So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  26 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  12 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

JCH-2022 yo'lidagi ilk raqibimiz Falastin terma jamoasi haqida Yangiliklar

JCH-2022 yo'lidagi ilk raqibimiz Falastin terma jamoasi haqida

O'zbekiston terma jamoasi bugun JCH-2022 saralashi doirasidagi dastlabki o'yinni Falastinga qarshi safarda o'tkazadi.

Biz o'quvchilarimiz etiboriga Falastin terma jamoasi haqida malumot berishga qaror qildik.

Falastin terma jamoasi Osiyoning o'rtamiyona jamoalaridan biri hisoblanadi. Ushbu yurt terma jamoasi xuddi biz kabi hech qachon Jahon chempionati final bosqichiga chiqa olmagan. Bunga qadar ikki bor Osiyo Kubogida ishtirok etgan. 2015 yil Avstraliyadagi qita kubogida falastinliklar guruhdagi uchala o'yinda mag'lub bo'lishgandi. SHu yil boshida BAAda o'tgan Osiyo Kubogida Falastin Suriya va Iordaniya bilan durang o'ynagan hamda Avstraliyaga 0:3 hisobida yutqazib qo'ygandi.

Falastin 2019 yil iyul oyida FIFA reytingida 102-o'ringa tushdi. Bu jamoaning eng yuqori natijasi 2018 yil qayd etilgan (73-o'rin), eng past natija esa 1999 yil kuzatilgan (191-o'rin).


Falastin futbol Associaciyasi
Laqabi –
“Kanon sherlari”, “Ricarlar”.
Konfederaciya - OFK
Bosh murabbiy – Nuriddin Ould Ali (Falastin)
Sardor – Abdulatif Bahdari
Eng ko'p o'yin o'tkazgan – Ramzi Solih, Abdulatif Bahdari (68)
Eng ko'p gol urgan – Fahad Attal (14)
Uy stadioni - "Faysal Al Hussayni Xalqaro" stadioni
FIFA kodi - PLE
FIFA reytingidagi o'rni - 102 (2019 yil 25 iyul)

Birinchi rasmiy o'yin
Misr – Falastin 8:1
1953 yil 26 iyul, Aleksandriya, Misr.

Eng yirik g'alaba
Falastin – Guam 11:0
2006 yil 1 aprel, Daka, Bangladesh.

Eng yirik mag'lubiyati
Misr – Falastin 8:1
1953 yil 26 iyul, Aleksandriya, Misr.

Eron – Falastin 7:0

2011 yil 5 oktyabr, Tehron, Eron.

Osiyo Kubogidagi ishtiroki – ikki marta (2015, 2019)
Eng yaxshi natijasi - guruh bosqichi (2015, 2019)


Sovrinlari
OFK CHaqiruv kubogi sohibi – 2014
Bangabandu Kubogi sohibi – 2018



NURIDDIN OULD ALI (Jazoir)
Tug'ilgan sana:
23 iyun 1972 yil
Tug'ilgan joy: Bab El Oued, Jazoir
Ishlagan jamoalari: Bahrayn MTJ, yordamchi (2010-2011), Falastin MTJ, yordamchi (2012), “MS Aljer”, yordamchi (2012-2013), Falastin MTJ, yordamchi (2014-2018). 2018 yil 28 apreldan buyon Falastin terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelmoqda.

Nuriddin Ould Ali hech qachon professional tarzda futbol o'ynamagan. Uzoq vaqt Franciyaning Marsel shahrida o'qigan, u erda tajribali Fransua Brachchi bilan tanishib qolgandi. Aynan u Oul Alini murabbiylik faoliyatiga zamin yaratib bergandi. Bir necha yil davomida Ould Ali ko'plab jamoalarda yordamchi murabbiy sifatida ishladi. 2018 yil so'nggida Falastin terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. U boliviyalik Xulio Sesar Baldivesoning o'rnini egallagan edi.

O'ZARO O'YINLAR
O'zbekiston terma jamoasi bu raqib bilan shu kunga qadar uch marta to'qnash kelgan. 2006 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi ikkala o'yinda ham vakillarimiz bir xil 3:0 hisoblari bilan g'alaba qozonishgan. Toshkentdagi bahsda Baxtiyor Ashurmatov, Vladimir SHishelov va Server Jeparov gol urishgan. Qatarda, neytral maydonda o'tgan javob bahsida Mirjalol Qosimov, Server Jeparov va Marat Bikmaev o'z hisobiga gollar yozib qo'yishgan.
Falastin bilan o'zaro so'nggi bahsimiz 2014 yil dekabr oyida bo'lib o'tgan. Avstraliyadagi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida o'tgan uchrashuvda Sardor Rashidovning yagona goli O'zbekistonga g'alaba keltirgan edi - 1:0.

Jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar natijasi
09.06.2004 O'zbekiston - Falastin 3:0 | JCH-2006 saralashi
08.09.2004 Falastin - O'zbekiston 0:3 | JCH-2006 saralashi
13.12.2014 O'zbekiston - Falastin 1:0 | O'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston va Singapur bilan o'yinlarga bosh murabbiy 7 nafar legionerni chaqirishga qaror qildi. Ular SHveycariya, Misr, Marokash, Kuvayt, AQSH, Portugaliya (quyi ligasi) va Iordaniya klublarida o'ynashmoqda. Biroq Nuriddin Ould Ali SHveciya oliy ligasida faoliyat olib borayotgan Ahmad Avad ("Dalkurd"), Mahmud Eyd ("Kalmar") va Michel Termanini ("Torns"), Sloveniyada o'ynayotgan Jaka Ihbeysheh ("NK Bravo") kabi futbolchilarni yig'inga chaqirmadi.



Falastin terma jamoasining O'zbekiston bilan o'yin uchun tarkibi:

Darvozabonlar
Tofiq Ali ("Markaz Balata")
Rami Hamadex ("Hilol Al Quds")
Naim Abu Aker ("Ahli Al Halil")

Himoyachilar
Musa Faravi ("Hilol Al Quds")
Abullatif Baxdari ("Markaz Balata")
Yosir Xamid Mayor ("Portugalete", Ispaniya)
Abdulla Jobir ("Ahli Al Halil")
Ahmed Zreki ("Markaz Balata")
Musa Salim ("SHabab Al Xalil")
Valed Qombor ("Jabal Al Mukaber Klub")

Yarim himoyachilar
Haytam Hairalloh ("Falastin Forses")
Ahmed Abu Xadijah ("SHabab Al Bireh")
Mahmud Abu Varda ("Markaz Balata")
Muhammad Yamin ("Hilol Al Quds")
Muhammad Darvesh ("Hilol Al Quds")
SHadi SHabon ("Ahli Al Halil")
Nazmi Albadavi ("Nort Karolina", AQSH)
Tamer Seyam ("Xassaniya Agadir", Marokash)
Sameh Maraba ("Markaz Balata")
Islom Batran ("Al Jazira", Iordaniya)

Hujumchilar
Mahmud Vadi ("Al Masri", Misr)
Holid Salim ("Markaz Balata")
Solih CHixadex ("Tun", SHveycariya)
Oday Dabbag' ("Al Salmiya", Kuvayt)



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика