So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

JCH-2022 saralashi. O'zbekiston Yamanni penalti evaziga mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2022 saralashi. O'zbekiston Yamanni penalti evaziga mag'lub etdi

JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman - O'zbekiston uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

YAMAN - O'ZBEKISTON 0:1

23:00, "Qirol Faxd" stadioni, Ar Riyod, Saudiya Arabistoni.

Gol: penalti Jaloliddin Masharipov 19'

Gol urilmagan penalti: Odil Ahmedov 82'

Hakamlar
: Muhammad Abdulla, Muhammad Alhammadi, Muhammad Hasan (uchalasi BAA), Ali Hasan Alsamaheji (Bahrayn).

O'zbekiston:
12.Sanjar Quvvatov, 2.Islomjon Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Ikrom Aliboev (6.Abror Ismoilov, 62), 9.Odil Ahmedov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor SHomurodov (21.Igor Sergeev, 90), 15.Umarbek Eshmurodov (5.Rustamjon Ashurmatov, 46), 19.Sanjar Qodirqulov (18.Vagiz Galiulin, 75), 23.Ibrohimhalil Yo'ldoshev (13.Oleg Zoteev, 90),
Zaxira: 1.Abduvohid Nematov, 16.Valijon Rahimov, 4.Farruh Ikromov, 11.Temurxo'ja Abduholiqov, 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov.

Yaman:
22.Muhammad Xayralah, 4.Mudir Al Radaei, 5.Alaa Aldin Mahdi, 6.Jihod Ahmad, 8.Jalol Al Jalol, 10.Muhsin Muhammad Hasan (18.Ali Abdulloh Hafiz, 90+2), 13.Ahmed Abdulvohid, 16.Nossir Al Gaxvashi, 17.Mufid Jamol (9.Umar Al Dahi, 72), 19.Muhammad Ali Boqshan, 20.Emad Mansur Tavfiq (12.Ahmed Maher, 70).
Zaxira: 1.Muhammad Al Ayash, 23.Salim Al Xarsh, 2.Salim Matran, 3.Abdulmuain Al Jarshi, 7.Ahmed Al Sarori, 11.Muhammad Abdulloh Al Dahi, 14.Manaf Saad, 15.Mazin Hasan Abdo, 21.Muhammad Al Vajih.

Ogohlantirish: 13.Ahmed Abdulvohid (18), 8.Ikrom Aliboev (45+2), 19.Muhammad Ali Boqshan (64), 14.Eldor SHomurodov (77), 10.Muhsin Muhammad Hasan (79).

Bahs yakunlandi!  O'zbekiston kichik hisobda g'alabaga erishdi. 

90+4. Yaman jarima zarbasini o'yinga kiritdi va ofsayd kuzatildi. 

90+3. Zoteev sal qolsa jamoaga pand berib qo'yardi. 

90+2. Yamanda o'zgarish: Muhammad Hasan o'rniga Hafiz tushdi. 

Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. O'zbekistonda 2 ta o'zgarish: Yo'ldoshev o'rniga Zoteev, SHomurodov o'rniga Sergeev tushdi.  

89. Jarima maydoni ichida Masharipov yiqitildi, biroq hakam uchinchi penaltini bermasligini malum qildi. 

87. Saudiya Arabistoni ikkinchi golni urdi, Singapur 84 daqiqa chidadi. 

86. Ahmedovning ichkariga uzatmasidan keyin SHomurodov to'pga emas, 13-raqamli Ahmed Abdulvohidning oyog'iga tepdi. 

84. Biz penaltini urolmagan bir paytda Saudiya Arabistoni Singapur darvozasini ishg'ol etdi. 

82. Uuuux!  Odil Ahmedovning penaltidan yo'llagan zarbasini Muhammad Xayrallah qaytardi. Dahshat!  

81. Penalti!  Muhammad Ali Boqshan Vagiz Galiulinni qo'pollik evaziga to'xtatdi. 

79. Tirsagi bilan qo'pollik qilgan Muhammad Hasanga sariq kartochka berildi.  

78. Bu gal Ashurmatov va  Muhammad Hasan o'zaro to'qnashishdi, har ikki o'yinchiga tibbiy yordam zarur. 

77. Al Radaei bilan to'qnashgan Eldor SHomurodvoga sariq kartochka berildi. 

76. Eh, Ismoilov va Ahmedovning o'zaro kombinaciyasi foyda keltirishiga oz qoldi, so'nggi pallada Ahmedov to'pni bo'ysundirishga qiynaldi, sal murakkab vaziyat edi. 

75. O'zbekistonda o'zgarish: Qodirqulov o'rniga Galiulin o'yinni davom ettiradi. 

74. Sanjar Qodirqulovga tibbiy yordam namoyish etilmoqda. 

72. Yamanda o'zgarish: Jamol o'rniga Al Dahi maydonga tushdi. 

70. Yamanda almashtirish: Tavfiq o'rniga Ahmed Maher tushirildi. 

68. Qodirqulov to'p uchun oxirigacha kurashdi va Ahmed Abdulvohid u orqali "aut" ishladi. 

66. Yo'ldoshevning kuchli zarbasi Yaman azosi Alaa Aldin Mahdiga tegdi, unga tibbiy yordam kerakligi bois hakam o'yinni to'xtatdi. 

64. Muhammad Ali Boqshan Alijonov bilan to'qnashdi va qoidani buzgani bois ogohlantirildi.

62. O'zbekistonda almashtirish: Aliboev o'rniga Ismoilov o'yinga qo'shildi. 

60. Zarba! Alijonovning olis masofadan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi. 

57. Uuuux!  Alijonovning qoyilmaqom pasidan keyin Masharipov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, jarima maydoni ichidan yo'llangan zarbani Muhammad Xayrallah qaytarishga erishdi.  

56. Ibrohimhalil Yo'ldoshev chap qanotdan oldinga o'tib ketmoqchi bo'ldi, biroq Yaman vakili bunga yo'l qo'yishni istamadi, "aut".

54. Uuuux!  Masharipovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Ahmedov bosh bilan darvozani nishonga oldi, darvozabon jamoasi joniga ora kirdi. 

53. Terma jamoamiz himoyada o'ralashib qoldi, tezroq oldinga o'tish va gol urish kerak.

52. Zarba!  Muhsin Muhammad Hasanning taxminan 19 metrdan bergan zarbasini Quvvatov ushlab oldi.  

49. Zarbaaa!  Jaloliddin Masharipovning chap oyoqdagi zarbasini Xayrallah qaytara oldi.

47. Zarba!  Ahmed Abdulvohidning "to'qqizlik" tomon zarbasini Quvvatov qaytardi. Ofarin! 

46. O'zbekistonda o'zgarish: Eshmurodov o'rniga Ashurmatov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus!

45+2. Aliboev Alaa Aldin Mahdiga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

45. Mudir Al Radaei nima qilmoqchi?  U SHomurodovning ustiga chiqib ketishiga oz qoldi, Al Radaei yaqqol SHomurodovning oyog'iga zarba beryapti.  

44. Termamiz o'yini muxlislar kutganchalik emas, o'yinni yanada kuchaytirish shart va zarur. 

42. Hozircha burchak zarbalari bizga samara keltirmayapti, hozirgi holatda to'p SHomurodov orqali maydondan chiqib ketdi.  

41. Masharipov qanot orqali markazga pas bermoqchi bo'ldi, ammo himoyachilar bunga qarshi chiqishdi, burchak to'pi. 

40. Zarbaaaa!  Alijonovning zarbasini raqib posboni qaytarishga erishdi.

40. Aliboev chap qanot orqali Masharipovni oldinga boshlashni xohladi, ammo bunga Mudir Al  Radaei to'g'anoq bo'ldi. 

38. Odil Ahmedovning oldinga, SHomurodov tomon amalga oshirgan uzatmasini Eldor bosh bilan o'ziga to'g'rilashga urindi, biroq to'p Yaman vakillariga nasib qildi. 

35. Zarba!  Qodirqulovning pasidan keyin SHomurodov noaniq zarba yo'lladi. 

33. Davom etamiz. Alaa Aldin Mahdi maydon markaziga yaqin joyda Masharipovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

31. Hakam futbolchilargi tin olish imkoniyatini berdi. 

29. Odil Ahmedov to'pni oldirdi, Yaman futbolchisining oldinga uzatmasi esa muvaffaqiyatli chiqmadi. 

28. O'zbekiston terma jamoasi to'pni yo'qotdi, Yaman to'pni bergisi yo'q. 

26. Quvvatov to'pni Aliboevga uzatib berdi, u esa to'pni yo'qotishiga oz qolganida raqib yordam berib yubordi, O'zbekiston foydasiga "aut". 

24. Hojiakbar Alijonov o'ng qanot orqali oldinga bordi va himoyachini chalg'itib, ichkariga pas uzatishni istadi, biroq to'p himoyachiga tegib maydondan chiqib ketdi, burchak to'pi.

22. O'zbekiston MTJ azolari to'pni o'zlarida saqlab turishibdi. 

19. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Jaloliddin Masharipov penaltini muvaffaqiyatli ijro etdi – 0:1! 

18. Penalti!  Ibrohimhalil Yo'ldoshev yiqitildi. Ahmed Abdulvohid etiroz uchun sariq oldi. 

17. Termamiz to'pga egalik qilgan paytda Yaman bosim uyushtirdi, Aliboevning o'ng qanotga uzatmasi sal kuchli chiqib qoldi. 

14. Uuuux!  Yaman futbolchisining yaqin masofadan bergan zarbasini Quvvatov qaytardi!  Himoyachilar tomoshabin vazifasini bajarishdi. 

11. SHomurodov presingga o'tdi va darvozabondan to'pni olib qo'yishi mumkin edi. Afsuski, ushbu vaziyatda darvozabon SHomurodovni tepib yuborgan ekan, Eldor biroz lat edi. 

9. Muhammad Ali Boqshan o'ng qanotda Sanjar Qodirqulovga nisbatan juda qo'pol o'ynadi, hakam uni og'zaki ogohlantirdi. 

8. To'p Sandar Quvvatovda. Posbon to'pni qo'li bilan himoyachilarga uzatib berdi va bu orqali hujum boshlanmoqda. 

6. Muhammad Abdulla jarima maydoni yaqinida SHomurodovga nisbatan himoyachi qoidani buzmagan deb topdi, biroq hujumchimiz qo'pol ravishda to'xtatilgan edi. 

5. Ikrom Aliboev maydona markazida Nossir Al Gaxvashini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi, hakam vahimali tarzda hushtagini chaldi. 

3. Odil Ahmedov raqib futbolchisiga nisbatan qoidani buzdi, sardorimiz va bosh hakam bir-birlariga jilmayib qo'yishdi. 

2. Yurtimiz faxri, "Jenoa" vakili Eldor SHomurodov o'yinni boshlab berdi.  

1. O'yin boshlandi!  

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun O'zbekiston terma jamoasi o'zining JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bosqichi doirasidagi Yamanga qarshi o'yinini o'tkazadi. Ushbu bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика