JCH-2022 saralashi. Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston Mo'g'ulistonga etib bordi
08 sen 2019 09:00
Yangiliklar


JCH-2022 saralashi. Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston Mo'g'ulistonga etib bordi
Terma jamoa Moskva orqali Ulan-Batorga uchib bordi. Bu haqda Tojikiston FF rasmiy sayti xabar berdi. Mo'g'ulistonga Usmon Toshev 21 nafar futbolchini olib bordi.
Mo'g'uliston - Tojikiston uchrashuvi 10 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.
Mo'g'ulistonga borgan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar: Rustam Yatimov («Istiqlol»), SHoxrux Qirg'izboev («Lokomotiv-Pomir»), Fatxullo Boboev («Regar-TadAZ»);
Himoyachilar: Xurshed Beknazarov («PS TIRA», Indoneziya), Davrondjon Ergashev («Xo'jand»), Manuchexr Safarov («Xo'jand»), Axtam Nazarov, Iskandar Jalilov, Tabrezi Davlatmir, Zoir Jo'raboev (barchasi – «Istiqlol»);
Yarim himoyachilar: Parvizjon Umarboev («Lokomotiv», Plovdiv, Bolgariya), Amirbek Jo'raboev («Navbahor», O'zbekiston), Alisher Jalilov, Exsoni Panshanbe, Muhammadjon Rahimov, Komron Tursunov (barchasi – «Istiqlol»), Karomatullo Saidov («Ko'ktosh»), Ilhomjon Barotov («Istaravshan»);
Hujumchilar: Manuchexr Jalilov («Persebaya», Indoneziya), Jahongir Ergashev («Xo'jand»), SHeriddin Boboev («Istiqlol»).
Bosh murabbiy – Usmon Toshev.
Mongolia |
World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. F . 2-tur 10/09/2019, 15:00 1
:
0
Tugadi
|
Tajikistan Davron Ergashev - 81' |
Stadion: 3455 tomoshabin
O’xshash yangiliklar

Fikrlar