So’nggi yangiliklar

16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  0 15:38Роналду – энг яхши!  4 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  7 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  6 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  28 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  4 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  4 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0

JCH-2022. Neymari yo'q Braziliyaning SHveycariyaga qarshi o'yini uchun prevyu Yangiliklar

JCH-2022. Neymari yo'q Braziliyaning SHveycariyaga qarshi o'yini uchun prevyu

Bugun Braziliya terma jamoasi SHveycariyaga qarshi maydonga tushadi.

Birinchi o'yinda Lotin Amerika jamoasi uchun ancha qiyin kechdi. O'yinda katta ustunlik qo'lga kiritilganiga qaramasdan, Tite shogirdlari Serbiya darvozasiga ikkinchi bo'limdagina gol urishdi. SHveycariya uchun ham mundialning ilk turi ancha qiyin bo'ldi. Ular ilk turda Kamerun terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi va Emboloning yagona goli evropaliklarga g'alaba taqdim etdi.

Neymarning maydonga tushmasligi Braziliya uchun qiyinchilik tug'diradimi?

Serbiyaga qarshi bahsda braziliyaliklar etakchisi Neymar jarohat oldi va u boshqa tur bahslarida ishtirok etmasligi malum bo'ldi. Bu darajadagi futbolchining maydonda bo'lmasligi Braziliya uchun qanchalik qiyinchilik tug'diradi. Braziliya uchun bitta yaxshi tomoni shundaki, hujumda yaxshi darajadagi futbolchilarning etarliligi bo'lishi mumkin.

Tite katta ehtimol bilan SHveycariyaga qarshi uchrashuvda ham birinchi turdagi taktikadan foydalanadi. Neymarning o'rniga esa katta ehtimol bilan Rodrigo maydonga tushadi. Yoki Lukas Paketa pleymeker bo'ladi va maydon markaziga Fred maydonga tushishi mumkin.

Murat Yakinda qanot vingerlari borasida muammo bor. Vargas Kamerunga qarshi o'yinda yaxshi harakat qilmadi, Okafor esa jarohatda

SHveycariya terma jamoasining chap qanot hujumida asosan Cuber harakat qilardi, biroq u jarohat oldi va mundialni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Birinchi o'yinda uning chizig'ida Vargas harakat qildi. 24 yoshli vingerning o'yini esa ko'pchilikka maqul kelmadi. Vargasning texnikasi va tezligi juda yaxshi, biroq uning asosiy muammosi jamoadoshlari bilan bir-birini yaxshi tushunmasligida bo'lmoqda. Bugungi bahsda Vargas zaxirada qolishi mumkin, uning chizig'ida Noa Okafor bor. Biroq Noa mashg'ulotlarda jarohat oldi va bugungi o'yinda maydonga tushmaydi. Yana bir variant — Fabian Rider. Fabian «Yang Boyz«da ajoyib mavsum o'tkazmoqda, biroq uning terma jamoada o'ynash tajribasi yo'q.

SHveycariyaning yaxshi o'ynashi Granit Jakaning harakatlariga ham bog'liq

CHempionatning ilk turida Kamerunga qarshi o'yinda SHveycariyaning sardori Granit Jaka hujumkor o'yin ko'rsatdi, biroq Jakaning o'yini juda yaxshi chiqmadi. U o'yin davomida atigi 47 marta tegdi. Aynan Jakaning yomon o'yini terma jamoaning harakatlariga ham tasir qilmoqda. Agar u yaxshi o'ynasa, jamoa ham shunday harakat qiladi. Agar aksi bo'lsa, jamoada ham katta muammolar bo'ladi.

Jamoalarning ehtimoliy tarkiblari:


Tite Neymar va Daniloning jarohatiga qaramasdan, o'z uslubidan voz kechmaydi. Bugungi o'yinda Neymarning o'rniga Rodrigo maydonga tushsa, Daniloni Eder Militao almashtirsa kerak.

Murat Yakin esa doimgidek 4-2-3-1 sxemasida harakat qiladi. Undan katta o'zgarishlarni kutish noo'rin bo'lsa kerak. Birinchi turdagi g'alaba sababli SHveycariya uchun Braziliyaga qarshi durang ham ajoyib natija bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика