So’nggi yangiliklar

15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  3 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  22 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3

JCH-2022 saralash. "D" guruhi jamoalari Yangiliklar

JCH-2022 saralash. "D" guruhi jamoalari

Bugun Osiyo mintaqasida JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raundiga start beriladi.

Malumki, saralashning ushbu bosqichida 40ta jamoa qatnashadi. Jamoalar beshtadan 8 guruhga bo'lingan. Guruh g'oliblari hamda eng yaxshi to'rtta ikkinchi o'rin egasi keyingi bosqichga yo'l olish bilan birga Osiyo Kubogi-2023 yo'llanmasini ham qo'lga kiritadi. 

Quyida "D" guruhi jamoalariga to'xtatib o'tamiz. Bu guruhda Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Falastin, Yaman va Singapur o'zaro bahs olib boradi. 


SAUDIYA ARABISTONI

FIFA reytingidagi o'rni: 68

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: CHempion (1984, 1988, 1996) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: 1/8 final (1994)

Bosh murabbiy: Erve Renar (Franciya)


Saudiya Arabistoni JCH-2022 saralash bahslarini yangi murabbiy qo'l ostida o'tkazadi. CHunki iyul oyidan bu jamoani Erve Renar qabul qilib oldi. Franciyalik mutaxassis bungacha Afrikada faoliyat yuritib keldi va Osiyoda birinchi bor o'zini sinab ko'radi. Malumot uchun, Erve Renar 2012 yil Zambiya va oradan uch yil o'tib Kot-D'Ivuar terma jamoasi bilan Afrika Millatlar Kubogida oltin medallarni qo'lga kiritgan.


O'ZBEKISTON

FIFA reytingidagi o'rni: 84

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: 4-o'rin (2011) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan 

Bosh murabbiy: Ektor Kuper (Argentina)


Terma jamoamiz har gal jahon chempionatiga yaqin keladi-yu, biroq hal qiluvchi pallada doim nimadir etishmay qoladi. Futbolchilarimiz bu safar Ektor Kuper qo'l ostida manzil sari yo'lga chiqishadi. 28 yillik tanaffusdan so'ng Misr terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan argentinalik murabbiydan muxlislarimizning umidi katta. 


FALASTIN

FIFA reytingidagi o'rni: 102

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi (2015, 2019) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan

Bosh murabbiy: Nuriddin Ould Ali (Jazoir)


O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichini bugun Falastinga qarshi bahs bilan boshlaydi. Jazoirlik murabbiy jamoani kuchaytirishga harakat qilmoqda. Nuriddin Ould Ali asosiy maqsad ketma-ket uchinchi marta Osiyo Kubogiga yo'l olish ekanini aytib o'tdi. Bu esa guruhdan birinchi yo ikkinchi o'rin bilan chiqishni maqsad qilyapti degani. 


YAMAN

FIFA reytingidagi o'rni: 142

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi (2019) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan

Bosh murabbiy: Samsi Hasan Al Nash (Yaman)


Yaman termasini mahalliy murabbiy boshqarmoqda. Bu jamoa yaqinda o'tkazilgan G'arbiy Osiyo chempionatida Suriya bilan 1:1 o'ynab hammani hayron qoldirdi. O'z tarixida birinchi bor shu yil Osiyo Kubogida o'ynagan yamanliklar ham iliq taassurot qoldirishga harakat qilishadi. 


SINGAPUR 

FIFA reytingidagi o'rni: 162

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi (1984) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan 

Bosh murabbiy: Tatsuma Yoshida (Yaponiya)


Yaponiyalik murabbiy Tatsuma Yoshida qo'l ostida Singapur terma jamoasi yaxshi o'yin ko'rsatish istagida. Singapur 1984 yildan beri Osiyo Kubogida qatnashmay kelmoqda, bu esa terma jamoa futbolchilarini yanada ruhlantirishi aniq. 


Sentyabr oyida bo'ladigan o'yinlar: 


1-tur. 5 sentyabr 

Falastin - O'zbekiston 

Singapur - Yaman


2-tur. 10 sentyabr

Yaman - Saudiya Arabistoni

Singapur - Falastin

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика