So’nggi yangiliklar

10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  1 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  1 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  2 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  16 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  3 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  1 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  7 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  4 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  6 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  4 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  2

JCH-2022. Argentina penaltilar seriyasida Niderlandiyani mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi Yangiliklar

JCH-2022. Argentina penaltilar seriyasida Niderlandiyani mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi

Jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan Niderlandiya – Argentina uchrashuvi boshlandi.

Niderlandiya – Argentina 2:2

Gol: 0:1 – 35 Molina, 0:2 – 73, penalti Messi, 1:2 – 83 Vegorst, 2:2 – 90 Vegorst.

Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind (de Yong, 64), de Ron (Kopmeyners, 46), de Yong, Depay (Vegorst, 78), Bergveyn (Bergeys, 46), Gakpo (Lang, 113).

Argentina – Martines, Molina (Montel, 105), Otamendi, Romero (Pesselya, 78), Martines (Di Mariya, 112), Akunya (Talyafiko, 78), De Pol (Paredes, 66), Mak Allister, Fernandes, Messi, Alvares (Martines, 82).

Ogohlantirishlar: Timber (43), Akunya (43), Romero (45), Vegorst (45), Depay (76), Martines (76), Bergeys (88), Paredes (89), Messi (90), Otamendi (90), Bergveyn (90), Skaloni (90), Montel (109), Pesselya (112).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Argentina yarim finalda!

Lautaro - 3:4!

Lyuk de Yong - 3:3!

Enco - 2:3! Xato!

Vegorst - 2:3!

Montel - 1:3!

Kopmeyners - 1:2!

Paredes - 0:2!

Bergeys - 0:1! Yana darvozabon mahorati!

Messi - 0:1!

Van Deyk - 0:0! Martines to'pni qaytardi!

Boshladik!

To'rtinchi bo'lim yakunlandi. Navbat penaltilar seriyasiga!

120. ZARBA! Enconing zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi!

119. ZARBA! Lautaroning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Noppert qaytardi.

115. ZARBA! Enconing zarbasi rekoshet ko'rinishda darvozaga kirib ketishiga bir bahya qoldi!

114. Lautaroning zarbasini Van Deyk ko'kragi bilan qaytardi!

113. Lyuk de Yong raqib jarima maydonida ikki bor zarba yo'llashga muvaffaq bo'ldi, argentinaliklar bir amallab vaziyatni bartaraf etdi.

110. Messining aylanma tarzda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

107. Messi burchak zarbasini amalga oshirdi, Noppert to'pni quchoqlab oldi.

106. To'rtinchi bo'lim boshlandi.

Uchinchi bo'lim yakunlandi.

104. Xavfli vaziyat! Messining jarimadan uzatmasini Otamendi darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

Satirik chekinish. Biroz avval mana bu shovvoz maydonga yugurib chiqdi, u TVda namoyish etilmadi.

99. Argentina jarima maydoni yonida o'yin qoidasi buzildi. Yana bir xavfli standart sodir bo'lishi mumkin. Biroq ijro yaxshi chiqmadi.

94. Messi raqib jarima maydonida qaychi uslubida zarba bermoqchi edi, ammo raqib himoyachilari bunga yo'l bermadi.

90. Uchinchi bo'lim boshlandi.

Asosiy vaqt yakunlandi! Ekstra-taymlarga murojaat qilamiz.

90+11. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Niderlandiya hisobni tenglashtirdi! Zaxiradan maydonga tushgan Vegorstdan dubl!

90+6. Niderlandiya ketma-ket hujumlar tashkil etmoqda. 

90+2. Niderlandiyada xavfli standart yuzaga keldi, ammo to'p jonli devordan qaytdi.

90. Ikkinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berildi.

90. Futbolchilar o'rtasida kichik janjal yuzaga keldi, Paredes ogohlantirildi.

88. Messiga nisbatan qo'pollik, Berguisga esa sariq kartochka ko'rsatildi.

85. ZARBA! Niderlanliyalik futbolchining kuchli zarbasi darvozaning yon tomoniga borib tegdi.

83. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Niderlandiya hisobni qisqartirdi! Vegorst qanotdan oshirilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

81. Paredes Gakponi "chopdi". Jarima zarbasi.

77. Depay raqib jarima maydonida yiqildi, ammo hakam bu harakat penaltiga arzimasligini takidladi.

73. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Messi penaltini aniq ijro etib, hisobdagi farqni oshirdi!

71. Penalti! Akunyani Dyumfris yiqitdi hamda hakam 11 metrli nuqtaga ishoraq qildi.

71. Enco Molinani oldinga boshladi, so'nggi lahzada Van Deyk xavfni bartaraf etdi.

68. Niderlandiyaning hujumlarida bog'liqlik, yakun ko'zga tashlanmayapti.

63. ZARBA! Messining jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

62. Messi yiqitildi. Xavfli standart yuzaga keldi.

59. Argentinada ajoyib qarshi hujum tashkil etilgandi, biroq amerikaliklar unumli foydalana olishmadi.

55. Messi nafaqat oyoq, balki qo'l bilan ham chiroyli o'ynay olishini isbotladi. Faqat Maradonaga o'xshab gol urmagani qoldi.

Bugungi bahsni kimdir televizor qarshisida kuzatayotgan bo'lsa, kimdir jonli guvohiga aylanmoqda.

50. Gakpo qanotdan oldinga bordi va ichkariga to'pni uzatdi, ammo Martines to'pni ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

45. Yana standart. Yana uzatma. Bu safar Martines to'pni egallab oldi.

43. Niderlandiyada yana bir jarima zarbasi ijro etildi. Ammo yana to'p qaytarildi.

41. Niderlandiyada standart vaziyat yuzaga keldi. Uzatmadan so'ng hujumda qoida buzildi.

40. Messi o'ng oyoqda zarba yo'lladi, Noppert to'pni egallab oldi.

38. De Poul boshidan jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

35. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Molinaaaaa Messining zargarona uzatmasini ajoyib tarzda yakunladi!

33. ZARBA! De Polning zarbasining tezligi qorda yurgan mashinaniki singari bo'ldi.

31. Hakamning dastlabki sariq kartochkasini Argentina murabbiyi qabul qilib oldi.

28. Gapko so'nggi daqiqalarda juda ko'p ko'zga tashlanmoqda, jumladan, 3-4 daqiqa ichida ikki bor qo'pollik ishlatdi.

24. ZARBA! Depayning pasidan so'ng Bergveyn chap oyoqda naqadar beo'xshov zarba yo'llash mumkinligini namoyish etdi.

22. Messining dastlabki zarbasi arzonroq chipta sotib olgan tomoshabinlar tomon yo'naltirildi. 

21. Depay to'pni tepay deganda Otamendi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

19. Uchrashuv bosh hakami zaxiradagi Di Mariyani yoniga chaqirib, "Bratishka, aql o'rgatma menga", degan manoda bir nimalar deb ogohlantirdi.

17. Maydon markazida to'p uchun jiddiy kurash kechmoqda. Kimningdir o'z tilida "Voy oyog'im" qabilidagi jumlasi quloqqa chalindi. 

14. Bergveynga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Hakam argentinalik futbolchini qarshisiga chorlab, "Bo'tam, ehtiyot bo'lib o'yna. Aks holda uchrashuvni kiyinish xonasida davom ettirasan", deya tanbeh berdi.

11. Messi Akunyani chap qanotdan oldinga chorladi, ammo yarim himoyachining qayta pasi achinarli bo'ldi.

8. Akunya niderlandiyalik muxlislarining yuragini ushlaydigan harakat amalag oshirdi. Agar uning pasini raqib futbolchisi egallab olganda, vaziyat evropaliklar uchun yaxshilik bilan tugamasdi.

4. Gakpo va Enco ochiq joy uchun kurashda kalla urishtirishdi. Hakam o'yinni to'xtatdi.

2. Argentina hujum tashkil etdi. Akunyaning chap qanotdan uzatmasini niderland himoyachilari qaytardi.

1. Uchrashuv boshlandi. Niderlandiya lolarang, Argentina ko'k-oq rangli libosda harakat qiladi.

Uchrashuv davomida esnoq tutib, tushlar mamlakatiga ravona bo'lmasliginingiz uchun Qatardan Tolibjon Qosimov futbolga joziba bag'ishlaydigan suratlardan taqdim etib boradi.

Salomim so'lim-so'lim, noutbukda o'ng qo'lim. Assalomu alaykum, uyqubilmas futbol shinavandalari! Biroz avval musobaqada favorit sifatida ko'rilayotgan jamoalardan biriga aeroport biletlarini topshirdik, bugun yana bir grand jamoa o'z uyiga ravona bo'ladi.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика