JCH-2022 saralash. BAA terma jamoasi shu oyda yig'in o'tkazadi
06 iyu 2020 13:48
Yangiliklar
JCH-2022 saralash. BAA terma jamoasi shu oyda yig'in o'tkazadi
Yig'in 22 iyuldan start oladi. Bu haqda BAA futbol associaciyasi rasman malum qildi. Xabaringiz bor, ushbu terma jamoani yaqinda kolumbiyalik murabbiy Xorxe Luis Pinto qabul qilib olgandi. 22 iyul kuni boshlanadigan o'quv-mashg'ulotlar yangi murabbiyning ilk yig'ini bo'ladi.
27 iyulga qadar mo'ljallangan yig'inda futbolchilar asosan mashg'ulot o'tkazishadi. Keyinchalik 1-23 avgust oralig'ida navbatdagi yig'in tashkil etiladi. Ushbu yig'inda BAA terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Uchinchi yig'in esa 31 avgust - 9 sentyabr oralig'ida bo'lib o'tadi va bunda ham ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushish ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, BAA terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida 6 ochko bilan to'rtinchi o'rinda boryapti. Amirlik futbolchilari navbatdagi uchta bahsni Indoneziya, Tailand va Vetnamga qarshi o'tkazishadi.
Fikrlar