So’nggi yangiliklar

16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  1 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7

JCH-2022. Ronaldu uchun kechagi bahs qanday o'tdi? Barchasini suratlarda tomosha qilamiz Yangiliklar

JCH-2022. Ronaldu uchun kechagi bahs qanday o'tdi? Barchasini suratlarda tomosha qilamiz

Tunda Portugaliya terma jamoasi 1/8 final doirasida SHveycariyani yirik hisobda taslim etib, JCH chorak finali yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Kecha kunning asosiy yangiliklaridan biri: Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasining JCH 1/8 finalida SHveycariyaga qarshi bahsda zaxira o'rindig'ida qoldirildi.

Biz esa 2004 yildan buyon birinchi marta zaxirada qolgan Ronaldu uchun bellashuv qanday o'tganini suratlar orqali ko'rsatib berishga harakat qilib ko'ramiz.

Katta ehtimol u Santushning qarorini oldinroq bilib ulgurgan va chigalyozdi mashqlari vaqtida shu malumotni xazm qilayotgandi.

Tarixiy tablo! Aytgancha, Ronaldu sog' bo'lsa, yirik musobaqalarda 2004 yildan buyon Portugaliya termasi zaxirasida qolmagan!

 

O'yindan avval Pepe bilan "besh tashlab" kayfiyatni ko'tarmoqda. 


Biroq baribir kayfiyat unchalik yaxshi emasligi bilinardi.



Bunaqasini ko'rmagan bo'lsangiz kerak – Portugaliya davlat madhiyasi yangrayotgan bir pallada fotokameralarning aksariyati asosiy tarkib emas, zaxira o'rindig'i tomoniga qaratilgandi.


Madhiyani albatta birga kuylash lozim


"Men yaxshiman"

Yoki...

Qandaydir sog'inch bilan trinularga qarayapti

U erda esa...

O'yin boshlangani haqidagi hushtakdan keyin esa – yo to'liq koncentraciya, yoki o'z olamiga "ketib qoldi". 

Qaysidir pallada Krishtianu o'rnidan sakrab turdi va jamoasi gol urganini ko'rdi! Golni esa asosiy tarkibda aynan Ronalduning o'rnini egallagan Gonsalu Ramush urdi. 

"Bo'shashmanglar"


Qiziq, Ronaldu bu vaziyatda Bernardu Silvaga nima degan, deb o'ylaysiz?

 

Ikkinchi gol va Ronaldu rostmana xursand bo'ldi.


Biroq Ronaldu bunday o'yinda maydonga tushmasa bo'lmasdi 

Ikkinchi bo'limda Krishtianu maydonga tushishga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Maydon chetiga kelarkan Ronaldu muxlislar tomon qarsaklar chaldi.

70-daqiqada uning oldiga Fernandu Santush kelganida esa Ronalduga vaqt berilishi aniq bo'ldi.

Personal muxlislarini beetibor qoldirmadi.

Joau Feliksga "besh tashlab", ishga kirishdi!

 

Bitta kuchli zarba berishga ham ulgurdi.  

Keyin yana tushunarsiz vaziyat

Ronaldu g'alabani hamma bilan nishonlamadi. Tribunalar oldiga keldi, muxlislarga rahmat aytib, qarsak chaldi va qolganlar u erga endi etib kelayotganda, birinchi bo'lib kiyinish xonasiga yo'l oldi.




Nozima To'xtamirzaeva tayyorladi

Foto: REUTERS/Kai Pfaffenbach, Hannah Mckay, Suhaib Salem, John Sibley, Paul Childs, Carl Recine, Peter Cziborra; Twitter/sgevans 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика