So’nggi yangiliklar

20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 2:0 (матнли трансляция)  10 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:1 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

JCH-2022 ochilish o'yinida Qatar o'ynamaydi. Nega bunday bo'ldi? Yangiliklar

JCH-2022 ochilish o'yinida Qatar o'ynamaydi. Nega bunday bo'ldi?

Xabaringiz bor, joriy yilning noyabr oyida Qatar mamlakatida jahon chempionati boshlanadi.

JCH-2022 qura tashlash marosimidan so'ng darhol FIFA taqvimni elon qildi: turnir 21 noyabr kuni Niderlandiya va Senegal o'rtasidagi o'yin bilan Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.

Dastlab FIFA mezbon jamoa, yani Qatar va qura bo'yicha raqib bo'lgan Ekvador ananaga ko'ra ochilish o'yinida maydonga tushishini bildirishgan edi. Oxir-oqibat ularning o'yini 21:00 ga ko'chirildi.

Nega bunday bo'ldi?


FIFA tomoshabinga moslashish asosida taqvim tuzadi: Qatar kichik mamlakat (aholisi 2,8 million kishi) va ko'plab muxlislarni qabul qila olmasligi sababli, jahon chempionatining asosiy auditoriyasi turnirni televidenie va striming xizmatlari orqali kuzatib boradi. Tashkilotchilar har bir tomoshabinning vaqt mintaqasini hisobga olishi kerak.

Agar Evropada bu jarayon juda oddiy bo'lsa, Janubiy Amerika jamoalarining taqvimi bilan bog'liq vaziyat ancha murakkab. Qatarning ochilish o'yini aynan Ekvador tufayli qoldirildi: agar ular Qatar vaqti bilan tushdan keyin o'ynaganida, Ekvadorda ertalabgi 5 ga to'g'ri kelardi. FIFA qitaning aholi soni bo'yicha oltinchi o'rinda turadigan mamlakatini (20 million kishi) o'yindan yoki shirin uyqusidan mahrum qilishni istamadi.

Amerika bilan ham shunday hodisa sodir bo'ldi, ularning o'yini Qatardan so'ng 00:00 da start oladi.

Bu voqea ilgari sodir bo'lganmi?

2002 yil Yaponiya va Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan jahon chempionatiga qadar turnir amaldagi chempion ishtirokidagi o'yin bilan boshlangan, biroq chempionga keyingi jahon chempionatiga avtomatik yo'llanma berilmagani sababli, bu anana to'xtatilgan edi.

O'shandan beri mezbonlar doimiy ravishda dastlabki bahsda maydonga tushishardi. Endi bu anana ham buzildi. 

Ochilish o'yini haqida nima deyish mumkin?

Hozircha malum emas. Qatar o'yinini qoldirish qaroridan keyin FIFA bu mavzuni ko'tarmadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика