JCH-2022. Osiyo qitasida dastlabki saralash bosqichiga qura tashlandi
17 apr 2019 10:27
Yangiliklar


JCH-2022. Osiyo qitasida dastlabki saralash bosqichiga qura tashlandi
Malumki, 2022 yilgi jahon chempionati Qatarda o'tkaziladi. Iyun oyidan boshlab esa dastlabki saralash o'yinlari start oladi. Saralash bosqichining birinchi raundida FIFA reytingiga ko'ra Osiyo bo'yicha 35-46 raqamdagi jamoalar ishtirok etadi.
Saralash uchrashuvlarining birinchi raundida 12ta jamoa o'zaro bahs olib boradi. Uy-mehmon tarzida o'tadigan bahslardan so'ng 6ta jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Dastlabki o'yinlar 6 iyun, javob uchrashuvlari 11 iyun kuni bo'lib o'tadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichini 2-raunddan boshlaydi. Ikkinchi raund bellashuvlari sentyabrda boshlanadi. Bunda FIFA reytingiga ko'ra Osiyo bo'yicha 1-34 o'rindagi jamoalar, shuningdek birinchi raunddan muvaffaqiyatli o'tgan 6ta jamoa, jami 40ta terma jamoa ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar