JCH-2022da 5 ta o'yin 0:0 hisobida yakunlandi
26 noy 2022 09:10
Yangiliklar


JCH-2022da 5 ta o'yin 0:0 hisobida yakunlandi
JCH-2022 doirasida yana bir uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Angliya va AQSH terma jamoalari nursiz durangga erishdi. Bungacha ushbu musobaqa doirasida Daniya - Tunis, Meksika - Polsha, Marokash - Xorvatiya, Urugvay - Janubiy Koreya uchrashuvi 0:0 hisobida tugagandi.
XXI asrda guruh bosqichida eng ko'p 0:0 uchrashuvi 2010 yildagi JCHda qayd etilgan - 6 ta o'yin.
2006 va 2014 yilda bunday o'yinlar soni 5 ta edi. 2002 yilda 2 ta, 2018 yilda esa 1 ta o'yin 0:0 hisobida yakunlangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar