So’nggi yangiliklar

19:15Ла Лига. "Барселона" ва "Жирона" ўртасида Каталония дербиси бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:58Суперлига. "Андижон" — "Локомотив" (матнли трансляция)  3 18:49ЖЧ-2024. Афғонистон Анголага қарши баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  5 18:32Саудия Арабистони терма жамоаси ўйинчиси балкондан қулаганидан сўнг оғир ҳолатда шифохонага етказилди  6 18:30РПЛ. "Акрон" ўз уйида "Химки"ни қабул қилмоқда, Эсанов ва Одилов эса... (онлайн ҳисоб)  0 18:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Арсенал" ўртасида Лондон дербиси бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:30ЖЧ-2024. Лео Игита қаҳрамонга айланган учрашувда Қозоғистон ва Испания дуранг қайд этишди  6 17:20"Рома" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов захирадан майдонга тушди  21 16:47ЖЧ-2024. Ливия Янги Зеландияни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 16:33Саид Бузамбу: "Ўзбекистонга қарши ўйинда пенальти бор эди"  3 15:43Нидерлания футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Спортда омадга ишонмайман"  2 15:32Украина футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Мақсадимиз қийин ҳолатдаги украин халқини бироз бўлса ҳам хурсанд қилиш"  2 14:11"Ал Насср" Роналдуда вирусли инфекцияни қайд этди, у Ироққа бормайдиган бўлди  5 13:30Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Хитойда ўзидан икки ёш катта бўлган термаларга қарши турнирда ғолиб бўлди  1 12:52"Барселона" қизиқаётган Киммих келажаги ҳақида гапирди  1

JCH-2024. Leo Igita qahramonga aylangan uchrashuvda Qozog'iston va Ispaniya durang qayd etishdi Yangiliklar

JCH-2024. Leo Igita qahramonga aylangan uchrashuvda Qozog'iston va Ispaniya durang qayd etishdi

Futzal bo'yicha JCH-2024 "D" guruh 1-tur doirasidagi Ispaniya - Qozog'iston o'yini bo'lib o'tdi.

Ispaniya — Qozog'iston 1:1 LIVE

Gollar: Birjan Orazov (1), Xesus Gordillo (17),

Ispaniya: Xerrero Jezus, Tomas Braga, Raul Gomez, Adolfo Fernandes, Migel Mellado

Zaxira: CHemi, Didach Plana, Antonio Peres, Katela, Boyis, Francisko Kortes, Serxio Lozano, Jezus Gordillo, Raul Kampos (s)

Qozog'iston: Igita (s), Leo, Birjan Orazov, Davron Tursagulov, Duglas

Zaxira: Narun Serikov, Arnold Knaf, Rinat Turegazin, Akjol Daribay, Abdursaul Abdumanapuli, Azat Valiullin, Albert Akbalikov, CHingiz Essenamanov, Jahongir Rashit.

Matnli translyaciya

Yangilash

Uchrashuv yakunlandi.

40. Hakam hushtagi yangradi va bugungi qiziqarli bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

39. TAYM-AUT. Uchrashuv yakunlanishiga 19 soniya qolganida Ispaniya terma jamoasi taym-aut oldi.

38. Ispaniya so'nggi "shturm"ni tayyorlamoqda.

Bugungi o'yinga 1808 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. 

38. Bugungi uchrashuv qahramoni Leo Igita yana bir zarbani bartaraf etdi.

Arenadagi muxlislar "Olg'a, Qozog'iston" deya hayqirishmoqda.

37. TAYM-AUT. Qozog'iston terma jamoasi bir daqiqalik tanaffus imkoniyatidan foydalandi.

36. Ispaniya terma jamoasiga yana bir marotaba VARga murojat qildi. Bu safargi murojat penalti uchun edi. Hakam esa takroriy lavhadan so'ng 11 metrlik zarba belgilanmasligini shahsan o'zi elon qildi.

35. Qozog'iston terma jamoasi tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Darvozabon bilan birga-bir chiqqan Duglas esa kuchsiz zarba berdi va ispaniyalik darvozabon to'pni qaytarib yubordi.

34. ZARBAAA!!! Igita hujumda ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Bu safargi zarba darvozagi burchagining yonginasidan o'tib ketdi.

33. SEYYYYV! Igitadan yana bir seyv. Leo raqib yo'llangan kuchli zarbani to'xtadi.

31. Igita o'zi zarba berib ko'rdi, biroq zarba o'ta noaniq.

30. Zarbaaaa!!! Qozog'istonlik futzalchi Akbalikov Albert kuchli zarba berdi, ammo zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

29. Uzoq masofadan yo'llangan kuchli zarbani "Super" Igita to'sdi.

28. Burchak zarbasi xavfli vaziyat bilan yakun topmadi. Noaniq zarba, xolos.

28. Qozog'iston xavfli qarshi hujum uyushtirdi va burchak zarbasi ishlab oldi.

28. Ispanlar yana bir jarima zarbasi ishlab olishdi. Zarbani esa Qozog'istonning 8 raqamli futzalchisi Leo bartaraf etdi.

27. SEYYYYV!!!  Leo Igita ketma-ket ikkita aniq zarbani bartaraf etdi. Qozog'iston terma jamoasi sardori "dahshatli" o'yin namoyish etmoqda.

26. Ispaniya burchak zarbasini zarba bilan yakunladi, ammo zarba noaniq.

26. Ispaniya parket markazida to'pga egalik qilmoqda. Qozog'iston esa, zich himoyalanmoqda.

25. Bugungi uchrashuvni bevosita "Andijon" sport kompleksidan tomosha qilish uchun tashrif buyurgan mingdan ortiq qozog'istonlik muxlislar o'z suyuklilarini ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashmoqda.

24. To'p nazorati va nihoyat Qozog'iston tomoniga o'tdi.

23. Ikkinchi taymda qozog'istonliklar birinchi bo'lib qoidani buzishdi. Follar bo'yicha 0:1.

22. Ispaniya terma jamoasi azosi Migel Melladoning zarbasi noaniq chiqdi va to'p darvozasi ustidan o'tib ketdi.

21.Ikkinchi bo'limni boshlab bergan Ispaniya, hozircha to'pga egalik qilmoqda.

Hakam hushtagini chaldi va ikkinchi bo'lim boshlandi!!!!

Taym yakunlandi. Hisob 1:1.

Tanaffus!!!

20. TAYM-AUT. Ispaniya so'nggi soniyalarda taym-aut olishga qaror qildi.

20. Ispaniya jarima xavfli jarima zarbasini ishlab oldi.

19. Taym yakunlanishiga bir daqiqa qolganida Qozog'iston terma jamoasiga penalti so'rab VARga murojat qildi, ammo hakam takroriy vaziyatdan ko'rganidan so'ng 11 metrlik jarima zarbasini belgilamadi.

18. Ispaniya hujum qilishda davom etmoqda. 7 raqamli futzlachi Kortesning zarbasini Igita bartaraf etdi. 

17. Goooool. Ispaniya jamoasining 10 raqamli futzalchisi Xesus Gordillo va nihoyat raqib darvozasiga yo'l topa oldi. Hisob 1:1.

16. Qozog'iston burchak zarbasini amalga oshirdi, ammo raqib darvozaboni to'pga birinchi bo'lib ega chiqdi.

14. Qizil kartochka amal qilish vaqti tugadi va Qozog'iston terma jamoasi parketga to'liq tarkibi bilan qaytdi. Ketma-ket ikkita zarba bergan qozog'istonliklarga aniqlik etishmadi.

13. Ispaniya terma jamoasi darvozaboni o'zi zarba berib ko'rdi, ammo zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

13. Adolfo Fernandes yuqori burchakni poyladi, ammo Igita o'z jamoasini yana bir bor qutqardi.

12. Ispaniya bir kishi kam bo'lib qolgan raqib darvozasiga ketma-ket zarbalar yo'lladi, ammo Qozog'iston terma jamoasi sardori va darvozaboni Igita o'z o'rnida.

11. TAYM-AUT. Qozog'iston terma jamoasi taym-aut olishga qaror qildi.

10.  Ispaniyalik futzalchi Katelaning zarbasi noaniq bo'ldi.

10. Qozog'iston terma jamoasi darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi.

9. Hakam Qozog'iston terma jamoasining 12 raqamli Tursagulov Daurenga qizil kartochka ko'rsatdi.

9. Qozog'iston terma jamoasi hujum vaqtida ispaniyalik futzalchi Antonio Peres jarohat oldi. Ispaniya vakillari esa, ushbu folga "chellendj" so'rashdi.

1. GOOOOLLL. Bosh hakamning hushtagidan 7 sekund o'tar-o'tmas Qozog'iston terma jamoasi futzalchisi Birjan Orazov o'z qanotidan kuchli zarba berdi va hisobni ochdi.

1. Uchrashuv boshlandi. Ispaniya qizil ko'k, Qozog'iston sariq libosda harakat qiladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
15 sen 19:11:22
Rasul Matkarimov
CA İgita deyabdi sharxlovchi esa Nikita
   
15 sen 19:05:31
Dima
Olga Qozogiston.
   
15 sen 18:37:32
BXZ BXZ
Козохистон кардошларимизга омад галаба тилаймиз . Олга .
   
15 sen 17:41:58
Андижан
Козохстон рекорд голни киритди жахон чемпионатига 7 сонияда гол урди Олга козохстон
   
15 sen 17:40:34
Андижан
Козохстон рекорд голни киритди жахон чемпионатига 7-сонияда гол урди Ольга козохстон
   
15 sen 17:39:31
Марко Ройс
Олга Козогистон
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика