So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  0 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

JCH-2022. Levandovski penaltidan foydalana olmagan o'yinda Meksika bilan durang qayd etildi Yangiliklar

JCH-2022. Levandovski penaltidan foydalana olmagan o'yinda Meksika bilan durang qayd etildi

Teglar :  PolshaMeksika
JCH-2022ning "C" guruhi 1-turi doirasidagi Meksika - Polsha jamoalari ishtirokidagi o'yin yakunlandi.

Meksika hamda Polsha terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

Meksika – Polsha 0:0 

22 noyabr, 21.00, "Stadium 974"

Meksika – Ochoa, Sanches, Moreno, Montes, Galyardo, Errera (Rodriges, 71), CHaves, Alvares, Losano, Martin (Ximenes, 71), Vega (Antuna, 84).

Polsha – SHesni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski, Kaminski, Krixovyak, Zelinski (Milik, 88), SHimanski (Frankovski, 72), Levandovski, Zalevski (Belik, 46).

Ogohlantirishlar: Sanches (29), Moreno (56), Frankovski (76).

Mexico

World Cup Grp. C . 1-tur

22/11/2022, 21:00

0
:
0
Tugadi

Poland

Stadion: Stadium 974, 39369 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Beath

45'
90'
29'  Jorge Sanchez
56'  Hector Moreno
71'  Hector Herrera (Carlos Rodriguez)
71'  Henry Martin (Raul Jimenez)
84'  Alexis Vega (Uriel Antuna)
46'  Nicola Zalewski (Krystian Bielik)
58'  Robert Lewandowski
71'  Sebastian Szymanski (Przemyslaw Frankowski)
76'  Przemyslaw Frankowski
87'  Piotr Zielinski (Arkadiusz Milik)


MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi! O'yinda jamoalar 0:0 hisobida durangga erishishdi. 


90+6. Krixovyakdan kuchli zarba! Ammo biroz noaniq!


90. Hakam 2-bo'lim uchun 7 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 


88. So'nggi daqiqalarni Meksika hujumda o'tkazmoqda.


82. Polsha burchak to'pi tepdi. Xavfli vaziyat! Ammo, lekin, biroq...


78. Uchrashuvda temp biroz pasaydi. 


74. Hujum vaqtida Levandovskini yiqitishdi. Bu safargisi aniq penaltiga tortmaydi :)


72. Polshada o'zgarish: SHimanskiy o'rniga Frankovskiy uchrashuvni davom ettiradi.


71. Meksikada ikkita o'zgarish: Errera o'rniga Rodriges, Martin o'rniga Raul Ximenes maydonga tushdi. 


66. Veganing bergan zarbasi juda yuqoridan ketdi.


64. Endi SHesnidan seyvvvvv! Martinning boshi bilan bergan bergan zarbasini polshaliklar posboni qaytarib yubordi!


61. Endi Meksika oldinga o'tmoqda!


58. YO'O'O'O'Q! Levandovskining penaltidan bergan zarbasini Ochoa ajoyib seyv bilan bartaraf etdi!


56. PENALTI! Polsha 11 metrlik nuqtadan to'p tepadi! Ektor Morenoga esa sariq kartochka!


54. Levandovskiga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatildi. Ehtimoliy penalti! VARga murojaat qilinadi!


52. CHavesning burchakdan oshirgan to'pini SHesni egallab oldi. 


46. Polshada o'zgarish: Zalevski o'rniga Belik maydonga tushirildi. 


IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!


45. Bosh hakam 2 daqiqa qo'shib berdi 


41. Meksikaliklar qisqa paslar orqali raqib darvozasi tomon yaqinlashishmoqda. Ammo hozircha polshalik himoyachilar bexato harakat qilishmoqda. 


34. Teng o'yin.


29. X.Sanches raqibini ushlab qolgani uchun ogohlantirildi. 


28. Meksikadan navbatdagi hujum. SHesni va himoyachilar bartaraf etishdi!


26. Zarbaaaa! Veganing boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. 


22. Levandovski qarshi hujum vaqtida yiqilib tushdi. Ammo hakam uchrashuvni davom ettirish lozimligini takidladi. 


15. Maydon markazida meksikaliklarga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 


11. Kichik ustunlik evropaliklar tomonga o'tdi.


7. Endi Polsha oldinga o'tmoqda. 


5. Meksika o'ng qanotdan havfli hujum tashkil etdi. O'ng qanotdan etkazilgan to'pga yakuniy zarba berishda meksikalik futbolchiga mahorat etishmadi. 


3. Dastlabki daqiqalarda meksikaliklar to'p nazorati bo'yicha kichik ustunlikka egalar. 


Uchrashuv boshlandi! Meksikaliklar boshlab berishdi!


Mamlakatlar madhiyasi yangramoqda! 


Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Meksika hamda Polsha terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan matnli translyaciyani boshlaymiz. 



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика