So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

JCH-2022 kashfiyot o'yinchilarining ramziy terma jamoasi. Marokashdan uch o'yinchi Yangiliklar

JCH-2022 kashfiyot o'yinchilarining ramziy terma jamoasi. Marokashdan uch o'yinchi

Ularning barchasi JCH-2022dan so'ng faoliyatlarida yuqorilashlari mumkin.

Qatardagi jahon chempionati yakuniga yaqinlashmoqda va bu oraliq yakunlarni chiqarishimiz mumkinligini anglatadi. Bugun biz mundialda o'zini ko'rsata olgan va tez orada mavqei balandroq klubga o'tishi mumkin bo'lgan o'yinchilar haqida gaplashamiz.


Darvozabon: Dominik Livakovich (Xorvatiya)


27 yoshli Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni butun faoliyatini vatanida o'tkazgan. Livakovich milliy jamoada uch yil oldin asosiy darvozabonga aylandi, bunga qadar esa Daniel Subashich "birinchi" edi.

Dominik JCH-2022da oltita o'yin o'tkazdi va unda jami shuncha to'p o'tkazib yubordi. Ikki "quruq" o'yinni ham qo'shimcha qilish mumkin. Livakovich ikki bor Xorvatiya terma jamoasini o'yindan keyingi penaltilar seriyasida qutqardi: u Yaponiya bilan uchta zarba, chorak finalda braziliyaliklar bilan bitta zarbani qaytardi. Transfermarkt Dominikni 8,5 mln evroga baholamoqda. Livakovichga ko'plab top-klublar qiziqmoqda, masalan, "Bavariya" uni Noyerning ehtimoliy o'rinbosari sifatida ko'rib chiqmoqda.



O'ng himoyachi: Nauel Molina (Argentina)


Molina "Atletiko"dagi ishtiroki bilan ispan futboli muxlislariga tanish. Argentinalik klubga ushbu yozda keldi, ammo tez orada faoliyatini davom ettirish uchun qiziqarliroq taklif olishi mumkin. Nauel mundialda Argentina terma jamoasining asosiy himoyachisi hisoblanadi, u 6ta o'yinda bitta gol va bitta assist qayd etdi. Molinaga "CHelsi" qiziqish bildirmoqda, uning bozor narxi 18 mln evroni tashkil etadi.



Markaziy himoyachi: Jan-SHarl Kastelletto (Kamerun)


Kamerun JCH-2022da guruhdan chiqmagan bo'lsa-da, "sherlar"ning markaziy himoyachisi Jan-SHarl Kastellettoning o'yinni qayd etmaslik mumkin emas. U turnirda hayratlantiruvchi raqamlar ko'rsatdi: u har bir o'yinda o'rtacha 1,5 marta to'pni olib qo'ydi, 3 bor hujumni buzdi va 6 bor to'pni jarima maydonchasidan chiqardi.

Kastelletto 27 yoshda va "Nant"da o'ynamoqda. U 2015 yilga qadar Franciyaning o'smirlar termasida harakat qilgan, ammo yakunda o'zining tarixiy vatani sharafini himoya qilishni afzal bilgan. Jan-SHarl himoya markazidan tashqari kerak bo'lganda mudofaa qanotida va tayanch hududida o'ynashi mumkin. Transfermarkt uni 4 mln evroga baholamoqda.



Markaziy himoyachi: Yoshko Gvardol (Xorvatiya)


Gvardol anchadan beri dunyoning eng yaxshi yosh o'yinchilaridan biri deb hisoblanadi. Uni qiyinchilik bilan JCH-2022ning kashfiyoti deb atasak bo'ladi, ammo u o'zining ishtiroki bilan mavqei balandroq klubga munosibligiga shubha yo'q. "RB Leypcig"ga to'liq hurmat ko'rsatgan holda aytish mumkinki, Yoshko ushbu klubning darajasini yuqoriroqqa chiqdi. Bundan tashqari, "buqalar" sotish bilan shug'ullanishga o'rganishgan, shu sababi ular uchun Gvardolning ketishi muammo bo'lmaydi va uning o'rniga yangi vunderkind topishadi. Yoshko o'zining 20 yoshida ancha yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. U to'pni egallab olishda ishonchli, ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydi va hujumlarni boshlashda yomon harakat qilmaydi. Gvardolning birinchi pasi juda yuqori darajada. Xorvatiyalik himoyachining bozor narxi 60 mln evroni tashkil etadi va unga o'z navbatida "Man Siti", "CHelsi" va MYU klublari navbat hosil qilishgan.



CHap himoyachi: Yaxya Attyat-Alla (Marokash)


Ramziy jamoamizdagi eng kamroq mashhur bo'lgan o'yinchi. 27 yoshli marokashlik ushbu yildagina ilk bor milliy jamoa libosini kiydi. U JCH-2022 boshida milliy jamoada atigi to'rtta o'yin o'tkazgandi! Yaxya portugaliyaliklar bilan chorak final o'yinigacha faqat zaxiradan maydonga tushdi. Ammo, Marokash terma jamoasi asosiy chap himoyachisi Nussair Mazraui jarohat oldi va Attyat-Alle uni almashtirishiga to'g'ri keldi.

Aynan Yaxya Yussef En-Nesiriga assist ijro etdi. Attyat-Alla WhoScored statistika portalida 7,7 baho oldi, undan yuqoridan faqatgina Yassin Bunu (7,8) qayd etildi. Yaxya o'sha o'yinda uchta muhim uzatma (sherigiga zarba oldin pas) ijro etdi, shuningdek bir bor to'pni olib qo'ydi va to'pni to'rt marta jarima maydonchasidan chiqardi. Transfermarkt Attyat-Alluni 1,5 million evroga baholamoqda. Qiziqarlisi, u o'z mamlakatidagi "Vidad" klubida o'ynaydi. Yaxyaga endilikda Evropa jamoalari qiziqish bildirishsa kerak.



Tayanch yarim himoyachi: Sofyan Amrabat (Marokash)


Mundialda boshqa bir marokashlik Sofyan Amrabat ham ajoyib ko'rsatmoqda U Niderlandiyada tug'ilgan va butun faoliyatini Evropada o'tkazgan. Amrabat 2020 yilning yozidan beri "Fiorentina"da o'ynaydi. Sofyanning Florenciyadagi faoliyati barqaror emas: u bazida yuqori daraja ko'rsata olmaydi va asosiy tarkibdan tushib qoladi. Ammo, Amrabat JCH-2022da ajoyib o'yinchi ekanligini ko'rsatdi. Sofyanda turnirdan so'ng "Fiorentina" asosiy tarkibiga kirish imkoniyati oshadi. Agar bu bo'lmasa, doim ketish mumkin, sababi OAV Amrabatga "Tottenxem" va "Liverpul" kabi APL klublari tomonidan qiziqishni xabar qilmoqda. 26 yoshli marokashlik 10 million evroga baholanmoqda.



Markaziy yarim himoyachi: Aleksis Makallister (Argentina)


Aleksis Makallister kutilmaganda ushbu turnirda yaxshi o'ynamoqda. 23 yoshli "Brayton" o'yinchisi Argentina terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va turnirdan oldin asosiy tarkibga ko'proq loyiq sanalgan Leandro Paredes, Gido Rodriges va Enco Fernandes kabi o'yinchilarni tarkibdan chiqardi. Makallisterga anchadan beri ishonch bildiriladi, ammo u faqatgina o'tgan mavsumda o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etdi. Bu yil Aleksis Premer-ligada beshta gol urdi — bu esa uning butun o'tgan mavsumda urgan gollari bilan teng! Bu mavsumda jahon chempionatida ham ajoyib ishtirok bor. Makallister bunday tempda aniq "Brayton"da qolmaydi.



Hujumkor yarim himoyachi: Kodi Gakpo (Niderlandiya)


Kodi Gakponi anchadan beri Evropaning top-klublari o'ziga jalb qilishga urinmoqda. Katta ehtimol bilan JCH-2022dan so'ng niderlandiyalik uchun kurash yanada kuchayadi. PSV hujumkor xavbeki o'zini ham hujumning markazida, ham uning ortida o'ynay oladigan universal o'yinchi sifatida ko'rsatdi. Gakpo turnirda uchta to'p kiritdi — undan ko'proq Jiru (4), Alvares (4), Messi (5) va Mbappe (5) gol urishgan. PSJ Gakponi qishda qo'yib yuborishga tayyorligini malum qildi, ammo "rekord narx" evaziga. Hozirda Eyndxoven klubining eng katta sotuvi Irving Losanodir (45 mln evro). Transfermarkt Gakponi aynan shunchaga baholamoqda va PSVning uni kattaroq pulga sotishiga shubha yo'q. Kodining "Barselona" yoki MYUga o'tishi borasida mish-mishlar bor.



O'ng vinger: Ritsu Doan (Yaponiya)


Yaqingacha PSVda Ritsu Doan ham o'ynardi. Yapon hozirda Germaniyaning "Frayburg" jamoasi sharafini himoya qiladi, JCH-2022da u Germaniya va Ispaniya terma jamoalari darvozalariga to'p kiritdi. Doan ikki holatda ham hisobni qisqartirdi, shundan so'ng Yaponiya terma jamoasi g'alabani ilib ketdi. Doan hujumdagi bir necha poziciyalarda o'ynay oladi, shuningdek tezligi va texnikasi bilan farq qiladi. Ritsu chap oyog'ida yaxshi zarba yo'llay oladi. Uni "Roma" kuzatayotgani haqida malumot bor. Transfermarkt 24 yoshli yaponni 12 mln evroga baholamoqda.



CHap vinger: Sofyan Bufal (Marokash)


Sofyan Bufal hozircha samarali harakat amalga oshirmadi, ammo o'zining yorqin o'yini bilan esda qolmoqda. Marokash terma jamoasi va Franciyaning "Anje" klubi vingeri JCH-2022da muvaffaqiyatli aldab o'tish bo'yicha top-5ga kiradi. Bufal har bir o'yinda raqibni o'rtacha 2,5 marta aldab o'tadi — bu Messi (2,2 — Xorvatiyaga qarshi o'yingacha), Neymar (2), Ziesh (1,4) va Usmon Dembele (1,4)dan ko'proq. "Anje"ning hozirda Franciya chempionatida so'nggi o'rinda borayotganini hisobga olsak, Bufalning u erda qolish ehtimoli juda kam. Sofyanning bozor narxi 8 mln evroni tashkil etadi.



Markaziy hujumchi: Gonsalu Ramush (Portugaliya)


Mundialga qadar Gonsalu Ramush haqida faqatgina Portugaliya futboli muxlislari bilishar edi. 21 yoshli "Benfika" forvardi yaxshi mavsum o'tkazmoqda — u barcha musobaqalarda 25ta o'yinda 17ta gol va 7ta assist qayd etdi. Ammo, buni Ramushning JCH-2022da o'zini qanday ko'rsatgani bilan taqqoslab bo'lmaydi.

Yosh portugal SHveycariyaga qarshi chorak final doirasidagi o'yinda uchta gol va bitta assist qayd etdi. Bu hozirda turnirdagi yagona xet-trik. OAVda allaqachon Ramushga MYU, PSJ, "Bavariya" va "Yuventus" qiziqayotgani haqida xabarlar yangramoqda. "Benfika" Transfermarkt'da 24 mln evro yozilganiga qaramay, Gonsaluning sotuvidan 120 mln evro ishlamoqchi. Ramushning faoliyati borishini kuzatish qiziq bo'ladi.



Nikolay Egorichev tayyorladi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика