So’nggi yangiliklar

20:07Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» 0:0 (Матнли трансляция)  1 20:00Суперлига. "Қизилқум" – "Локомотив" 0:0 (матнли трансляция)  4 19:45"Ливерпуль" "Ювентус" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 19:19"Челси" ва "Атлетико" "Атланта Юнайтед" ўйинчисига даъвогар  1 18:43"Манчестер Юнайтед" ва "Атлетико" "Болонья" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  12 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  4 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  2 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  1 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  9

JCH-2022. Kamerun va Serbiya super to'qnashuvda g'olibni aniqlay olishmadi Yangiliklar

JCH-2022. Kamerun va Serbiya super to'qnashuvda g'olibni aniqlay olishmadi

Mundial 2-turidan o'rin olgan Kamerun – Serbiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Kamerun – Serbiya 3:3
28 noyabr, "Al Janoub Stadium"
Gollar
: 1:0 – 29 Kastelletto, 1:1 – 45 Pavlovich, 1:2 – 45 Milinkovich-Savich, 1:3 – 53 Mitrovich, 2:3 – 63 Abubakar, 3:3 – 66 SHupo-Moting.

Kamerun – Epassi, Fe, Nkulu, Kastelletto, Tolo, Kunde (Ondua, 67), Zambo-Angissa (Gvet, 81), Ongla (Abubakar, 55), SHupo-Moting, Toko-Ekambi (Bassogog, 67), Mbemo (Nkudu, 81).

Serbiya – Milinkovich-Savich, Velkovich (Babich, 78), Milenkovich, Pavlovich (Mitrovich, 56), Kostich (Djurichich, 90), Milinkovich-Savich (Gruyich, 79), Maksimovich, Lukich, Jivkovich (Radonich, 78), Tadich, Mitrovich.

Ogohlantirishlar: Nkulu (24), Bassogog (30), Yovich (45), Milenkovich (90).


Cameroon

Jean-Charles Castelletto - 29', Vincent Aboubakar - 63', Eric Maxim Choupo-Moting - 66'

World Cup Grp. G . 2-tur

28/11/2022, 15:00

3
:
3
Tugadi

Serbia

Strahinja Pavlovic - 45', Sergej Milinkovic-Savic - 45', Aleksandar Mitrovic - 53'

Stadion: Al Janoub Stadium, 39789 tomoshabin

Bosh hakam: Mohammed Abdulla Mohammed

45'
90'
24'  Nicolas N'Koulou
29'  Jean-Charles Castelletto
29'  Nicolas N'Koulou
30'  Christian Bassogog
55'  Martin Hongla (Vincent Aboubakar)
63'  Vincent Aboubakar
63'  Jean-Charles Castelletto
66'  Eric Maxim Choupo-Moting
66'  Vincent Aboubakar
67'  Pierre Kunde (Gael Ondoua)
67'  Karl Toko Ekambi (Christian Bassogog)
81'  Andre-Frank Zambo Anguissa (Samuel Gouet)
81'  Bryan Mbeumo (Georges-Kevin N'Koudou)
45'  Strahinja Pavlovic
45'  Dusan Tadic
45'  Sergej Milinkovic-Savic
45'  Andrija Zivkovic
45'  Luka Jovic
53'  Aleksandar Mitrovic
53'  Andrija Zivkovic
55'  Strahinja Pavlovic (Stefan Mitrovic)
78'  Milos Veljkovic (Srdjan Babic)
78'  Sergej Milinkovic-Savic (Marko Grujic)
78'  Andrija Zivkovic (Nemanja Radonjic)
90'  Filip Kostic (Filip Djuricic)
90'  Nikola Milenkovic



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+7-daqiqa. Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi! Ajoyib bellashuv durang bilan yakunlandi.  

90+4-daqiqa. Nikola Milenkovichga ushbu vaziyat uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

90+3-daqiqa. Jorj-Kevin N'Kuduga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.   

90+1-daqiqa. O'zgarish! Filip Jurichich Filip Kostichning o'rniga o'yinga qo'shildi.

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi!

88-daqiqa. Mitrovich bugun foydali ishdan ko'ra, ko'proq vaziyatlardan foydalana olmagani bilan yodda qolyapti. Hozir shundaylardan yana bittasi yuz berdi. 

87-daqiqa. Abubakar o'yinni chindan o'zgartirib yubora oldi. Hozir ham u to'pni egallab, oldinroqqa o'tdi va kuchli zarba berdi, Vanya o'z o'rnida.    

85-daqiqa. Serblarning istiqbolli hujumi oxiriga etmay qoldi. 

81-daqiqa. Serblar charchab qolgandek tasavvur uyg'onmoqda. 

78-daqiqa. O'zgarishlar! Milosh Velkovich va Andriya Jivkovich o'rniga Srjan Babich hamda Nemanya Radonich tushirildi.

76-daqiqa. Mitrovich navbatdagi vaziyatni ko'kka sovurdi!

70-daqiqa. Serbiya burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatmadan keyin kamerunliklar himoyaga qaytgan SHupo-Motingning faolligi bilan bartaraf etishdi!

66-daqiqa. GOOOOOL! Nimalar bo'lyapti? Kamerun hisobni tenglashtirdi! Erik SHupo-Moting bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi. Abubakardan golli uzatma!

Hakam avvaliga shoshmaslikni, takroriy lavhani ko'rish kerakligini malum qildi. "VAR" xonadagilar barchasi joyidaligini malum qilishdi. 

64-daqiqa. GOOOOOL! Zaxiradan tushgan Vensan Abubakar oradagi farqni qisqartirdi!  

60-daqiqa. Abubakar javob hujumini tashkillashtirdi, tezlikda jarima maydonchasigacha etib bordi, bir raqibini chalg'itib, uzatma bersa kerak degan joyda, zarba yo'lladi, biroq niyatiga eta olmadi.  

59-daqiqa. Kostich qanotdan katta tezlikda o'tib bordi va to'pni markazga uzatdi, lekin himoyachilar bu safar ishonchli o'ynab, to'pni egallab olishdi.

55-daqiqa. O'zgarish! Martin Ongla o'rnini Vensan Abubakarga bo'shatib berdi. 

53-daqiqa. GOOOOOOL! Serblardan juda chiroyli gol. Gol muallifi esa Aleksandar Mitrovich! 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni afrikaliklar boshlab berishdi.

Bo'ldi, birinchi bo'lim yakuniga etdi. Tanaffus!

45+7-daqiqa. Vanya Milinkovich-Savich o'zini Noyer deb his qilib yubordi. Ammo nima bo'lsa ham, ishonchli o'ynab, xavfni bartaraf etdi. 

45+5-daqiqa. Exx, Mitrovich! Aleksandar sherigi o'ta qulay vaziyatda turganiga qaramay, o'zi zarba berdi va gol ura olmadi.  

45+3 -daqiqa. GOOOOOOL! Sergey Milinkovich-Savich tanaffusgacha jamoasini hisobda oldinga olib chiqib qo'ymoqda.


45+1-daqiqa. GOOOOL! Uzatmadan keyin Straxinya Pavlovich baland sakrab, to'pni darvoza to'riga yo'llab, hisobni tenglashtirdi!  

43-daqiqa. Kunde yana qulay nuqtaga chiqib bordi, birinchi zarbani Vanya qaytardi, Perning takroriy urinishi esa ko'ngildagidek chiqmadi.  

40-daqiqa. Serbiya hujum qilishga harakat qilyapti, ammo hozircha raqib himoyasini yorib o'tishga qiynalmoqda. 

36-daqiqa. Kamerunning hujumi uzatmadagi xato tufayli oxiriga etmay qoldi. 

30-daqiqa. Buyog'iga serblar qanday harakat qilishi yanada qiziq. Ular shundoq ham faolroq ko'rinayotgandi, lekin buyog'iga raqib yanada katta kuch bilan himoyalanadi.  

"VAR"dagilar hammasi joyidaligini malum qilishdi, o'yindan tashqari holat bo'lmagan. 

29-daqiqa. GOOOOOOOL! Kasteletto kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'lib, afrikaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.  

28-daqiqa. Kamerun yana bir burchak zarbasi ishlab oldi.

24-daqiqa. Ogohlantirish! Nikolas Nkouluga sariq ko'rsatildi.

23-daqiqa. Onana chetlatilgach, Kamerun darvozasidan joy olgan Epassi hozircha ancha ishonchli o'yin o'tkazmoqda. Burchakdan uzatilgan to'pni ham aynan u baland sakrab, ushlab oldi.

22-daqiqa. Bosh hakamning mikrofoni ishlamay qoldi chog'i.

21-daqiqa. Yana bir burchak zarbasi. Bu safar uni Serbiya termasi amalga oshiradi.  

19-daqiqa. Kunde kutilmaganda markaziy hujumchi nuqtasida paydo bo'lib, kuchli zarba yo'lladi. Vanya Milinkovich-Savich o'z o'rnida. Burchak zarbasidan keyin ham himoyachilar xavfni bartaraf etishdi, keyin afrikaliklar qoidani buzishdi.  

17-daqiqa. Yana Mitrovich gol urish qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Himoyachilarning "qovunidan" keyin Aleksandarda zo'r vaziyat bo'lgandi, ammo u mo'ljalda adashdi.

12-daqiqa. SHifokorlar futbolchiga yordam ko'rsatish uchun maydonga tushishdi. 

11-daqiqa. Kostich markazga yaqin hududda Onglani qo'yib yubormadi. Serbiyalik futbolchi qoidani buzdi, buzganda ham bu ishni shunday amalga oshirdiki, Martin maydondan tura olmay qoldi.

10-daqiqa. MITROVICH! O'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va raqibini "zamaxda" aldab, chap oyoqda zarba bergandi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

6-daqiqa. Maksimovich raqib jarima maydonchasi oldida Tadichdan to'pni qabul qilib, uni Mitrovichga yo'lladi, lekin hujumchi uzatmaga etib borgan bo'lsada, uni darvozaga aniq yo'llay olmadi.  

2-daqiqa. Havodagi kurash vaqtida Mitrovichga nisbatan fol, jarima zarbasi belgilandi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni serblar boshlab berishdi.

Jamoalar maydonga tushib kelishdi va o'yinni boshlash uchun barchasi tayyor.


JCH-2022
"G" guruhi. 2-tur
Kamerun – Serbiya
15.00, «Al Janub» stadioni

Kamerun – Epassi, Fe, Nkulu, Kastelletto, Tolo, Kunde, Zambo-Angissa, Ongla, SHupo-Moting, Toko-Ekambi, Mbemo

Serbiya – V. Milinkovich-Savich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Kostich, S. Milinkovich-Savich, Maksimovich, Lukich, Jivkovich, Tadich, Mitrovich


Cameroon

Jean-Charles Castelletto - 29', Vincent Aboubakar - 63', Eric Maxim Choupo-Moting - 66'

World Cup Grp. G . 2-tur

28/11/2022, 15:00

3
:
3
Tugadi

Serbia

Strahinja Pavlovic - 45', Sergej Milinkovic-Savic - 45', Aleksandar Mitrovic - 53'

Stadion: Al Janoub Stadium, 39789 tomoshabin

Bosh hakam: Mohammed Abdulla Mohammed

45'
90'
24'  Nicolas N'Koulou
29'  Jean-Charles Castelletto
29'  Nicolas N'Koulou
30'  Christian Bassogog
55'  Martin Hongla (Vincent Aboubakar)
63'  Vincent Aboubakar
63'  Jean-Charles Castelletto
66'  Eric Maxim Choupo-Moting
66'  Vincent Aboubakar
67'  Pierre Kunde (Gael Ondoua)
67'  Karl Toko Ekambi (Christian Bassogog)
81'  Andre-Frank Zambo Anguissa (Samuel Gouet)
81'  Bryan Mbeumo (Georges-Kevin N'Koudou)
45'  Strahinja Pavlovic
45'  Dusan Tadic
45'  Sergej Milinkovic-Savic
45'  Andrija Zivkovic
45'  Luka Jovic
53'  Aleksandar Mitrovic
53'  Andrija Zivkovic
55'  Strahinja Pavlovic (Stefan Mitrovic)
78'  Milos Veljkovic (Srdjan Babic)
78'  Sergej Milinkovic-Savic (Marko Grujic)
78'  Andrija Zivkovic (Nemanja Radonjic)
90'  Filip Kostic (Filip Djuricic)
90'  Nikola Milenkovic

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика