JCH-2022. Ochilish o'yinining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
21 noy 2022 08:00
Yangiliklar


JCH-2022. Ochilish o'yinining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Qatardagi mundialning dastlabki o'yinida Ekvador terma jamoasi mezbonlarni ortiqcha qiyinchiliksiz engishga erishdi – 2:0.
Uchrashuvda dublga erishgan Enner Valensiya ochilish uchrashuvining eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Avvaliga, uning 3-daqiqadagi goli ofsayd tufayli hisobga olinmadi. Keyin 16-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi va 1-taymning ikkinchi qismida Anxelo Presiadoning uzatmasini ajoyib tarzda boshi bilan zarba bergan holda golga aylantirdi.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli forvard 77-daqiqada zaxiraga olindi. U “Fenerbahche” sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar