So’nggi yangiliklar

02:02Ла Лига. Винисиус ва Мбаппенинг пенальтидан урган голлари "Реал"га меҳмонда ғалаба тақдим этди  4 02:00АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига меҳмонда ғалабага эришди  1 01:55Лига 1. ПСЖ камбэк эвазига "Брест"ни мағлуб этди  0 00:38Ҳусниддин Нишонов: "Ўйинни ўзгартира олдик ва вазиятдан чиқиб кетдик"  1 00:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Галатасарой" томонидан тор-мор этилди, Алиқулов жароҳат олиб майдонни тарк этди  7 00:04Рўзиқул Бердиев: "Бизнинг яхши ўйинимизни эртага ҳеч ким эсламаслиги мумкин, аммо натижани ва қўлга киритилган уч очкони эслаб қолишади. Кувайтга фақатгина ғалаба учун борамиз"  1 23:28Вадим Абрамов: "Шунча меҳнат қилиб ютқазиб қўйиш аламли, ҳаммасига ўзимиз айбдормиз"  3 23:16Сергей Лушчан: "Фақатгина 5 октябрь санасини кутиб яшаяпман"  10 22:57Илёс Зейтуллаев: “Динамо” майдонида очко олиб кетиш осон эмас”   9 21:52Футзал бўйича ЖЧ-2024. Ўзбекистон Нидерландияга қарши илк турда сўнгги сонияларда урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди  54 21:45Суперлига. "Навбаҳор" - "Насаф" 0:1, Жигаури гол ургач жарохат олишига озгина қолди  5 21:33Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ва Турғунбоев мавсумдаги иккинчи ғалабага эришди  2 21:23Жамбули Жигаурининг ягона голи "Насаф"га муҳим ғалабани тақдим этди  101 21:03АПЛ. "Ман Сити" камбэк қайд этди, "Ливерпуль" эса "Энфилд"да мағлуб бўлди  8 20:32РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Зенит"га мағлуб бўлди, Файзуллаев эса...  10

JCH-2018. Zlatko Dalich "armiya"si Angliyani taslim etdi va finalga yo'l oldi! Yangiliklar

JCH-2018. Zlatko Dalich "armiya"si Angliyani taslim etdi va finalga yo'l oldi!

Teglar :  JCH-2018
JCH-2018 yarim final doirasidagi Xorvatiya - Angliya uchrashuvidan reportaj uyushtiramiz.

Croatia

Ivan Perisic - 68', Mario Mandzukic - 109'

World Cup Semi Finals . 1/2-tur

11/07/2018, 23:00

1
:
2
Finished AET

England

Kieran Trippier - 5'

Stadion: Luzhniki, 78011 tomoshabin

Bosh hakam: Cuneyt Cakir

45'
90'
120'
48'  Mario Mandzukic
68'  Ivan Perisic
68'  Sime Vrsaljko
95'  Ivan Strinic (Josip Pivaric)
96'  Ante Rebic
101'  Ante Rebic (Andrej Kramaric)
109'  Mario Mandzukic
109'  Ivan Perisic
115'  Mario Mandzukic (Vedran Corluka)
119'  Luka Modric (Milan Badelj)
5'  Kieran Trippier
54'  Kyle Walker
74'  Raheem Sterling (Marcus Rashford)
91'  Ashley Young (Danny Rose)
97'  Jordan Henderson (Eric Dier)
112'  Kyle Walker (Jamie Vardy)

YANGILASH

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv statistikasi:


- Tugadi! XORVATIYA FINALDA! Haqli ravishda Xorvatiya finalda! Qoyil! Tasanno, tasanno Zlatko Dalich! 


120. Ekstra-taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. Angliya uchun imkoniyat...

118. Xorvatiya himoyada, Angliya esa hujumda...

115. Angliya shoshilmoqda, ammo o'ylagan rejalari umuman amalga oshmayapti. Ammo hali vaqt bor.

114. Xorvatiya istaganicha, xohlaganicha o'ynamoqda. Angliya shunchaki sparring raqib vazifasida.

112. Subashich kerakli paytda to'pga chiqdi va xavfni bartaraf etdi.

111. Angliya endi "vabank"ka borishi aniq. Boshqa yo'li ham yo'q.

109. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARIO! MANJUKICH! Xorvatiya ikkinchi tempda davom etgan hujumni samarali yakunladi. Havodan kelgan to'pni Mario Manjukich o'ziga yaxshi o'ngladi va darvozaning uzoq burchagiga aniq yo'naltirdi - 2:1!

107. Xorvatiya burchak zarbasini tezkorlik bilan o'ynashdi va Brozovich jarima maydonchasi ichidan kutilmaganda zarba yo'lladi. Kuchli, xavfli, ammo noaniq.

- Oxirgi 15 daqiqalik taym. Agarda shunda ham g'olib aniqlanmasa, unda penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi.

Birinchi ekstra-taym tugadi.


105. Pikford Angliyani muqarrar goldan qutqarib qoldi.


Xatolar qilaveradigan, ammo kulib turadigan ko'pchilikka juda yaxshi tanish - CHaqir

111. Ante Rebichning o'rniga Kramarich maydonga tushdi. Xorvatiya hujum chizig'ini yangilamoqda.

99. Xavfli vaziyat! Angliya yana standart vaziyatidan so'ng imkoniyatga ega bo'ldi. Stounzning boshi bilan bergan zarbasini Vrsalko darvoza chizig'i oldidan boshi bilan bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi! Qoyil!

97. Angliya hujumda fol ishlatgani uchun qoida buzilishi qayd etildi. Angliyada esa Xenderson o'rniga Dayer maydonga tushdi.

93. Xorvatiya safida Strinich jarohati tufayli maydonni tark etdi. O'rniga Pivarich maydonga tushirildi. Angliyada esa Rouz kurashga qo'shildi.

- Dastlabki ekstra-taym boshlandi!


- Xorvatiya uchun ketma-ket uchinchi bellashuvda ekstra-taym! Angliya uchun ikkinchisi. Ular nimchorak finalda Kolumbiya bilan uchrashuvda g'olibni asosiy vaqt ichida aniqlay olishmagandi. Xorvatiya esa jismoniy tarafdan ancha toliqib qolyapti. Ammo ularning metin irodasi, matonatli xarakteriga tan berish lozim!

- Asosiy vaqt tugadi! Buyog'iga g'olib ekstra-taymda yoki penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi! Kichik tanaffus!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Xorvatiyaning uzoq davom etayotgan pozicion hujumini uzoqdan yo'llagan noaniq zarbasi bilan uzib qo'ydi.

85. Zlatko Dalich tanaffusdan so'ng Sautgeytga taktik master-klass o'tmoqda.

84. Angliya himoyachilari va darvozabon tushunmovchiligi natijasida yana bir xato. Ammo Xorvatiya bu xatolarni hozircha kechirmoqda. Perishich bo'sh qolgan darvozani aniq "o'qqa" tuta olmadi.

82. Brozovich Manjukichni jarima maydonchasi ichida qidirib topdi. Mario Manjukich bemalol to'pni qabul qildi, o'nglab oldi va zarba yo'lladi. Pikford bu safar jamoasi joniga oro kirdi.

80. Angliya himoyasining asl qiyofasi ochilib qolmoqda. Kulguli xatolar ketma-ketligi davom etmoqda. Sal qolsa Xorvatiya buni gol bilan jazolashi mumkin edi...

78. Angliya uyg'ondi va hujumga o'tdi. Xendersonning zarbasi noaniq ketdi.

77. Keyn Jessi Lingardni yaxshi vaziyatga olib chiqdi. Ammo Lingardning zarbalari bugun umuman o'xshamayapti.

75. O'yin to'liqligicha Xorvatiya nazoratiga o'tdi.

72. Uhhhhhhhh! Perishich! Angliya himoyasining asl basharasi ochilib qoldimi? Oddiy vaziyatd xatolar. Angliya sarosimada! Perishich to'pni olib qo'yib bir himoyachini aldab o'tdi va to'pni darvozaga yo'lladi. To'p esa darvoza ustungiga tegib qaytdi. Rebichning qaytgan to'pga bergan zarbasi esa Pikfordning qo'liga borib tushdi.

70. Goldan so'ng Xorvatiya yana och bo'ridek uo'ljasini izlayotgandek oldinga tashlanmoqda. Ruhan ustunlik ham Xorvatiyaga o'tdi.

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IVAN PERISHICH! Xorvatiya qanday hujum qilish kerakligini ko'rsatib qo'ydi. Vrsalkodan jarima maydonchasiga ajoyib to'p oshirilishidan so'ng Perishich Uoker bilan bo'lgan kurashda g'olib chiqdi va to'pni chiroyli tarzda darvozaga joylab qo'ydi - 1:1!

65. Xorvatiyadan xavfli hujum! Ivan Perishichning kuchli zarbasi yo'liga himoyachi tug'anoq bo'ldi.


63. Angliya ajoyib hujumni tashkil qildi. Ammo Sterling vaziyatni yakunlashga kelganda aniq qarorni chiqara olmadi.


"Lujniki"ga bugun 78011 nafar tomoshabin tashrif buyurgan


57. Xorvatiya bosimni kuchaytirmoqda.

55. Xorvatiya burchak to'pi paytida hujumda fol ishlatdi.


Angliyalik muxlisalar

49. Xorvatiya bo'ridek ko'rinayotgan bo'lsa, Angliya tulkidek ayyor o'ynamoqda.

47. Xorvatiya ikkichni bo'limni o'ljasini izlayotgan och bo'ridek boshladi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!


Birinchi bo'lim statistikasi:


Juneyt CHaqirning ishidan ko'nglingiz to'lyaptimi?


- Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!

45. Xorvatiya birinchi taymdagi so'nggi imkoniyatidan foydalana olmadi.

42. Xorvatiyaning uzoq davom etgan hujumini Vrsalko uzoqdan zarba yo'llab yakunlamoqchi bo'ldi. Ammo zarbaga aniqlik etishmadi.

39. Xorvatiya to'p nazoratini qo'liga olmoqda.

35. Angliyadan ajoyib hujum! Deli Allining ajoyib pasini Lingard rasvo qildi. Ajoyib nuqtadan juda noaniq zarba.

32. Xorvatiyaning jahli chiqdi. Xorvatlar tezlikni oshirishmoqda. Hujum ketidan hujumlar boshlandi. Navbatdagi hujum paytida Manjukich to'pni qo'li bilan o'ynagani tufayli uzilib qoldi.

31. Xorvatiya javob hujumini uyushtirdi! Rebichning zarbasini Pikford ushlab olib xavfni bartaraf etdi.

30. XAVFLI VAZIYAT! Xarri Keyn, nimalar qilyapsan? Subashich, qoyil senga! Super seyv! Angliya hisobni oshirish uchun ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy berdi. Xarri Keyn yakkama-yakka vaziyatda Subashichni ojiz qoldira olmadi. Keyn mundialda faqat penaltidan gol urmoqchimi?

27. Subashich navbatdagi standartdan yuzaga kelgan xavfni bartaraf etmoqda. Angliya esa hamon hujumda. Xorvatiya himoyadan hujumga o'tishga qiynalmoqda.

25. Angliya kutilganidek Xorvatiyadan ko'ra jismonan ancha tetik ko'rinmoqda. Xorvatiyaga esa o'sha o'tkazilgan ortiqcha 30 daqiqa va 1 kun kech o'tkazilgan o'yin tasir ko'rsatmoqda.

24. Sterling o'zining tezkorligi evaziga Xorvatiya himoyachilarini sarosimaga solib qo'ymoqda. Ammo Raxim Sterlingda so'nggi zarbani berishda muammolar paydo bo'lmoqda.

22. Xorvatiya himoya chizig'i shoshilinch natijasida ko'pol xatoga yo'l qo'ydi. Sterlingga sovg'a qilingan to'pni Raxim Keynga oshirdi. Ammo bu vaziyatda offsayd qayd etildi.

19. Xavfli zarba! Perishich uzoqdan Angliya darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi. Zarba yo'l-yo'lakay himoyachining oyog'idan tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Ammo Juneyt CHaqir bu vaziyatda Pikfordni to'pni erkin zarba orqali o'yinga kiritishi kerakligini tushuntirdi. Vaholanki Xorvatiya burchak zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritgandi.

17. Xorvatiyaning pozicion hujumi muvaffaqiyatli chiqmadi. CHap qanot o'ng qanotga ko'chayotgan hujum uzilib qoldi.

15. Xorvatiya o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinib ko'rmoqda.

14. Angliya yana burchak zarbasini amalga oshirdi. Yana himoyachilar angliyaliklarga bosh bilan zarba berishlariga to'sqinlik qila olishmadi. Maguayrning bu galgi zarbasi noaniq ketdi.

12. Angliya yana standart vaziyatiga ega bo'ldi. Burchak zarbasidan so'ng Maguayr hujumda fol ishlatgani qayd etildi. Angliya joriy mundialda standart vaziyatlaridan maksimal foydalanmoqda. Angliya standart vaziyatlari - "qotili".

11. Xorvatiya hozircha o'z o'yinini topishda muammoga duch kelmoqda. Angliya esa juda tezkor va hujumga ko'p o'tmoqda.

- Fakt: Xorvatiya nimchorak final va chorak finalda ham birinchi bo'lib o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgandi. Yarim finalda ham bu anana davom etdi. Endi birgina savol, Xorvatiya yana iroda ko'rsatadimi?

7. Angliya Xorvatiyaga tezkor futbol taklif etmoqda. Ammo unutmaslik kerak, Xorvatiya pley-offda eng ko'p kuch sarflagan jamoa sanaladi. Xorvatlar nimchorak final va chorak finalda ham 120 daqiqadan maydonga harakat qilgan va Angliya ularga nisbatan bir kun ko'p hordiq chiqargani ham bugungi uchrashuvda o'z tasirini ko'rsatishi mumkin. Jismoniy jihatdan Xorvatiya ancha toliqqani fakt.

5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TRIPPER! Tripper belgilangan jarima zarbasidan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi - 0:1! Ajoyib gol! Zo'r start!

4. Dele Allini Xorvatiya futbolchilari jarima maydonchasi oldida yiqitishdi. Xavfli nuqta. Angliyada tezkor gol urish uchun ilk imkoniyat.

- O'YIN BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Har ikkala davlat madhiyalari yangramoqda...

- Xorvatiya - Angliya uchrashuvidan matnli onlayn translyaciyani etiboringizga taqdim etamiz.


"Iphone X" qimmat, lekin zo'r telefon...


Rossiya terma jamoasining bosh murabbiylari ham bugungi bahsni endi stadiondan kuzatishga majbur :-)


Xorvatiya muxlislik qilishga arziydigan terma jamoa, nima dedingiz?


Xorvatiyaga muxlislik qiladigan ham endi topilsa kerak...


Angliya tarafdorlari ko'pchilik shekilli bugungi bahsda...


Pikford bugun ham Angliyaning haloskoriga aylanadimi?


Zlatko Dalich daoimgidek jamoasining o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotini o'zi nazorat qiladi va futbolchilarni oldiga kelib har biri bilan alohida gaplashib o'yinga ruhan tayyorlaydi. Bu ishini Xorvatiya terma jamoasida ham qo'llamoqda. "Al Ayn"da paytida Qarshida ham, Toshkentda ham bunga guvoh bo'lgandik. Ajoyib mutaxassis

JCH-2018.

Yarim final.

Xorvatiya - Angliya 2:1

"Lujniki" stadioni.

Bosh hakam: 
Juneyt CHaqir (Turkiya)

Gollar
: 0:1 – 5 Tripper, 1:1 – 68 Perishich, 2:1 – 109 Mandjukich.

Xorvatiya 
– Subashich, Lovren, Strinich (Pivarich, 95), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich (Badel, 119), Rebich (Kramarich, 101), Mandjukich (CHorluka, 115).

Angliya 
– Pikford, Uoker (Vardi, 112), Stounz, Yang (Rouz, 90), Maguayr, Alli, Lingard, Sterling (Reshford, 74), Xenderson (Dayer, 97), Tripper, Keyn.

Ogohlantirishlar
: Mandjukich (48), Uoker (54), Rebich (96).

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика