So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  2 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  1 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  2 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  17 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  14 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  34 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  14

JCH-2022. Argentina Polshani mag'lub etdi va birinchi o'rin bilan pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi Yangiliklar

JCH-2022. Argentina Polshani mag'lub etdi va birinchi o'rin bilan pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi

Polsha hamda Argentina o'rtasidagi jahon chempionati o'yini yakuniga etdi.

Poland

World Cup Grp. C . 3-tur

30/11/2022, 23:00

2
:
0
Tugadi

Argentina

Alexis Mac Allister - 46', Julian Alvarez - 67'

Stadion: Stadium 974, 44089 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
46'  Karol Swiderski (Michal Skoras)
46'  Przemyslaw Frankowski (Jakub Kaminski)
62'  Krystian Bielik (Damian Szymanski)
72'  Bartosz Bereszynski (Artur Jedrzejczyk)
78'  Grzegorz Krychowiak
83'  Grzegorz Krychowiak (Krzysztof Piatek)
39'  Lionel Messi
46'  Alexis Mac Allister
46'  Nahuel Molina
49'  Marcos Acuna
59'  Angel Di Maria (Leandro Paredes)
59'  Marcos Acuna (Nicolas Tagliafico)
67'  Julian Alvarez
67'  Enzo Fernandez
79'  Julian Alvarez (Lautaro Martinez)
79'  Enzo Fernandez (German Pezzella)
83'  Alexis Mac Allister (Thiago Almada)

Polsha – Argentina 0:2

"Stadium 974"

Gollar: 0:1 – 46 Mak Allister, 0:2 – 67 Alvares.

Polsha – SHchensny, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski (Endjeychik, 72), Zelinski, Frankovski (Kaminski, 46), Kryxovyak (Pentek, 83), Belik (SHimanski, 62), Levandovski, Sviderski (Skuras, 46).

Argentina – Martines, Molina, Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 59), De Paul, Mak Allister (Almada, 84), Fernandes (Pesselya, 79), Di Mariya (Paredes, 59), Messi, Alvares (Martines, 79).

Ogohlantirishlar: Akunya (49), Kryxovyak (78).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. NIKOLAAAS! Talyafiko o'z goli bilan hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirib, 15 km uzoqlikdagi stadionda o'ynayotgan Meksikani keyingi bosqichga olib chiqardi, ammo himoyachilar darvozabon ustidan tashlangan to'pni qaytarishdi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

85. Lautaro Martines SHesni bilan birga bir chiqdi, ammo aniq zarba bera olmadi. Agar hozir gol sodir bo'lganida Meksika ikkinchi o'ringa chiqib olardi.

84. Ayni damda jadvalga nazar tashlaydigan bo'lsak Polsha va Meksikada ochkolar soni bir xil (4). To'plar nisbati ham bir xil (2-2ga 2-2). Ayni damda sariq kartochkalar soni kamligi tufayli Polsha ikkinchi o'rinda.

77. Polshaning tezkor qarshi hujumi tezda bartaraf etildi.

73. Xuliaaaan! Alvares Argentinaning uchinchi golini urishi mumkin edi, ammo to'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib, to'rga tashqi tomondan tegdi.

71. Lionel Messi qulay vaziyatdan to'pni darvozaga joylay olmadi. SHesni aldanmadi.

67. GOOOOOOOL! XULIAAAAAAN! 2:0! "Siti" hujumchisidan ajoyib gol! Enco Fernandes to'pni raqib jarima maydonchasi ichidagi Alvaresga uzatdi, darvozaga teskari turgan Xulian bir o'girilib "to'qqizlikka" to'pni tiqib yubordi.

64. Leo Messi bir necha polshalikni aldab o'tdi va chap oyog'i bilan to'pga zarba berdi, biroq raqib jamoa himoyachisi to'pga oyog'ini qo'yib qolishga ulgurdi.

61. Messi chap qanotga ajoyib pas berdi, Talyafikoning jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini Mak Alister darvozaga burdi, biroq SHesnidan navbatdagi seyvni ko'rdik.

53. Leo to'p bilan raqib jarima maydonchasigacha kirib bordi, ammo zarbaga kelganda omad undan yuz o'girdi.

51. Argentina shu hisobdagi g'alabani saqlab qolsa guruh bosqichini 1-o'rin bilan yakunlaydi. Meksika ham g'alaba qozonyapti, ammo ular 3ta to'p farqi bilan zafar quchishlari lozim, shundagina meksikaliklar Polshadan o'tib keta olishadi.

46. GOOOOL! ARGENTINA HISOBNI OCHDI! Molina qanotdan to'pni uzatdi, Mak Alister esa o'ng oyog'i bilan to'pni darvozaga joyladi, biroq yo'l yo'lakay to'p rikoshetga uchraganini ham aytish lozim.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Di Mariya hammasini o'zi hal qilishga urindi, ammo uning zarbasidan so'ng to'pni "klubdoshi" SHesni egallab oldi.

43. XULIAAAAN! Alvaresning zarbasini SHesni qaytardi, qaytgan to'pga Paul zarba berdi, biroq juda kuchsiz chiqdi. Voycex to'pni ushlab oldi.

39. SEYV! SHESNI TO'PNI QAYTARDI, Leo tepgan buchakni topdi.

38. PENALTI! Argentina penalti tepadi!

37. VAR ishga tushdi. Messiga nisbatan qoida buzilgan bo'lishi mumkin. Messi to'pga boshi bilan zarba berganidan so'ng SHesnining qo'li Leoning yuziga tekkan. Hakam maxsus ekranda vaziyatni tomosha qilyapti.

36. XULIAAAAN! Alvares darvozabon bilan deyarli birga-bir chidi, ammo vaziyat u uchun biroz noqulay bo'ldi. SHunga qaramay u aniq zarba yo'lladi, biroq SHesni to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

33. DI MARIYA! Anxel burchakdan uzatgan to'p zarbaga aylanib ketdi, SHesni bir amallab to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

31. Akunyaning jarima maydonchasi ichiga pastlatib uzatgan to'pini qaytarishdi.

29. AKUNYA! Akunyaning kuchli zarbasidan so'ng to'p Polsha darvozasi ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

23. Di Mariya chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirishga urindi, biroq faqat buchak to'pi ishlab olishga muvaffaq bo'ldi.

19. Messi to'pni qarama-qarshi burchakdagi Akunyaga uzatdi, ammo yarim himoyachi to'pni boshi bilan darvozabonga tashlab berdi. SHoshib qoldi shekilli.

15. Enconing Xulian Alvaresga uzatgan to'pi biroz noaniq bo'ldi, aks xolda "Siti" hujumchisi raqib posboni bilan birga bir chiqardi.

13. Hozircha katta bo'lmasada ustunlik Argentina tomonida. 

10. Messining o'tkir nuqtadan bergan zarbasini SHesni qaytardi.

9. Dastlabki 9 daqiqa ichida Argentinadan bitta aniq zarba ko'rdik, unda SHesni ishonchli o'ynab, to'pni egallab oldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Polsha: SHensni – Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski – Zelinski, Frankovski, Kryxovyak, Belik, Sviderski – Levandovski.

Argentina: Martines – Molina, Otamendi, Romero, Akunya – Di Mariya, De Paul, Mak Allister, Fernandes – Messi, Alvares.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика