So’nggi yangiliklar

09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  1 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  12 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  6 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  7 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  13 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1

JCH-2022. Marokash bu safar Portugaliyani uyiga kuzatib qo'ydi! Yangiliklar

JCH-2022. Marokash bu safar Portugaliyani uyiga kuzatib qo'ydi!

JCH-2022ning chorak finalidan o'rin olgan Marokash – Portugaliya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Avvalgi bosqichda Ispaniyani engib, musobaqadan chiqarib yuborgan Marokash bu safar portugallarni yig'latdi. 


Marokash – Portugaliya 1:0 (1:0, 0:0)
10 dekabr, "Al-Tumama" stadioni 
Gol
: 1:0 – 42 En-Nesiri.

Marokash – Bunu, Xakimi, Saiss (Dari, 57), El-Yamik, Attiyyat-alla, Amrabat, Amalla (SHeddira, 65), Unai, Ziesh (Abuxilol, 82), Bufal (Jabran, 82), En-Nesiri (Banun, 65).

Portugaliya – Diogu Koshta, Diogu Dalot (Rikardu Orta, 79), Pepe, Ruben Diash, Gerreyru (Joau Kanselu, 51), Otavio (Vitinya, 69), Bernardu Silva, Ruben Nevesh (Ronaldu, 51), Brunu Fernandesh, Joau Feliks, Gonsalu Ramush (Rafael Leau, 69).

Ogohlantirish: Dari (70), Vitinya (87), SHeddira (90).

CHetlatish: SHeddira (90).


Morocco

Youssef En-Nesyri - 42'

World Cup Final Stage . 1/4-tur

10/12/2022, 20:00

0
:
1
Tugadi

Portugal

Stadion: Al Thumama Stadium, 44198 tomoshabin

Bosh hakam: Facundo Tello

45'
90'
42'  Youssef En-Nesyri
42'  Yahia Attiyat Allah
57'  Romain Saiss (Achraf Dari)
65'  Selim Amallah (Walid Cheddira)
65'  Youssef En-Nesyri (Badr Banoune)
70'  Achraf Dari
82'  Hakim Ziyech (Zakaria Aboukhlal)
82'  Sofiane Boufal (Yahya Jabrane)
90'  Walid Cheddira
90'  Walid Cheddira
51'  Raphael Guerreiro (Joao Cancelo)
51'  Ruben Neves (Cristiano Ronaldo)
69'  Otavio (Vitinha)
69'  Goncalo Ramos (Rafael Leao)
79'  Diogo Dalot (Ricardo Horta)
87'  Vitinha


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH


Bo'ldi, tugadi, Ronaldu va Portugaliya uchun mundial yakunlandi!

90+7-daqiqa. Hujumga borgan Pepeda vaziyat bo'ldi, ammo himoyachining bosh bilan bergan zarbasi ustunning yonginasidan o'tib ketdi.

90+4-daqiqa. Yana bitta burchak zarbasi. Biroq himoyachilar osonlik bilan to'pni qaytarib yuborishdi. 

90+3-daqiqa. Ogohlantirish! Ana holooos... Volid navbatdagi vaziyatda Feliksga nisbatan xavfli harakat qildi va hakam unga ikkinchi sariqni ko'rsatdi.  

90+1-daqiqa. Ogohlantirish! Volid CHedira Pepega nisbatan qo'polligi uchun kartochka ishlab oldi. 

90+1-daqiqa. Ronalduuu! Nihoyat Krishtianu zarba uchun imkon topdi, urinishi ancha xavfli chiqdi, ammo Bunu bu safar ham ishonchli o'ynadi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berildi.

87-daqiqa. Ogohlantirish! Vitinya raqibiga nisbatan ochiqchasiga qo'pollik qilgani uchun sariq kartochka ko'rsatildi.

84-daqiqa. Brunu Fernandeshdan tushunarsiz qaror va xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin bo'lgan standartdan hech qanday naf chiqmadi. 

82-daqiqa. Uxxx! Yassin Bunudan ajoyib seyv. "Sevilya" kiperi jamoasini muqarrar goldan qutqardi. 

81-daqiqa. O'zgarish! Xakim Ziesh va Sofian Bufal o'rniga Zakariya Abuxilol hamda Yaxyo Jabrano tushdi. 

79-daqiqa. O'zgarish! Diogu Dalot o'rniga Rikardo Orta tushdi. 

75-daqiqa. Marokash qarshi hujumga qocha olgandi, biroq Yahyo sustkashlikka yo'l qo'ydi.

74-daqiqa. Portugaliya ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirmoqda, ammo hozircha ish chinakam xavfli vaziyat va zarbagacha etib bermayapti.

70-daqiqa. Ogohlantirish! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Ashraf Dari qanotda Leauga nisbatan o'ta qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi.

69-daqiqa. O'zgarishlar! Gonsalo Ramush o'rnini Rafael Leauga, Otavino esa Vitinyaga bo'shatib berdi.

