So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  33 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

JCH-2018da sodir bo'lishi mumkin bo'lgan rekord va qiziqarli faktlar Yangiliklar

JCH-2018da sodir bo'lishi mumkin bo'lgan rekord va qiziqarli faktlar

Rossiyada bo'ladigan mundialda buzilishi mumkin bo'lgan rekordlar va qiziqarli faktlarni etiboringizga havola etamiz.

Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purar germaniyalik Miroslav Kloze sanaladi. Kloze o'tgan mundialda Ronaldoning rekordini yangilashga muvaffaq bo'lgandi. Kloze hisobida ayni paytda 16ta gol mavjud va bu rekordni yangilashi mumkin bo'lgan yagona futbolchi ham Germaniya terma jamoasi azosi - Myuller sanaladi.

Tomas Myuller ishtirok etgan mundiallarda 5tadan gol urib, o'z hisobidagi gollari sonini 10taga etkazgan. Agarda Rossiyadagi Jahon chempionatida Myuller 6ta yoki undan ko'p gol urishni uddalasa, unda Klozeni rekordini takrorlashi va balki yangilashi mumkin. Bu ish Myullerni qo'lidan keladimi? Buni bir oy davomida bilib olamiz.

Qizig'i, Miroslav Kloze o'zi ishtirok etgan ketma-ket to'rtta mundialda doim sovrindorlar qatorida bo'lgan. Kloze 2002 yili kumush, 2006 va 2010 yillari bronza medallari hamda 2014 yili Jahon chempioni nomiga sazovor bo'lgan. Kloze ketma-ket beshinchi mundialda qatnashmoqda. Farqi, bu safar sobiq hujumchi murabbiy sifatida mundialda ishtirok etadi. Futbolchilik davrida mundialda doim sovrindor bo'lgan Kloze murabbiy sifatida ham buni uddalashi mumkin. Kloze JCHda Lyov boshchiligidagi murabbiylar shtabida ish o'rganuvchi bo'lib ishlaydi. Mundialdan keyin Kloze "Bavariya" yoshlar jamoasini qabul qilib oladi.

Germaniya terma jamoasi ketma-ket to'rtta JCHdan buyon kamida yarim finalga qadar etib bormoqda. Nemis mashinasi 2002 yili kumush, 2006 va 2010 bronza hamda 2014 yili Jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Nemis mashinasi Rossiyadagi futbol festivalida ham kamida yarim final cho'qqisini zabt etib, yana sovrindor bo'ladimi?

Rossiyadagi mundialda 15 nafar futbolchida ikkinchi marotaba Jahon chempioni bo'lish imkoniyati mavjud. Ispaniya terma jamoasidagi Reyna, Pike, Ramos, Silva, Inesta, Buskets 2010 yilgi mundialda chempionlik tamini tatib ko'rishgandi. Rossiyada ular bu natijani takrorlashlari mumkin.
Germaniya terma jamoasida esa bir yo'la to'qqiz nafar futbolchi: Noyer, Boateng, Xummels, Ginter, Draksler, Xedira, Kroos, O'zil, Myullerda ketma-ket ikkinchi bor Jahonda tengsiz bo'lish uchun yaxshi imkoniyat mavjud.

Misr terma jamoasi darvozaboni Essam El-Xadari agarda mundialda maydonga tushadigan bo'lsa, unda ushbu posbon Jahon chempionatida o'ynagan eng qariya futbolchiga aylanadi. Essam El-Xadari ayni paytda 45 yoshda. Rekord esa 43 yoshida JCHda maydonga tushgan Farid Mondragonga tegishli.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика