So’nggi yangiliklar

15:17Футзал бўйича Ўзбекистон Кубогига қуръа ташланди: БМБ, "Оил Стар" ва СҚБ рақибларини билиб олди  0 15:08Пике 0:0 ҳисобидаги дуранг учун жамоаларга очко бермасликни таклиф қилди  2 14:40Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги ғолиб ва совриндорлари мукофот пулларига эга бўлади   0 14:27"Реал" собиқ футболчиси 48 ёшида ҳаётдан кўз юмди  1 14:00Breaking! Корея Республикаси ҳам 2031 йилги Осиё Кубогига мезбонлик қилмоқчи  5 13:36"Месси "Барселона"га қайтишига ишонаман"  2 13:09"Арсенал" ва "Барселона" "Эспаньол" дарвозабони билан шартнома имзоламоқчи  0 12:42Гвардиол, Бальде, Менди... FourFourTwo дунёнинг энг яхши чап қанот ҳимоячилари рейтингини тузди  7 12:16FourFourTwo дунёнинг энг яхши таянч ярим ҳимоячилари рейтингини эълон қилди  10 11:49​"Олимпик" собиқ футболчиси Қозоғистон клубига йўл олди  0 11:20"Бавария" спорт клуби аъзолари сони бўйича рекорд ўрнатди  0 10:48Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  15 10:03ПСЖ «Бавария» етакчисини текинга қўлга киритиши мумкин  2 09:25Sofascore. Ҳожимат Эркинов ва унинг шериклари «Ал Айн»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  1 08:47Салоҳ Италия клуби билан музокара олиб бормоқда  8

JCH-2022. Kulibalining goli Senegalni pley-offga olib chiqdi Yangiliklar

JCH-2022. Kulibalining goli Senegalni pley-offga olib chiqdi

Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Ekvador – Senegal 1:2
29 noyabr, 20.00, "Halifa" stadioni

Gol: Sarr (44-pen, 0:1), Kaysedo (68, 1:1), Kulibali (70, 1:2).

Ekvador - 1. Ernan Galindes, 2. Feliks Torres, 3. Pero Inkape, 7. Pervis Estupinyan, 17. Angelo Pesyado (25. Jekson Poroso, 85), 8. Karlos Grueso (5. Xose Sifuentes, 46), 21. Alan Franko (16. Jeremi Sarmento, 46), 23. Moyses Kaysedo, 11. Mikael Estrada (24. Jorkaeff Reasko, 64), 13. Enner Valensiya (c), 19. Gonsalo Plata

Senegal - 16. Eduar Mendi, 21. Yussuf Sabali, 3. Kalidu Kulibali, 22. Abdu Diallo, 14. Ismail Yakobs, 11. Pate Siss (6. Nampalis Mendi, 74), 26. Pap Guye, 13. Iliman Ndiaye (20. Axmadu Bamba Deng, 74), 5. Idrissa Guye, 18. Ismaila Sarr, 9. Bulaye Dia (4. Pape Abu Sisse, 90+6).

Ogohlantirish: Idrissa Guye (66).

Ecuador

Moises Caicedo - 67'

World Cup Grp. A . 3-tur

29/11/2022, 20:00

2
:
1
Tugadi

Senegal

Ismaila Sarr - 44', Kalidou Koulibaly - 70'

Stadion: Khalifa International Stadium, 44569 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
46'  Carlos Gruezo (Jose Cifuentes)
46'  Alan Franco (Jeremy Sarmiento)
64'  Michael Estrada (Djorkaeff Reasco)
67'  Moises Caicedo
67'  Felix Torres
85'  Angelo Preciado (Jackson Porozo)
44'  Ismaila Sarr
66'  Idrissa Gana Gueye
70'  Kalidou Koulibaly
74'  Pathe Ciss (Nampalys Mendy)
74'  Iliman Ndiaye (Ahmadou Bamba Dieng)
90'  Boulaye Dia (Pape Abou Cisse)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Senegal pley-offda!

90+6. Ekvador bosim uyushtirishga harakat qilmoqda. Biroq hujumda fol bo'lib, barchasini chippakka chiqardi. 

90+3. Burchakdan uzatilgan to'pni Mendi sakrab burchakka chiqarib yubordi.

Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. Uxxxxxx!!! Senegal farqni oshirishi mumkin edi. Uzoqdan yo'llangan zarbani darvozabon ushlab olishda qiynaldi. Yaxshiki u ushlay olmay qolgan to'pni hujumchi darvozaga joylab qo'ya olgani yo'q.

82. ZARBAAAAAAA!! Dianing kuchli zarbasi noaniq ketdi.

76. Uxxxxxx!!! Gonsalo Plataning xavfli zarbasini Mendi ushlab oldi.

70. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! KULIBALIIII!!! Nimalar bo'lib ketdi! Xuddi Ekvadorning goli Ctrl+C + Ctrl+V bo'lgandek)

68. GOOOOOOOOOLLLL!!! Burchakdan uzatilgan to'pni Feliks Torres boshi bilan Moyses Kaysedo tomon uzatdi. Moyses to'pni darvozaga kiritdi!

66. Uxxxx! Idrissa Gana Guye raqibiga qarshi juda qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi. 

59. Ikkinchi bo'limda Ekvador ko'proq hujum qilmoqda. Biroq hozircha bundan naf bo'lmayapti.

53. Ekvador hujumga o'tdi. Qanotdan oshirilgan to'pni senegalliklar himoyachisi qaytarib yubordi.

50. Sifuentesning zarbasini Mendi ushlab oldi.

48. Ekvador jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Tanaffus!

45+4. Maydonda ikki jamoa futbolchilari o'rtasida kichik janjalcha kelib chiqdi. Vaziyat yaxshi xotima topdi.

45+2. Senegal ushbu taymning o'zida farqni oshirishi mumkin bo'lgandi. Biroq Ndiaye vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

44. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Ismaila Sarr o'zi ishlagan penaltidan unumli foydalandi!

42. PENALTI! Sarr Ekvador jarima maydonchasi ichida yiqitildi! VAR orqali hozir bu tekshiriladi.

37. Senegal yana bir zo'r hujumdan foydalana olmadi. Sarr zarba beraman deguncha himoyachi to'pni autga chiqarib yubordi.

35. UXXXXX!! Ekvador posboni to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'ygandek bo'lgandi. To'pga Sarr etib kelmasidan Galindes ushlab oldi.

29. Senegal yana hujumda. Sarr oshirgan to'pni Ndiaye darvozaga yo'llashga harakat qildi. To'p yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib, o'z xavfliligini yo'qotdi va darvozabon qo'liga bordi.

24. ZARBAAAA!! Sarr bir raqibidan o'tib, zarba berdi. To'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

22. 5 daqiqadan buyon ikki tomon ham juda zerikarli o'yin ko'rsatmoqda.

17. Qanotdan uzatilgan to'pni Sarr qo'li bilan to'xtatgani uchun to'p raqiblariga olib berildi.

13. Senegal yana hujumda. Ndiayening chap oyog'ida yo'llagan aylantirma zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

11. Enner Valensiya jarima maydonchasi tashqarisidan raqib posti tomon zarba yo'llab ko'rdi. Himoyachilar to'pni qaytarib yubordi.

9. ZARBAAAAAAA!!!! DIAAAAA!!! Bir yuzi bir foizlik imkoniyat shundoqqina raqibga sovg'a qilindi. Senegal yana zo'r imkoniyatni yo'q qildi.

7. Senegal hujumga o'tdi. Ndiaye qanotdan to'pni markazga oshirgandi. Inkape to'pga tegib, darvozaboniga oshirib bera oldi.

4. ZARBAAAAAA!! Idrissa Guye ajoyib imkoniyatni ko'kka sovurdi! Senegal hisobni ochishga juda yaqin kelgandi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Halifa" stadioniga qaratamiz! Ushbu stadionda JCH-2022ning pley-off bosqichiga chiqadigan bir jamoasi nomi aniq bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика