So’nggi yangiliklar

20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  0 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  3 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  0 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  1 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  5 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  0 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  6 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  7 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  5 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  36 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2

JCH-2022. Kurashlarga boy o'tgan bahsda Gana Janubiy Koreyani mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2022. Kurashlarga boy o'tgan bahsda Gana Janubiy Koreyani mag'lub etdi

Qatarda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionatining "H" guruhidan o'rin olgan Janubiy Koreya - Gana uchrashuvi yakunlandi.

Janubiy Koreya — Gana 2:3

Gollar: 0:1 – 24 Salisu, 0:2 – 34 Kudus, 1:2 – 58 CHjo Gyu Son, 2:2 – 61 CHjo Gyu Son, 2:3 – 68 Kudus.

Janubiy Koreya – Kim Syn Gyu, Kim Mun Xvan, Kim En Gvon, Kim Min CHje (Kvon Gen Von, 90), Kim CHjin Su, CHjon U En (Xvan Yy CHjo, 79), Kvon CHxan Xun (Li Kan In, 57), Xvan In Bom, CHjon Vu En (Na San Xo, 46), Son Xyn Min, CHjo Gyu Son.

Gana – Ati-Zidji, Lempti (Odoi, 78), Amarti, Salisu, Mensa (Baba, 88), Parti, Kudus (Djiku, 83), Abdul-Samed, Ayyu (Kere, 78), Ayyu (Sulemana, 78), Uilyams.

Ogohlantirishlar: Amarti (21), CHjon U En (27), Lempti (73), Kim En Gvon (77).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Gana muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi, koreyaliklar esa ahvolini og'irlashtirdi. Uchrashuvdan so'ng etiroz bildirgan Janubiy Koreya ustoziga qizil kartochka ko'rsatildi.

90+9. Koreyaliklar asosan yuqoridan uzatmalar ijro etmoqda, ammo raqib futbolchilari to'pni qaytarmoqda.

90+4. Koreya ketma-ket hujumlar tashkil etmoqda. Sonning burchakdan uzatmasi qaytarildi, keyingi vaziyatda CHjoning zarbasini raqib posboni qaytardi.

90. Ikkinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berildi.

84. ZARBA! Kim CHjin Suning chap oyoqdan yo'llagan kuchli zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.

82. Uilyams sherigi bilan yaxshi kombinaciya sodir etdi, biroq so'nggi pallada etib kelgan koreyalik himoyachi xavfni bartaraf etdi.

78. Ikkala jamoa safida o'zgarishlar yuz bermoqda. 

75. ZARBA! Lining jarimadan pastki burchakka yo'llagan zarbasidan so'ng Ati-Ziji to'pni qaytardi!

73. Son yiqitildi, ganaliklar darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. 

68. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! CHap qanotdan uzatma natijasida qo'riqlanmasdan qolgan Qudus chap oyoqda darvozani ishg'ol qilib, dublga erishdi!


65. Xvan In Bomga tibbiy yordam ko'rsatildi, u boshi bog'langan holda maydonga qaytdi. 

61. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!!  Hozirgina hisobni qisqartirgan CHjo Ronaldu uslubida parvoz qilib, hisobni tenglashtirdi!


58. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! CHjo qanotdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi! U-23 chempionatida porlagan va hozirgina maydonga tushgan Li Kan Indan assist!


57. Koreyada o'zgarish: O'Zbekistondagi U-23 chempionatida ajoyib o'yinlar ko'rsatgan Li Kan In maydonga tushirildi.

53. ZARBA! CHjoning bosh bilan yo'llagan zarbasini Ati-Ziji qaytardi!

50. Ganalik himoyachi raqib darvozasiga zarba berdi, ammo uning urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus.

45+5. Parti burchak zarbasidan so'ng bosh bilan xavfli zarba yo'lladi, ammo aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

43. Dastlab Ayyuni, keyinchalik qarshi hujumga o'tgan Sonni raqib futbolchilari qurshab olib, to'pni olib qo'yishdi. 

38. ZARBA! Kvon CHxan Xun Sonning pasidan so'ng kuchli zarba berdi, ammo yo'nalish noaniq bo'ldi.

34. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Qudus Ayyuning super uzatmasini boshi bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi! 


32. Uilyams hujumda qoidani buzdi.

27. Ganaliklarda yana bir xavfli standart yuzaga keldi, koreyaliklar amallab to'pni qaytardi.

24. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Salisu standart vaziyat natijasida koreyaliklar darvozasini ishg'ol qildi!


21. Amarti raqibning yuziga zarba berib yuborgani uchun ogohlantirildi.

18. Yana va yana burchak zarbasi... Biridan so'ng yana bayroqcha yonida standart ishlandi, ikkinchisi qaytarildi.

14. Ayyu raqib jarima maydoniga yorib kirmoqchi bo'ldi, koreyalik himoyachi yaxshi o'ynadi.

12. Koreya 5 yoki 6-burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq hech biri muvaffaqiyatli chiqmadi.

Futbol muxlislar bilan go'zal!

8. Koreyaliklar ketma-ket hujum va zarbalar sodir etmoqda.

7. Kombinacion hujum natijasida koreyaliklar burchak zarbasi ishlab oldi.

6. Son Xyon Minga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasi.

4. Ganaliklar standart ishlab olishdi. Jarima zarbasini koreyaliklar qaytardi va xavfli qarshi hujum tashkil etishdi.

Janubiy Koreya qizil, Gana oq rangli libosda o'ynaydi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика