So’nggi yangiliklar

16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да биттадан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  1 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  1 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  1 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  4 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  1 13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  2 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:38Расман: Нани Португалияга қайтди  2 11:17"Фулхэм" МЮ тарбияланувчисини сотиб олишга уринмоқда  1 10:50МЮда жароҳатлар эпидемияси бошланди. Расмус Ҳойлунд қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 10:19Адриен Рабьо учун асосий даъвогар маълум  1

JCH-2018. Xayr Rossiya, xayr "CA", ko'rishguncha Qatar-2022 Yangiliklar

JCH-2018. Xayr Rossiya, xayr "CA", ko'rishguncha Qatar-2022

Teglar :  JCH-2018Muxlislar
Barcha OAV vakillari va futbol muxlislarining yagona orzusi Jahon chempionati o'yinlarini borib ko'rish, desam hech kim etiroz bildirmasa kerak.

Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatiga “Bunyodkor” klubining etakchi muxlislari bilan birga avtomobilda borganimiz haqida ko'p bor xabar bergan edik. Bir necha kun oldin tong saharda Rossiyadan yurtimizga eson-omon qaytib keldik.


SAMARA

SENEGAL - KOLUMBIYA

Bir oycha avval “Bunyodkor” klubining etakchi muxlislari bilan Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatini tomosha qilish va mundial havosidan bahra olish uchun rus diyoriga avtomobilda borib o'yinlarni kuzatib qaytdik. Mening futboldagi yagona orzum amalga oshganidan baxtiyorman. Birinchi marotaba Jahon chempionati havosidan bahra olib yurtimizga qaytib keldim.

Biz Toshkentdan Rossiyaga borish uchun Qozog'iston orqali yo'lga chiqdik. Manzilimizga eson-omon etib olish uchun holdan toyganimizda mehmonxonaga joylashib, u erda hordiq chiqarib, ertasi kuni yana yo'lga tushdik. Dastlab Qozog'istonning Aktobe shahrida bir kecha tunashga qaror qildik va ertasiga Rossiyaning Orenburg shahriga etib bordik. Ushbu shaharda ham bir kecha kun tunaganiimizdan so'ng, tong saharda Samara shahriga tomon yo'lga otlandik. Kun qoraymasidan Rossiyaning Samara shahriga etib bordik. Ushbu shaharga kirib kelishimiz bilan Jahon chempionati muhitiga kirib qolganingizni sezmay qolasiz. Bir haftaga yaqin vaqt ichida biz Samara shahrida bo'ldik. Rossiyada bo'lib o'tayotgan Jahon chempionatidagi dastlabki tomosha qilgan o'yinimiz “H” guruhidan o'rin olgan Senegal – Kolumbiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvi bo'ldi. 

Ushbu o'yinda “Kosmos-Arena” tribunalari kolumbiyalik muxlislar bilan to'lib toshdi. Senegaldan kelgan muxlislar esa ularga nisbatan kamroq edi. SHunday bo'lsada, Afrika qitasidan kelgan futbol muxlislari ham ulardan qolishmasligini amalda isbotlab qo'ydi. Senegallik ishqibozlar o'z suyuklilarini tinmay qo'llab-quvvatlab turishdi. Bo'lib o'tgan ushbu bahsdan so'ng senegallik muxlislar terma jamoasining mag'lubiyatini va mundialdagi o'z yurishini guruh bosqichidayoq to'xtatishganini hazm qila olishmadi. Senegallik ishqibozlar ushbu mag'lubiyatdan so'ng ko'z yoshlarini tiyib tura olishmadi. Bu shunchaki daxshat! Ikkala terma jamoa muxlislari stadiondan tashqariga chiqishganidan so'ng senegallik muxlislar kolumbiyaliklarni g'alaba bilan tabriklashdi, kolumbiyaliklar esa senegallik ishqibozlarga taskin berishdi. Bu muxlislik madaniyati ularda birinchi o'rinda turishidan dalolat berib turardi. 


"FIFA FAN FEST SAMARA"



BRAZILIYA – MEKSIKA

Biz Samaradagi “Kosmos-Arena”da yana bir uchrashuvni stadiondan turib tomosha qilishga muvaffaq bo'ldik. Jahon chempionatining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan Braziliya – Meksika terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni kuzatdik. Ushbu o'yin faoliyatimdagi unutilmas voqea bo'ldi. Sababi, dunyo yulduzlari to'p tepadigan Braziliya terma jamoasini bir necha metr uzoq masofadan ko'rishning o'zi insonga quvonch bag'ishlaydi. 


MOSKVA

Samara shahridagi ikki uchrashuvni tomosha qilgach, Moskva tomon yo'l oldik. Uzoq yo'l bosib Moskva shahriga etib keldik. Rossiya poytaxtiga Angliya – SHveciya uchrashuvi boshlangan paytda etib keldik. Biz  ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga etib bordik. Afsuski chiptalar bir dona ham topa olmaganimiz uchun ushbu uchrashuvni stadiondan turib tomosha qila olmadik. Moskva shahrida bir kun bo'ldik. Mana shu bir kunimizdan unumlii foydalanish maqsadida barchaga mashhur bo'lgan “Qizil maydon”ga bordik. U erda FIFA tomonidan muxlislar uchun maxsus hudud tashkil qilingan ekan. 


Ushbu maydonchaga kirib kelishingiz bilan siz maxsus tekshiruvdan o'tasiz, sizdda ortiqcha buyum bo'lmasa ichkariga bemalol kirib borishingiz mumkin. Maxsus tekshiruvdan o'tganingizdan so'ng sizni volantyorlar kutib olishadi va ular sizga FIFAning Jahon chempionati uchun maxsus chiqarilgan kitobchasini taqdim etishadi. Ushbu hududda futbol o'ynash uchun maxsus maydoncha, FIFAning maxsus do'koni, xattokiyuluzlar bilan suratga tushish uchun ham sharoitlar yaratib berilgan. Biz yuqorida aytib  o'tilgan barcha joylarga bordik va u erdagi barcha narsalarni tomosha qildik. SHu bilan Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tadigan yarim final o'yinidan bir necha kun avval ushbu shaharga etib bordik. 


SANKT-PETERBURG

FRANCIYA - BELGIYA

Ushbu  shaharda ham birinchi borgan joyimiz “Fan Zona” bo'ldi. SHu kuni Jahon chempionatining mezbon jamoasi Rossiya Xorvatiya terma jamoasiga qarshi chorak final bosqichida maydonga tushishi kerak edi. Taqdirning taqozosi bilan Sankt-Peterburgda joylashgan “Fan Zona”da Rossiya – Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi chorak final bosqichini tomosha qildik. SHu kuni “Fan Zona”ga juda ham ko'plab futbol muxlislari tashrif buyurishdi. 


"Krestovskiy Arena"

“Fan Zona”ga kelgan muxlislar bemalol bitta stadionni to'ldirishi turgan gap. Rossiya ushbu jahon chempionatiga ancha tayyorgarlik ko'rgani aniq, sababi tashkilotchilik alo darajada. Bu yilgi Jahon chempionati tashkilotchilik borasida qolganlaridan ancha farq qiladi. Rossiya mamlakati ushbu mundialga o'zgacha  tarzda yondoshgani shundoqqina bilinib turardi. Stadionlardagi, “Fan Zona”dagi va  ko'chadagi muhitdan futbolga bo'lgan etibor ancha kuchli ekanligini his qilish mumkin. Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatini shunchaki so'z bilan tariflab bera olmayman. Buni his qilish uchun bir marotaba mundial havosidan bahra olishni maslahat beraman. 

P.S. Men birinchi marotaba jahon chempionati nimaligini borib ko'rdim va his qildim. Yuqorida takidlab o'tganimdek barcha futbol muxlislariga bir marotaba bo'lsaham imkon qadar jahon chempionatiga borishlarini aytmoqchiman. Men u erda ko'plab  OAV vakillari bilan suhbatlashdim, hattoki BBC telekanali muxbiridan intervyu olishga ham erishdim. Bu men uchun juda ham katta yutuq. Jahon chempionatiga kelishimning o'zi katta baxt. Buning uchun championat.asia saytiga va “Bunyodkor” klubining etakchi muxlislariga katta rahmat aytaman. Bu mening championat.asia yozgan so'ngi maqolam. Nima bo'lganda ham hayot davom etadi. Men seni sog'inaman CA.



Jahongir Sotvoldiev

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика