So’nggi yangiliklar

17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 17:10Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор", "Нефтчи" ва "Металлург" иштирокидаги ўйинлар давом этмоқда  3 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  5 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  2 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  2 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  13 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  5 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  5 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  2

JCH-2022. Niderlandiya - Qatar: Bosimdan qutilgan mezbonlar o'z kuchini ko'rsata oladimi? Yangiliklar

JCH-2022. Niderlandiya - Qatar: Bosimdan qutilgan mezbonlar o'z kuchini ko'rsata oladimi?

Bugun JCH-2022ning 3-tur o'yinlari start oladi.

Jadvaldagi holat

A guruhida ikki yo'llanma uchun kurash davom etadi. Kutilganidek, Niderlandiya termasi etakchi bo'lib turibdi, Lui van Gal shogirdlari nafaqat birinchi o'rinni, balki 1/8 final yo'llanmasini ham qo'ldan chiqarishlari mumkin.

Mezbonlarga keladigan bo'lsak, ular uchun bu bahs musobaqadagi holatga hech qanday tasir ko'rsata olmaydi. Faqatgina minglab muxlislarni xursand qilish uchun harakat qilishlari mumkin, bu esa o'ziga xos motivaciya.


Muhim detallar

Niderlandiya

1. Guruh bosqichi yakuniga etyapti. Lui van Gal esa hali ham o'zi uchun ideal tarkibni aniqlab ololmadi

Birinchi turda Senegalga qarshi o'yin (2:0) yakuniga ko'ra, Lui van Gal jamoasi tanqidlarga uchradi. Jumladan, Niderlandiya termasining bazi futbolchilariga personal "salomlar" yo'llangan: birinchi navbatda Matteys de Ligt va Vinsent Yanssenga etirozlar bo'lgan, Stiven Bergveyn ham kutilganidek o'yin namoyish qila olmaganlikda ayblangan.

Ekvador bilan o'yinda de Ligtning o'rniga Yurrien Timberga imkoniyat taqdim etilgandi. Oxirgi vaqtlar aynan Timber, Ake va van Deyk himoya markazi uchun van Galning tanlovi bo'lmoqda. Ammo A rejaga qaytish ishi o'xshamadi, sababi aynan Timberning tayanch zonadagi xatosi, to'p yo'qotishidan so'ng Ekvador o'zining yagona golini urishga erishdi. To'pni hujum chizig'iga etkazib berishi kerak bo'lgan Tyoyn Kopmayners ham ishini qoyillatmadi. "Atalanta" yarim himoyachisi Timber kabi xatoga yo'l qo'ymagan bo'lsada, yaratishda ham ajralib turolmadi.

Oldinda uchinchi bahs, Niderlandiya muxlislari esa bu safar Lui kimlarni tanlashini taxmin qilishdan boshqa chorasi yo'q. Hozircha bu musobaqada Kodi Gakpodan boshqa hech bir futbolchi 100% yaxshi harakat qilyapti deb bo'lmaydi.

2. Niderlandiya termasi etakchilari — hozircha "soyada" qolib ketyapti

Niderlandiya termasida har bir musobaqada o'z etakchisi bo'lgan — hozir bu nomga Virjil van Deyk, Frenki de Yong va Memfis Depay kabi futbolchilar nomzod edi. Guruh bosqichining ikki o'yinidan keyin ushbu futbolchilardan hech biri kutilganining yarmini ham bajara olmayapti. Etirozlarning katta qismi ana shu yigitlarning adresiga bo'ldi.

Van Deykka himoyadagi o'yin bo'yicha u qadar ko'p savol bo'lmasada, etakchilik sifatlari ko'rinmayotgani borasida gaplar bor — ayniqsa hujumlarni boshlashda faollik ko'rsatish bo'yicha. Marko van Bastenning jaxli hammadan ko'proq chiqqan chog'i.

Virjil van Deyk etakchilikni o'ziga olishi kerak deb o'ylayman. Barchasini o'z qo'liga olib, tempni oshirishi zarur. Buning o'rniga u to'pni yonidagi Timber va Akega oshirib o'tiribdi hamda yoshroq yigitlar ishni Virjilning o'rniga bajarishyapti. Van Deyk ko'proq masuliyatni o'ziga olishi talab qilinadi.

SHuningdek, Frenki de Yong ham chetda qolib ketmadi. "De Telegraaf" ekspert kolonkasida fikrni ortiqcha "qog'ozga o'rab" o'tirishmadi: "U o'ta-o'ta yomon holatda".

Memfis Depay juda sustkashlikda va bir joyda turib qolayotganlikda ayblandi. "To'g'risi, u maydonga nega tushayotganini tushunishning iloji yo'q?", – deyiladi ESPN efirida. Aslini olganda o'rinli etiroz, misol uchun Vaut Vegxorst 79-daqiqada tushgan bo'lsa ham, maydonda  butun ikkinchi bo'limi bo'lgan Depaydan ko'proq masofa bosib o'tgan.


Qatar

1. Niderlandiyaga qarshi o'yin Qatar uchun eng yaxshisi bo'lishiga bitta bo'lsa ham sabab bormi? Bor!

Qatar termasi o'z uyida o'tayotgan mundialda guruhdan chiqish imkoniyatini to'liq yo'qotib bo'ldi. Biroq bir vaqtning o'zida ana shu fakt Qatarni bosimsiz, erkin, hujumkor futbol namoyish qilishiga zamin yaratishi mumkin. Senegalga qarshi Feliks Sanches shogirdlari yo'qotadigan narsasi qolmaganini sezganidagina barchamiz Osiyo Kubogi egalarining o'yinini ko'rdik.

Natija bir xil bo'lsada, Senegal qarshi o'yin ochilish uchrashuvidan keskin farq qilardi. Qatarning bunchalik nochor, nima qilishini bilmay qolgan futbolchilari — termaning asl darajasiligiga ishonish qiyin edi. Kim biladi deysiz, balki Ekvadorga qarshi uchrashuvda mundiallarda ishtirok etmagan, bu borada tajribasiz yigitlar ruhiy bosimni enga olmagandir.

Ekvador bilan o'yindan avval Sanches yigitlari hali barchasini yo'qotmagandi va jamoa yana qo'rqib, o'ziga ishonmay maydonga tushdi. Guruhdan chiqish imkoniyatlari yarq etgan olov singari yona boshlaganda Qatarning o'yini "ochildi" — qo'rquv qayoqqadir yo'qoldi, hujumlar boshlandi. Yakuniy bellashuvdan avval Qatar futbolchilariga bo'lgan bosim bir necha barobar kam. Yo'qotadigan hech narsa qolmadi.


2. Meshal Barsham — endi Qatarning JCHdagi asosiy kiperi

Qatar termasi umumiy olganda ham Ekvador qarshi ancha bo'sh o'yin o'tkazgani bor gap, ammo shunda ham tarkibda salbiy jihatlari bilan ajralib "tura olganlar" bo'ldi. Gap 32 yoshli posbon Saad al SHib haqida ketmoqda. Yoshiga qaramay, golkiper qattiq asabiylashdi va qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Birinchi holatda Enner Valensiyani golini bekor qilgan "VAR" "qutqardi". Biroq sal o'tib Saad yana to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi. Natija: penalti va Qatar uchun birinchi o'tkazib yuborilgan gol.

Feliks Sanches hulosa chiqardi va darvozabon chizig'ida o'zgartirishga qo'l urdi. Senegal bilan o'yinda al SHibning "Al Sadd"dagi klubdoshi 24 yoshli Meshal Barshamdarvozani qo'riqladi. Qizig'i, klubda ham Barsham tajribaliroq al SHibdan ko'proq vaqtni maydonda o'tkazgan. Senegal bilan o'yinda Barsham zo'r seyvlar qilmagandir, lekin jiddiy xato qilishga ham ulgurmadi. Niderlandiyaga qarshi uchrashuvda yana yoshroq golkiperni ko'rsak ajab emas.



Niderlandiya tarkibida musobaqa ilk bor Xavi Simonsni ko'rishimiz kutilyapti. U Devi Klassenning o'rnini egallashi taxmin qilinyapti. Niderlandiya uchun odatiy 4-3-3 sxemasiga qaytish to'g'risidagi iltimoslarga qaramay, Lui van Gal fikrida mustahkam turibdi va 5-3-2dan foydalanyapti.

Qatar ham 5 nafar himoyachi bilan harakat qiladi. Birinchi o'yindan farqli ravishda Senegalga qarshi bahsda Feliks Sanches qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Faqatgina hujum chizig'i bundan mustasno edi. Markazda Xotamning o'rnida Madibo o'ynadi, Al Ravining himoyadagi o'rnini esa assist qayd etgan Ismoil Muhammad egalladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика