga loyiq edik, chunki vaziyatlar yaratish va to'pni nazorat qilish borasida yaxshiroq ko'rsatkich qayd etgandik. Saldananing chetlatilishi ham o'yinga katta tasir o'tkazdi. Durangga qaramay, imkoniyatlarimiz saqlanib qolgan. Noyabr oyida O'monga qarshi muhim o'yin bizni kutib turibdi. Bo'lajak o'yinlarda har bir ochko muhim ahamiyatga ega".
Xuan Antonio Picci (Kuvayt bosh murabbiyi): "So'nggi uchta o'yinda kutilganidan yaxshiroq o'yin namoyish etdik, biroq imkoniyatlardan va raqib jamoaning bir kishi kam bo'lib qolishimdan foydalana olmadik. Endilikda yanada rivojlanishga hamda Koreya va Iordaniyaga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik o'krishimiz kerak. Ikki ochkoni boy berganimizdan tushkunlikdamiz, biroq o'yinchilarning say-harakatlari va oxirgi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'zlariga bo'lgan ishonchni qaytganidan xursandman".
Turnir jadvali
1 | Janubiy Koreya | 4 | 3 | 1 | 0 | 8-3 | 10 |
2 | Iordaniya | 4 | 2 | 1 | 1 | 4-3 | 7 |
3 | Iroq | 4 | 2 | 1 | 1 | 4-3 | 7 |
4 | O'mon | 4 | 1 | 0 | 3 | 5-8 | 3 |
5 | Kuvayt | 4 | 0 | 3 | 1 | 3-7 | 3 |
6 | Falastin | 4 | 0 | 2 | 2 | 3-6 | 2 |
5-tur
14 noyabr
Iroq — Iordaniya
O'mon — Falastin
Kuvayt — Janubiy Koreya
"C" guruhi
Yaponiya — Avstraliya 1:1
Gollar: Kameron Burgess (76 avt) — SHogo Taniguchi (58 avt)
Murabbiylar fikri
Xadzime Moriyasu (Yaponiya bosh murabbiyi): "Afsuski, 3 ochkoni qo'lga kirita olmadik. Bu o'z o'yimizda qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizni xursand qilgan bo'lardi. Avvalgi o'yinlarda darvozamiz daxlsiligini saqlab qolgandik. Kutilmagan avtogol buni buzib qo'ydi. SHunga qaramay, futbolchilar xotirjamlikni yo'qotishmadi. Garchi hisob bizni qoniqtirmagan bo'lsa-da, shogirdlarimning harakatlaridan mamnunman".
Toni Popovich (Avstraliya bosh murabbiyi): "Biz uchun natija yaxshi bo'ldi. O'yingacha jamoa bilan atigi to'rtta mashg'ulot o'tkazdim. SHu bois ko'plab o'zgarishlarni amalga oshirdik. Lekin buni bahona qilmoqchi emasman, natijadan mamnunmiz. Biz bu erga g'alaba qozonish uchun kelgandik".
Xitoy — Indoneziya 2:1
Gollar: Bahrom Abduvali (21), Jang Yaning (44) — Tom Haye (86)
Murabbiylar fikri
Branko Ivankovich (Xitoy bosh murabbiyi): "Bugungi g'alabada asosiy omil jamoadagi intizom va birdamlik bo'ldi. Qolaversa, g'alaba uchta o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirdi. G'alaba bizga bo'layotgan bosimni engillashtirishga xizmat qiladi".
Sin Txe Yon (Indoneziya bosh murabbiyi): "Avvalo, shogirdlarimga rahmat aytmoqchiman. Ular bor kuchini sarfladi. Mag'lubiyatga qaramay, Indoneziya eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Xitoy bugun g'alabaga loyiq edi. Ularni g'alaba bilan tabriylayman. Biz ham g'alaba ilinjida maydonga tushgandik, biroq raqibda ishtiyoq yuqori edi".
Saudiya Arabistoni — Bahrayn 0:0
Murabbiylar fikri
Roberto Manchini (Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi): "Bizda vaziyatlar juda ko'p bo'lmoqda. Yagona muammo — ularni yakunlay olmaslik. Oldingi chiziqdagilar bidan yaxshiroq ishlashimiz kerak. Bugun ko'plab qulay imkoniyatlarni boy berdik. Saralashda ikkita penaltidan foydalana olmadik, bu esa ko'p ochko yo'qotishimizga sabab bo'ldi. Oldingi chiziqda yaxshi formada emasmiz. Bugun g'alaba qozonishga haqli edik. Umuman olganda, yaxshi o'yin ko'rsatdik, lekin murabbiyni ayblash oson va men butun faoliyatim davomida bunga ko'nikib qolganman. Masuliyatning bir qismini futbolchilar o'z zimmasiga olishi kerak. Murabbiyni ayblash oson, lekin futbolchilar ham o'zlarini ko'rsatishi kerak".
Dragan Talayich (Bahrayn bosh murabbiyi): "Saudiyaga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatgan futbolchilarimni tabriklayman. Raqibni to'xtatib qolishning hech qanday siri yo'q, biz faqat ularning 50% kuchi hisoblangan Salim Al Davsariga etibor qaratdik. Guruhda ikkinchi yo'lanma uchun Avstarliya bilan kurashamiz. Jarohat tufayli so'nggi 20 daqiqani 10 kishi bo'lib o'tkazgan shogirdlarimdan faxralanaman. Bu durang biz uchun qimmatli edi".
Turnir jadvali
1 | Yaponiya | 4 | 3 | 1 | 0 | 15-1 | 10 |
2 | Avstraliya | 4 | 1 | 2 | 1 | 4-3 | 5 |
3 | Saudiya Arabistoni | 4 | 1 | 2 | 1 | 3-4 | 5 |
4 | Bahrayn | 4 | 1 | 2 | 1 | 3-7 | 5 |
5 | Indoneziya | 4 | 0 | 3 | 1 | 4-5 | 3 |
6 | Xitoy | 4 | 1 | 0 | 3 | 4-13 | 3 |
5-tur
14 noyabr
Avstraliya — Saudiya Arabistoni
Bahrayn — Xitoy
Indoneziya — Yaponiya
To'purarlar jadvali
Yazan Al Naimat (Iordaniya) — 4 gol;
Ayman Husayn (Iroq) — 3 gol;
Yusuf Nosir (Kuvayt) — 3 gol;
Almoez Ali (Qatar) — 3 gol.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar
1 tur 1-3
2 tur 2-2
3-tur 3-1
4 tur 1-4
Jami 7-10