65-daqiqa. O'zgarishlar! Marokash tarkibida ikkita futbolchi o'zgartirilmoqda. Yussuf En-Nesiri va Salim Amalla o'rniga Volid SHeddira hamda Badr Benun maydonga tushdi. 

64-daqiqa. Brunu Fernandesh juda qulay nuqtadan zarba berdi, biroq urinishiga aniqlik etishmadi. 

61-daqiqa. Attiyat Yaxyo qanotida Dalotni oldinga o'tkazmadi.

59-daqiqa. Ronaldu raqibini aldamchi harakat bilan chalg'itmoqchi bo'lganda, o'zini aldab qo'ydi.

57-daqiqa. O'zgarish! Marokash termasi sardori Roman Sais jarohat sabab o'yinni davom ettirolmasligi aniq bo'ldi va uni Ashraf Dari alishtirdi.

Pepening xatosidan keyin Marokash futbolchilari tezkor qarshi hujumga o'tishdi, ammo  

55-daqiqa. Portugaliya bu safar o'ngdan hujumga o'tdi va Dalotning uzatmasidan keyin to'p Bununing qo'liga borib tushdi. 

51-daqiqa. O'zgarishlar! Rafael Gerreyru va Ruben Nevesh o'rniga Joau Kanselu va Krishtianu Ronaldu o'yinga qo'shildi.

48-daqiqa. Ashraf Xakimiga nisbatan fol. Standart vaziyatdan keyin Diogu Koshta sal qolsa yana golli xatoga yo'l qo'yardi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!  

Bo'ldi, birinchi bo'lim yakunlandi. Marokash tanaffusga g'olib sifatida chiqib ketmoqda. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42-daqiqa. GOOOOOOOL! Yussuf En-Nesiri hisobni ochdi! CHap qanotdan uzatilgan to'pga "Sevilya" hujumchisi baland sakrab, birinchi bo'lib eta oldi. Bu vaziyatda Diogu Koshtaning qo'pol xatosini ham takidlash lozim. 

Amrabat to'pga ulgurmadi va raqibning oyog'ini bosib oldi.

40-daqiqa. Joau Feliksning bu safargi zarbasi umuman qovushmadi.

39-daqiqa. Sofian Bufal qarshi hujumni boshlayotganda raqibning yuziga urib yuborgani uchun hakam hushtak chaldi.

37-daqiqa. Marokash to'pni nazorat qilmoqda.

35-daqiqa. Sofian Bufal imkon topildi deguncha zarba yo'lladi, ammo urinishi kuchsiz chiqdi va kiper to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

34-daqiqa. Amallaning juda qulay vaziyatdan bergan zarbasini tariflashga so'z ojiz.

30-daqiqa. Joau Feliksning zarbasidan keyin rikoshet orqali to'p darvozadan joy olishiga sal qoldi.

29-daqiqa. Portugaliyaning navbatdagi urinishi omadsiz yakunlandi. 

Ziesh uzatgan to'pni Yussef En-Nesiri boshi bilan darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, lekin noaniq.

25-daqiqa. Ruben Nevesh markazda o'yin qoidasini buzdi.

24-daqiqa. Ruben Diash hujumga etib keldi va havodagi kurashda Bunuga to'qnashib ketdi — fol.

Biroq bu safar ham ish zarbagacha etib bormadi. Sofian Bufal raqib himoyachisi tomonidan zararsizlantirildi.

21-daqiqa. Ziesh jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi. Xakimning o'zi bu ishni bajardi, yana burchak zarbasi.

18-daqiqa. Xakim Ziesh o'ngroqda to'pni qabul qildi va markaz tomon harakatlanib, zarba berdi — noaniq. 

17-daqiqa. Portugaliya himoyachilari ham vaziyat qaltislashishi hamonoq to'pni uzoq-uzoqlarga tepib yuborishyapti. 

15-daqiqa. Rafael Gerreyru chapdan oldinga o'tdi va to'pni qabul qilib, tezda jarima maydonchasiga yo'lladi, ammo u erda sheriklari topilmadi. 

10-daqiqa. Marokash pressingdan chiroyli tarzda chiqib ketdi, ammo raqib jarima maydonchasiga etay deganda uzatmadagi xato barchasini chippakka chiqardi. 

6-daqiqa. Marokashning burchak zarbasi bosh bilan berilgan zarba bilan tugadi, ammo noaniq.

5-daqiqa. Burchak zarbasidan esa portugallar naf chiqara olishmadi. 

4-daqiqa. Yassin Bunu seyvlarini boshladi! Joau Feliksning zarbasidan keyin La Liga vakili jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.  

3-daqiqa. Portugaliya to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Kutilganidek, hamma fotograflarning etibori zaxira o'rindig'iga qaratilgan.

Ha, azizlar Ronaldu yana zaxirada.


Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика