So’nggi yangiliklar

17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  12 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  4 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  4 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1 14:24Кейлор Наваснинг "Монца"га трансфери барбод бўлди  1 13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  10 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1

JCH-2018. Kavani Portugaliyani musobaqadan chiqarib yubordi Yangiliklar

JCH-2018. Kavani Portugaliyani musobaqadan chiqarib yubordi

Urugvay hamda Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 1/8 final uchrashuvi yakunlandi

Urugvay - Portugaliya 2:1

Gol: Kavani 7, 62 - Pepe 55.

Urugvay: 1.Fernando Muslera, 2.Xose Ximenes, 3.Diego Godin, 22.Martin Kaseres, 6.Rodrigo Bentankur (Kristian Rodriges 63), 8.Naytan Nandes (Karlos Sanches 80), 14.Lukas Torreyra, 15.Matias Vesino, 17.Diego Laksalt, 9.Luis Suares, 21.Edinson Kavani (Kristian Stutani 73).

Portugaliya: 1.Rui Patrisiu, 3.Pepe, 5.Rafael Gerreyru, 6.Joze Fonte, 15.Rikardu Pereyra, 10.Joau Mariu (Manuel Fernandesh 85), 11.Bernardu Silva, 14.Villiam Karvalyu, 23.Adrien Silva (Rikardu Kuarejma 65), 7.Krishtianu Ronaldu, 17.Gonsalu Gedesh (Andre Silva 73).

Ogohlantirish: Ronaldu 90+4.

Barcha gollarni bu erdan ko'chirib olasiz: TELEGRAM


Uruguay

Edinson Cavani - 7', Edinson Cavani - 62'

World Cup 1/8 Finals . 1/8-tur

30/06/2018, 23:00

1
:
2
Tugadi

Portugal

Pepe - 55'

Stadion: Fisht Stadium, 44287 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Ramos

45'
90'
7'  Edinson Cavani
7'  Luis Suarez
62'  Edinson Cavani
62'  Rodrigo Bentancur
63'  Rodrigo Bentancur (Cristian Rodriguez)
74'  Edinson Cavani (Cristhian Stuani)
81'  Nahitan Nandez (Carlos Sanchez)
55'  Pepe
55'  Raphael Guerreiro
65'  Adrien Silva (Ricardo Quaresma)
74'  Goncalo Guedes (Andre Silva)
84'  Joao Mario (Manuel Fernandes)
90'  Cristiano Ronaldo




UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. So'nggi soniyalarda Rui Patrisiu raqib jarima maydonchasiga bordi, ammo bu foyda bermadi. Uzatmalar zarba bilan yakunlanmayapti.

90+4. Sariq kartochka. Ronaldu hakamga o'shqirgani uchun jazolandi.

90+3. Suares qarshi hujumga qochib ketdi va chap qanotdan ochilayotgan jamoadoshiga to'pni uzatdi. Kristian Rodriges to'p zarba berishda xato qild va hujum golsiz yakunlandi.

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Urugvay butun jamoa bo'lib himoyada harakat qilmoqda, birgina Suares markazda qarshi hujumga tayyor turibdi.

85. O'zgarish. Joau Mariu o'rniga Manuel Fernandesh o'yinga tushdi.

83. Kuarejma shedevr uzatmasini o'zining sevimli uslubi - o'ng oyog'i tashqi qismi bilan bajardi, biroq har doimgidek hujumni yakunlovchi futbolchi etishmadi.

80. O'zgarish. Naytan Nandes maydonni tark etmoqda, Karlos Sanches uning o'rnini egallaydi.

79. Kuarejmaning jarima maydonchasiga uzatayotgan to'plari xavfli chiqmoqda, ammo zarba beradigan futbolchi topilmayapti.

77. Gerreyru! Kuarejma burchakdan to'pni jarima maydonchasiga tashladi, orqaroqdan katta tezlikdan kelayotgan Ronaldu to'pga zarba bera olmadi, ammo hammadan o'tib ketgan to'p Rafael Gerreyruga tushdi va u to'pni to'xtatib o'tirmay, darvozani ishg'ol qilishga urindi, noaniq.

73. O'zgarishlar. Gedesh o'rniga Andre Silva (Portugaliya), jarohat olgan Kavani o'rniga Stuani maydonga tushdi.

69. Gerreyru ohista pas bilan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi, Kuarejma to'pga eta olmadi, orqadan kelgan Muslera esa to'pni ushlay olmadi. Bundan foydalangan Bernardu Silva to'pni olib qo'yib, darvozaga zarba berdi, biroz noaniq!

65. O'zgarish. Adrien Silva o'rniga Rikardu Kuarejma maydonga tushdi.

63. O'zgarish. Bentankur o'rniga Kristian Rodriges.

62. GOOOOOOOOLLLLL! KAVANI! Urugvayliklar yana hisobda oldinga chiqib olishdi. Kavani chap qanotda jamoadoshidan kelayotgan to'pni to'xtatmay darvozaning uzoq burchagiga yo'lladi va dubl qayd etdi.

56. Uchrashuv endi yanada qiziydi. Gollarni qaerdan ko'chirib olishni bilasiz: TELEGRAM

55. GOOOOOOOOLLLLL! PEPE! HISOB TENGLASHDI! Burchakdan uzatilgan to'pni Pepe bosh bilan darvozaga to'g'irladi va hisobni tenglashtirdi.

52. Portugaliyaliklar burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi, Silvaning uzatmasi qaytarildi, biroq hujumning ikkinchi to'lqini zarba bilan yakunlandi. Gerreyru uzoqdan Musler darvozasini ishg'ol qilishga urindi, noaniq.

50. Jamoalar safida tanaffusdan so'ng o'zgarish ro'y bermadi.

48. Suares raqib himoyachilariga pressing uyushtirib to'pni olib qo'yishiga oz qoldi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.


- Tanaffus paytida ajoyib izohlar (kommentlar)ni o'qing va ularga + yoki - bosib baho bering.

Bizdan uzoqlashmang, eng yangi suratlarni saytga joylashda davom etamiz. Hammasi shu sahifada.

TANAFFUS!

45+1. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Burchak zarbasi portugaliyaliklar uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

44. Suares to'p uchun kurashda boshidan lat edi. Portugaliyaliklar o'yinni davom ettirishmoqda, chunki ular hisobda orqada qolishmoqda. Normal holat. Portugaliya terma jamoasi burchak zarbasi ishlab oldi.

38. Ikkinchi qavatdagi to'p uchun kurashda Gedesh shikastlandi. Bunday kurashlarda katta tajribaga ega bo'lgan Godin raqibiga zarba berdi. Hammasi joyida, Gonsalu o'rnida turdi.

35. QIZIQARLI MA'LUMOT! Portugaliya JCH o'yinlarida birinchi bo'lib gol o'tkazgan so'ngg 9ta uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan. Bugun ushbu qora anana yo'qqa chiqadimi? Ko'ramiz...

32. To'p qarshisida siz bilan, siz sevgan yoki yomon ko'radigan KRISHTIANU RONALDU! ZARBAAA! To'p jonli devorga tegib qaytdi va xavf bartaraf etildi.

31. Ronaldu sevadigan nuqtada Portugaliya terma jamoasi jarima zarbasi ishlab oldi.

29. Portugaliyaliklar pozicion hujum uyushtirib, gol urish niyatida, ammo Urugvay terma jamoasi katta kuch bilan himoyalanmoqda. To'pga egalik qilish bo'yicha evropaliklar ustun.

26. Portugaliyaliklar o'ng qanotdan standart ijro etishdi. Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pga hech kim zarba bera olmadi. Xujum yo'qqa chiqdi.

22. ZARBA!!!! Suares jonli devor orasidan pastlatib darvozaga zarba berdi. Rui Patrisiu bo'sh burchakni yopishga muvaffaq bo'ldi va seyv ijro etdi, hujumning ikkinchi to'lqini yana 9-raqam zarbasi bilan yakunlandi, biroq bu safar noaniq.

21. Suares raqib jarima maydonchasi oldida jarima zarbasi ishlab oldi. Bu safar simulyaciyasiz! To'p qarshisida jabrlangan futbolchining o'zi.

19. Gonsalu Gedesh to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, to'p Ronaldu tomon kelayotgan edi, biroq urugvaylik himoyachi Krishtianudan chaqqonroq chiqib, xavfni yo'qqa chiqardi.

17. Urugvay hisobni ochganidan so'ng ko'pchilik bo'lib himoyalanmoqda. Ular qarshi hujumlarda raqibni jazolamoqchi.

12. Ronaldu o'zining sevimli qanotidan markazroqqa o'tib darvoza tomon zarba berdi, biroq Torreyra to'pni to'sib qoldi va endi unga tibbiy yordam kerak. Futbolchi o'rnidan turdi va uchrashuvni davom ettirishga tayyor.

7. GOOOOOOLLLLL! KAVANNNIII! Edinson o'zi boshlagan hujumni gol bilan yakunladi! PSJ forvardi o'ng qanotdan to'pni narigi qanotdagi Suaresga uzatdi va jarima maydonchasi tomon oshiqdi, "Barsa" hujumchisi esa to'ni o'ziga to'g'irlab, uni jarima maydonchasiga zarba kabi yo'lladi. Kavani to'pga bosh bilan zarba berdi va hisobni ochdi.

6. Ronaldudan aniq zarba! Bernardu Silva jarima maydonchasi chizig'i oldida yaqinida turgan Ronalduga to'pni uzatdi va Krishtianu darvozaga zarba berdi. Muslera qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

4. O'yindagi dastlabki burchak zarbasini Urugvay o'yinga kiritdi. Torreyraning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi va qarshi hujumni boshlashdi. Torreyra qoidabuzarlik bilan hujumning oldini oldi.

2. Bahsdagi ilk zarba Bernardu Silva hisobiga yozildi. Silva Mariuning uzatmasini bosh bilan darvozaga to'g'irlashga harakat qildi, ammo zarba noaniq.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Tarkiblar bilan tanishib chiqqaningiz aniq. Ikki jamoaning deyarli barcha asosiy yulduzlari maydonda. Faqatgina Kuarejma zaxirada qolgan.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Urugvay - Portugaliya uchrashuviga xush kelibsiz. Bizni sifatli, gollarga boy o'yin kutib turibdi deb umid qilamiz.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика