So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  6 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  9 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

JCH-2022 saralashi. Ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqa olamizmi? (jadval) Yangiliklar

JCH-2022 saralashi. Ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqa olamizmi? (jadval)

Bugun Osiyo qitasida JCH-2022 saralashi doirasidagi 5-tur bahslari bo'lib o'tdi hamda dastlabki davra o'z yakuniga etdi.

Afsuski terma jamoamiz o'z maydonida Saudiya Arabistoniga yutqazib qo'ydi va ikkinchi o'ringa tushib qoldi. Osiyo qitasidagi JCH-2022 saralash bahslari 8ta guruhda davom etmoqda.  

Har bir guruhda birinchi o'rinni olgan jamoalar (8ta) hal qiluvchi so'nggi bosqichga chiqishadi. Ularga qo'shilib 8ta guruhda eng yaxshi natija qayd etgan 4ta yoki 5ta ikkinchi o'rin sohiblari ham keyingi bosqichga chiqadi. 

Nima uchun 4ta yoki 5ta? Gap shundaki JCH-2022 mezboni Qatar bu saralashda ishtirok etmoqda. Sababi bu Jahon chempionati bilan birga Osiyo Kubogi-2023 uchun ham saralash vazifasini o'tab bermoqda. Qatar agar hozirgi bosqichda o'z guruhida 1-o'rinni olsa yoki 2-o'rinni olib eng yaxshi natijaga ega 4ta jamoadan biri bo'lsa u holda o'z o'zidan quyidagi jadvalda beshinchi o'rindagi jamoa ham so'nggi bosqichga chiqadi. 

Birinchi davra tugagan bir paytda O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi o'rindagilar jadvalida eng so'nggi pog'onani egallab turibdi. Guruhdan hech bo'lmasa ikkinchi o'rin bilan chiqishni istasak keyingi o'yinlarda raqiblarni imkon qadar yirik hisoblarda mag'lub etaverishimiz shart va o'z navbatida qolgan guruhlarda ikkinchi o'rin egalarining ochko yo'qotishini kutishimiz kerak bo'ladi.  


Reyting: -77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика