So’nggi yangiliklar

16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  4 15:31К-Лига 2. "Соннам" - "Чоннам Драгонс": Икром Алибоев ўйинни асосий таркибда бошлайди, Алиқулов — захирада (онлайн ҳисоб)  0 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  1 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  5 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   10 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  16 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  9 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1

JCH-2022. SHveycariya pley-offning so'nggi ishtirokchisiga aylandi Yangiliklar

JCH-2022. SHveycariya pley-offning so'nggi ishtirokchisiga aylandi

Qatarda o'tkazilayotgan Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi so'nggi bahs matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Serbiya – SHveycariya 2:3

2 dekabr, 23.59, "Stadium 974". 41378 muxlis

Gollar: Jerdan SHakiri (20, 0:1), Aleksandr Mitrovich (26, 1:1), Dushan Vlaxovich (35, 2:1), Brel. Embolo (44, 2:2), Remo Froyler (48).

Serbiya – 23. Vanya Milinkovich-Savich, 5. Milosh Velkovich (8. Nemanya Gudel, 55), 4. Nikola Milenkovich, 2. Straxinya Pavlovich, 17. Filip Kostich, 20. Sergey Milinkovich-Savich (6. Nemanya Maksimovich, 68), 16. Sasha Lukich, 14. Andriya Jivkovich (7. Nemanya Radonich, 78), 10. Dushan Tadich (21. Filip Jurichich, 78), 9. Aleksandar Mitrovich, 18. Dushan Vlaxovich (11. Luka Yovich, 55).

SHveycariya – 21. Gregor Kobel, 3. Silvan Vidmer, 22. Fabian SHer, 5. Manuel Akanji, 13. Rikardo Rodriges, 23. Jerdan SHakiri (6. Denis Zakariya, 69), 10. Granit Jaka, 8. Remo Froyler, 15. Jibril Sou (2. Edimilson Fernandesh, 69), 17. Ruben Vargas (16. Kristian Fassnaxt, 83), 7. Brel Embolo (19. Noa Okafor, 90+6).

Ogohlantirish: Silvan Vidmer (15), Ruben Vargas (34), Sergey Milinkovich-Savich (47), Pavlovich (56), Straxinya Raykovich (66), Nemanya Gudel (81), Aleksandar Mitrovich (82), Granit Jaka (90+5), Nikola Milenkovich (90+5), Fabian SHer (90+9).

Serbia

Aleksandar Mitrovic - 26', Dusan Vlahovic - 35'

World Cup Grp. G . 3-tur

02/12/2022, 23:00

3
:
2
Tugadi

Switzerland

Xherdan Shaqiri - 20', Breel Embolo - 44', Remo Freuler - 48'

Stadion: Stadium 974, 41378 tomoshabin

Bosh hakam: Fernando Rapallini

45'
90'
26'  Aleksandar Mitrovic
26'  Dusan Tadic
35'  Dusan Vlahovic
47'  Sergej Milinkovic-Savic
55'  Dusan Vlahovic (Luka Jovic)
55'  Milos Veljkovic (Nemanja Gudelj)
56'  Strahinja Pavlovic
66'  Predrag Rajkovic
68'  Sergej Milinkovic-Savic (Nemanja Maksimovic)
78'  Dusan Tadic (Filip Djuricic)
78'  Andrija Zivkovic (Nemanja Radonjic)
81'  Nemanja Gudelj
82'  Aleksandar Mitrovic
90'  Nikola Milenkovic
90'  Sasa Lukic
15'  Silvan Widmer
20'  Xherdan Shaqiri
20'  Djibril Sow
34'  Ruben Vargas
44'  Breel Embolo
44'  Silvan Widmer
48'  Remo Freuler
48'  Ruben Vargas
69'  Djibril Sow (Edimilson Fernandes)
69'  Xherdan Shaqiri (Denis Zakaria)
83'  Ruben Vargas (Christian Fassnacht)
90'  Granit Xhaka
90'  Breel Embolo (Noah Okafor)
90'  Fabian Schaer

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! SHveycariya ikkinchi o'rin bilan pley-offga yo'llanma oldi.

90+10. ZARBAAAAAAA!!! Lukichning zarbasi noaniq ketdi.

90+9. Fabian SHer ogohlantirildi. SHveycariya jarima maydonchasi yonida jarima zarbasi yuzaga kelgandi. Undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

90+5. Maydonda kichik janjal yuzaga keldi. Yakunda Jaka va Milenkovich ogohlantirildi.

90+2. ZARBAAAAA!!! Luka Yovichning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Narigi tomonda Kamerun gol urdi. Ko'ramiz. Serbiya SHveycariyani o'zi bilan tortib ketishi ham mumkin)

Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

89. UXXXXXX!!! Fassnaxt raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib keldi. U zarba beraman deguncha Milinkovich-Savich to'pni qaytarib yubordi.

Agarda shu hisob saqlanib qolinsa, SHveycariya pley-offga yo'l oladi.

83. ZARBAAAAA!!! Maksimovichning zarbasi biroz noaniq ketdi.

81. Uxxxxx!! SHveycariyada xavfli nuqtadan jarima zarbasi.

77. Serblarda jarima zarbasi yuzaga kelgandi. Undan foydalanib bo'lmadi.

71. SHveycariya hujumga o'tishga harakat qildi. Yakuniy pas noaniq.

63. UXXXXXXXX!!! Serbiya hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Milenkovichning uzatmasi Mitrovichga etib bormasidan to'pni Kobel ushlab oldi.

57. UXXXXX!! Embolo ilojsiz ishni bajardi. U bir metrdan to'pni darvozaga kirita olmadi.

55. Fabian SHer SHveycariyaning navbatdagi hujumini qaytardi.

48. GOOOOOOOOLLLLL!!! FROOYLEEERRR!!! SHveycariya yana hisobda oldinga chiqib olmoqda!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+2. Serbiya hujumga o'tdi. Zarbadan keyin to'p shveycariyaliklarning qo'liga tekkandek ko'rindi. Biroq bunga etibor qaratilgani yo'q.

44. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! EMBOLOOOOOO!!! Super kombinaciya va ajoyib yakun! Hisob tenglashdi.

43. SHveycariya hujumda. Ammo Emboloning yakuniydek ko'ringan pasini himoyachilar ilib ketishdi.

38. ZARBAAAAA!!! Vidmerning kuchli zarbasini Pavlovich ko'kragi bilan qaytardi va hech nimani sezmagandek o'yinni davom ettirdi.

35. GOOOOOOOOLLLL!! VLAXOVICHCHCHCHCH! O'yinni yaxshi boshlay olmagan Serbiya hisobda oldinga chiqib oldi! Vlaxovichning unchalik kuchli bo'lmagan zarbasini Kobel qaytara olmadi!

30. ZARBAAAAAA!! SHakiri SHveycariyani hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi. Uning zarbasi salgina noaniq ketdi.

26. GOOOOOOOOOOOLLL!! Mitrovich to'pga boshi bilan zarba berdi. SHunchaki "mixlab qo'ydi". Ajoyib gol bo'ldi o'ziyam.

23. Vargas raqib jarima maydonchasi ichida yiqitilgandek ko'ringandi. Hakam bu holatga etibor bergani yo'q.

20. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! SHveycariyaning hujumlari o'z samarasini berdi. Datslabki zarbani himoyachilar qaytarishdi. SHakirining zarbasi esa Pavlovichga tegib, darvozadan o'rin oldi!

18. Embolo qarshi hujumga o'tayotgandi. Lekin Sergey Milinkovich-Savich podkati bilan to'pni o'ziniki qilib oldi.

14. Uxxxxxx!! SHveycariyada imkoniyat. Qanotdan uzatilgan to'pga berilgan zarbani hujumchining sherigi qaytarib qoldi.

11. ZARBAAAAAAAAA!! Jivkovichning kuchli zarbasini darvoza ustuni qaytardi. Qaytgan to'pni hujumdagi ikki serb eplab darvozaga yo'llay olmadi.

5. XAVFLI VAZIYAT! Burchakdan uzatilgan to'pga Milenkovich boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvozaning tepasidan o'tib ketdi.

4. Serbiya ham hujumga o'tdi. Milenkovichning qanotdan oshirgan to'pini SHer qaytarib yubordi.

25-soniya. ZARBAAAAA!!! ZARBAAAAA!! 25-soniyaning o'zidayoq Vanya Milinkovich-Savich o'z hisobiga ikkita seyv yozdirib qo'ydi. SHveycariya ilk daqiqadayoq hisobni ochishga yaqin kelgandi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!


- Hurmatli futbol muxlislari! JCH-2022ning guruh bosqich o'yinlari ham yakuniga etmoqda. 3-tur doirasidagi so'nggi bahs startiga ham oz vaqt qoldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика