So’nggi yangiliklar

08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3

JCH-2022 saralashi qanday o'tishi malum, bizdagi vaziyat qanday? Yangiliklar

JCH-2022 saralashi qanday o'tishi malum, bizdagi vaziyat qanday?

FIFA 2022 yil Qatarda o'tadigan mundialda avval taxmin qilinganidek 48ta emas 32ta terma jamoa ishtirok etishini rasman malum qildi.

Demak JCH-2022 saralash bahslari haqida qisqacha.
Qita: Osiyo (OFK)
Ishtirokchi mamlakatlar soni: 46ta.
JCH yullanmasi: 4+1.
Saralash bosqichi: 3ta OFKda va 1ta pley-off. OFKda 5-o'rinni qo'lga kiritgan jamoa qaysi mintaqa vakili bilan JCH yo'llanmasi uchun bahs olib borishi qura orqali aniqlanadi.

Birinchi bosqich: FIFA reytingida OFK ro'yxatida 35-46 o'rinlarda turgan jamoalar ichidan 8ta terma jamoa ikki o'yin natijasiga ko'ra tanlab olinadi. Juftliklar aniq:

Mo'g'uliston - Bruney
Makao - SHri-Lanka
Laos - Bangladesh
Malayziya - SHarqiy Timor
Kambodja - Pokiston
Butan - Guam

Saralash uyinlari 6 va 11 iyun kunlari malum buladi. OFK 8ta jamoani ajratib olganidan so'ng 2-raund uchun qura tashlash marosimini o'tkazadi. Qura 17 iyul kuni bo'lib o'tadi.

2-raundda 40ta terma jamoa 5tadan 8ta guruhga bo'linadilar. Bu ham FIFA reytingi asosida taqsimlanadi. O'zbekiston mazkur qura tashlash marosimida 2-savatchadan joy oladi.

Saralash bahslari Osiyo Kubogi-2023 yullanmasini hal qilishini inobatga olgan holda unda Qatar ham ishtirok etadi.

1-savatcha: Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni va Xitoy.

Qura tashlanguniga qadar Xitoy va Iroq terma jamoalari reytingda joy almashishlari mumkin. O'zbekistonda bunday imkoniyat saqlanib qolmagan. O'rtadagi tafovut 49 ball. Buning uchun MTJ ko'proq yutish imkoniyati mavjud terma jamoalar bilan o'rtoklik o'yinlarini o'tkazishi kerak edi. Guvohi bo'lganingizdek O'zbekistonning raqiblari orasida 2-bosqichni o'zidayoq juda kuchli terma jamoalar joy olishi mumkin.

8ta guruh g'oliblari va eng yaxshi 4ta ikkinchi o'rinni olgan terma jamoa 3-bosqichga yo'l oladi. U erda 6ta jamoadan iborat 2ta guruh tuziladi. Yakunda dastlabki 2-o'rinni qo'lga kiritgan terma JCHga yo'l olsa, ikki guruhda uchinchi o'rinni egallaganlar o'zaro bahs olib boradilar. G'olib Okeaniya, Janubiy Amerika eki SHimoliy Amerika vakiliga qarshi maydonga chiqadi.

Ko'rib turganingizdek O'zbekiston terma jamoasining oldida juda uzoq va qiyin yo'l turibdi.


Reyting: -74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика