So’nggi yangiliklar

01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  35 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  2 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  6 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3 23:10Ҳожимат Эркинов: "Учрашувнинг асосий вақтида ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  10 22:46Ямал тепган тўп дарвозага кирганмиди? Лунин жавоб берди  21 22:08U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  13 21:51U-23 Осиё кубоги. Мезбон Қатар Олимпиада йўлланмасидан маҳрум бўлди, Япония ярим финалда!  22 21:39Эрон футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши энг яхши ўйинимизни кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  6 21:14Биласизми? Роналду кунига беш маҳал ухлайди  16 20:48U-16 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Озарбайжонни мағлуб этди  3 20:20“Ордабаси” машғулотига номаълум шахслар ташриф буюриб, клубга ким хўжайин эканлигини кўрсатмоқчи бўлишди  13 20:01Карло Анчелотти Куртуа "Кадис"га қарши майдонга тушиши мумкинлигини тасдиқлади  2 19:39"Арсенал" кўрикка МЛСдан дарвозабонни таклиф қилди  0

JCH-2022. Pley-off bosqichiga ikkinchi yo'llanmani taqdim etishi kutilayotgan Avstraliya - Daniya uchrashuvi prevyusi Yangiliklar

JCH-2022. Pley-off bosqichiga ikkinchi yo'llanmani taqdim etishi kutilayotgan Avstraliya - Daniya uchrashuvi prevyusi

Bugun Qatardagi "Al Janub" stadionida jahon chempionatining 3-turidan o'rin olgan Avstraliya - Daniya uchrashuvi bo'lib o'tadi.

“D” guruhida Franciya terma jamoasi ketma-ket ikki g'alabadan so'ng pley-off yo'llanmasini naqd qildi. Avstraliya Daniyani mag'lub etsa, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishni kafolatlaydi. Aksincha bo'lsa, turnirdagi ishtirokini yakunlaydi. Agar Tunis Franciyani mag'lub eta olmasa, durang natija ham avstraliyaliklarni keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. Tunisning Franciya ustidan qozongan g'alabasi hamda Avstraliya va Daniya o'rtasidagi o'yinda durang qayd etilganini inobatga olsak, har ikki jamoa hisobida to'rttadan ochko bo'ladi, ammo urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar o'rtasidagi farq yaxshiroq bo'lgani uchun tunisliklar marra sari yurishda davom etadi.

FIFA reytingidagi o'rni: Daniya (10), Avstraliya (38)


AVSTRALIYA


1. Grem Arnold o'tmishdagi xatolardan saboq olishga harakat qiladi

Hozirgi holati yaxshi bo'lgan avstraliyaliklar autsayder hisoblanib turib, ikkinchi o'rinda borayotganini bayram qilishi mumkin, ammo terma jamoa bosh murabbiyi noxush xotiralar tufayli boshqacha yondashuv qo'llamoqchi.

Grem Arnold Tunis ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (1:0) futbolchilar hali hech narsaga erishmaganliklarini, faqat kelgusi o'yin muhimligini takidladi. Arnoldning ikkinchi qadami - u unchalik yoqtirmaydigan va daniyaliklar bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rishda jiddiy to'siq bo'lishi mumkin bo'lgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash bo'ldi. Ushbu qaror 2020 yilda Yaponiyada bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlaridan saboq sifatida amalga oshirildi. O'shanda avstraliyaliklar guruh bosqichining dastlabki turida Argentinani 2:0 hisobida mag'lub etishib, g'alabadan shunchalik xursand bo'lishdiki, hissiyotlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali oshkora namoyish etishdi, biroq kengurular yurti vakillari keyingi ikki uchrashuvda mag'lub bo'lishdi - natijada Avstraliya guruh bosqichida qolib ketdi.


2. Nataniel Atkinson va Aydin Xrustich jarohatlaridan forig' bo'lishdi

Avstraliya terma jamoasining ro'yxati dastlab qisqa muddatda katta o'zgarishlar qilish uchun xilma-xil emasdi, biroq bosh murabbiy Grem Arnold jahon chempionati boshlanishidan oldin o'zgarishlar qilishiga to'g'ri keldi. Oktyabr oyi oxirida terma jamoa markaziy yarim himoyachisi Aydin Xrustich Italiyaning "Verona"si safida to'pig'idan jarohat oldi va noyabr oyining o'rtalariga qadar maydonga tushmadi. Biroq Xrustich JCH-2022 qaydnomasiga kiritildi hamda Franciyaga qarshi ilk o'yinda (1:4) zaxira o'rindig'ida qoldirilgan bo'lsa, Tunisga qarshi bahsda 64-daqiqada maydonga tushdi.

Daniyaga qarshi to'qnashuvning dastlabki daqiqalaridan maydonga chiqishi uchun ikkinchi nomzod Nataniel Atkinson hisoblanadi. Franciyaga qarshi bahsda Kilian Mbappe uning qanoti bo'ylab erkin harakat qildi. Atkinson keyingi o'yinni zaxirada o'tkazdi. Fran Karachich esa o'ng qanotni egalladi, unga Tunisga qarshi o'yinda etirozlar bo'lmadi, lekin baribir Atkinson asosiy tarkib o'yinchisi sanaladi. Biroq murabbiy masuliyatli o'yinda tavakkalga qo'l urmasligi ham mumkin.


DANIYA


1. Kasper Yulmann hamon hujumdagi muammoni hal qila oladigan futbolchi izlamoqda

Daniyaliklar JCH-2022 saralash o'yinlarini bir tekisda o'tkazib, o'nta o'yinda 30 ta gol urgan bo'lsa-da, turnirning final bosqichida hujum borasida ojizona ko'rinmoqda. Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Tunisga qarshi o'yinda (0:0) Kasper Dolberg va Andres Skov Olsenni oldingi chiziqqa qo'ydi, ikkinchi bo'lim o'rtalarida esa Kornelius va Lindstryomni o'yinga tashladi, Damsgordni ham ilgariroq futbolchilar safiga qo'shda. Ikkinchi tur doirasida Franciyaga qarshi o'yinda (1:2) ushbu yangilangan uchlik dastlabki daqiqalardan maydonda ko'rinish berdi. Umuman olganda, bu ham jiddiy o'zgarishlarga olib kelmadi va tanaffusdan so'ng yana bir hujumkor futbolchi Martin Breytueyt maydonga tushirildi. Ammo saralash yorqin o'yinlar hozircha takrorlanmayapti.

2. Evro-2020'da ham Daniya ikki turdan keyin qiyin vaziyatga tushib qolgandi

Hozirgi holat daniyaliklarning mushkul vaziyatga tushishlari bilan bog'liq dastlabki holat emas. Evro-2020'da Kasper Yulmann boshchiligidagi terma jamoa hozirgidan-da qiyinroq vaziyatga tushib qolgandi. Ikki tur natijasiga ko'ra, Finlyandiya (0:1) va Belgiyadan (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoaning ochkolari soni tuxumsimon ko'rinishdagi raqamga teng edi. Daniyaliklar uchun hal qiluvchi o'yin Rossiyaga qarshi o'yin bo'ldi, o'shanda ular nafaqat o'zlari uchun, balki Kristian Eriksen uchun ham o'ynashlari kerak edi (o'shanda yarim himoyachining sog'lig'ida jiddiy muammolar bor edi). Daniya futbolchilari mazkur bellashuvda 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi hamda urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar farqi evaziga turnirning pley-off bosqichiga yo'l olishga muvaffaq bo'ldi. To'g'ri, hozir ham Daniyada noqulay vaziyat yuzaga kelgan, ammo jamoa etakchilaridan biri Kristian Eriksen safda, u yarim himoyada qo'lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi.

TAXMINIY TARKIBLAR

Avstraliya: Rayan; Karachich, Suttar, Roulz, Bexich; Leki, Irvin, Muy, MakGri, Gudvin; Dyuk

Daniya: SHmeyxel; Andersen, Ker, Andreas Kristensen; Rasmus Kristensen, Xeyberg, Eriksen, Mele; Skov Olsen, Dolberg, Damsgor

Australia

Matthew Leckie - 60'

World Cup Grp. D . 3-tur

30/11/2022, 19:00

0
:
1
Tugadi

Denmark

Stadion: Al Janoub Stadium, 41232 tomoshabin

Bosh hakam: Mustapha Ghorbal

45'
90'
4'  Aziz Behich
46'  Craig Goodwin (Keanu Baccus)
57'  Milos Degenek
60'  Matthew Leckie
60'  Riley McGree
74'  Riley McGree (Bailey Wright)
82'  Mitchell Duke (Jamie Maclaren)
89'  Matthew Leckie (Ajdin Hrustic)
46'  Rasmus Kristensen (Alexander Bah)
59'  Martin Braithwaite (Kasper Dolberg)
59'  Mathias Jensen (Mikkel Damsgaard)
69'  Andreas Skov Olsen (Robert Skov)
69'  Joakim Maehle (Andreas Cornelius)
75'  Robert Skov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика