So’nggi yangiliklar

01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  0 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  20 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  0 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  24 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  10 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

JCH-2022 saralash. Ertaga bizni qanday o'yinlar kutmoqda? Yangiliklar

JCH-2022 saralash. Ertaga bizni qanday o'yinlar kutmoqda?

Teglar :  JCH-2022 saralash
Ertaga, 15 okyatbr kuni JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Quyida har bir guruhga to'xtalgan holda qanday o'yinlar kutayotganini keltirib o'tamiz. 

"A" guruhi - Xitoy, Suriya, Filippin, Maldiv, Guam.

Dastlabki ikkita uchrashuvni g'alaba bilan yakunlagan Xitoy safarda Filippin mehmoni bo'ladi. Suriya esa Dubaydagi "Al Maktum" stadionida guruh autsayderi Guamni qabul qiladi. 

17:00. Filippin - Xitoy

19:00. Suriya - Guam


"B" guruhi - Avstraliya, Iordaniya, Xitoy Taypeyi, Quvayt, Nepal.

Jahon chempionatiga chiqishga davogarlardan biri Avstraliya Xitoy Taypeyiga safar qiladi. Iordaniya esa Ammanda Nepalni qabul qiladi. Jamoalarni hozircha 1 ochko ajratib turibdi. 

16:40. Xitoy Taypeyi - Avstraliya

21:00. Iordaniya - Nepal 


"C" guruhi - Eron, Iroq, Bahrayn, Gonkong, Kambodja.

Albatta, guruhdagi asosiy bahs Bahrayn va Eron o'rtasida kechadi. Kambodja keyingi bosqichdan umid qilmasa ham bo'ladi, shunga qaramay bu jamoa o'z uyida Iroqdan ochko olishga harakat qilsa kerak. 

16:30. Kambodja - Iroq

21:30. Bahrayn - Eron

 

"D" guruhi - Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Falastin, Yaman, Singapur.

Ertaga diqqat-etiborimiz birinchi navbatda O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yinga qaratiladi. Futbolchilarimiz Singapurga qarshi bahs olib borishadi. Guruhdagi ikkinchi o'yin Al Ram shahrida Falastin va Sudiya Arabistoni o'rtasida kechadi. 

16:45. Singapur - O'zbekiston

18:00. Falastin - Saudiya Arabistoni


"E" guruhi - Bangladesh, Ummon, Hindiston, Afg'oniston, Qatar.

O'z maydonida Hindistonni enga olmagan Qatar bu safar Ummon bilan kuch sinashadi. Jamoalarni atigi bir ochko ajratib turibdi. Hindiston esa autsayder Bangladeshni qabul qiladi. 

19:00. Hindiston - Bangladesh

21:30. Qatar - Ummon 


"F" guruhi - Yaponiya, Qirg'iziston, Tojikiston, Myanma, Mo'g'uliston.

Yon qo'shnimiz Tojikiston ertaga Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Dushanbeda nihoyatda qiziqarli bahs kechishi kutilyapti. Mo'g'uliston esa o'z maydonida Qirg'izistonni qabul qiladi. Har ikki jamoa hozircha 3 ochkodan to'plagan. 

13:00. Mo'g'uliston - Qirg'iziston

17:15. Tojikiston - Yaponiya 

  

"G" guruhi - BAA, Vetnam, Tailand, Malayziya, Indoneziya.

Safarda Malayziyani yutib qaytgan BAA Tailandga safar qiladi. Bu o'yinda BAA termasi ochko yo'qotishi mumkin, chunki Tailand o'z maydonida ancha kuchli o'yin namoyish etadi. Indoneziya esa Vetnam bilan bahs olib boradi. 

16:30. Indoneziya - Vetnam

17:00. Tailand - BAA

 

"H" guruhi - Janubiy Koreya, Livan, KXDR, Turkmaniston, SHri Lanka.

Va nihoyat, oxirgi guruhda ikkita koreys jamoasi o'zaro bahs olib boradi. Bu ham o'ziga xos tarixiy ahamiyatga bo'lsa ajab emas. Hali birorta o'yinda ochko jamg'armagan SHri Lanka o'z uyida Livanni qabul qiladi. 

13:30. KXDR - Janubiy Koreya

19:00. SHri Lanka - Livan


Eslatma: Saralash bosqichida 40ta jamoa qatnashyapti. Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruh g'olibi (8ta) va eng yaxshi 4ta ikkinchi o'rin egasi (jami 12ta jamoa) keyingi bosqichga yo'l oladi. 3-turdan so'ng ikkinchi o'rinda borayotgan Suriya, Ummon, KXDR va Tojikiston eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turishibdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика