So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  146 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  13 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  18 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  14 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

JCH-2018. Urugvay - Franciya uchrashuviga oid qiziqarli malumotlar Yangiliklar

JCH-2018. Urugvay - Franciya uchrashuviga oid qiziqarli malumotlar

Bugun yarim final yo'llanmasi uchun dastlabki vaqtda Urugvay va Franciya terma jamoalari o'zaro kuch sinashadi.

CHorak finalda to'qnash kelgan Urugvay va Franciyaning yo'llari bir-biriga o'xshash. Har ikki jamoa ham guruh bosqichida birinchi o'rinni egallagan. Urugvayliklar guruhda Saudiya Arabiston, Misr va Rossiyani mag'lub etib, eng yuqori ochkoga ega bo'lgandilar. Franciya ham Avstraliya va Peru ustidan g'alaba qozonib, Daniya bilan o'yinda durrang natijani qayd etgan. 1/8 final bosqichida har ikki terma guruhda 2-o'rinni egallagan favorit jamoalarga qarshi kurashib, ularni ham engib o'tishdi. Urugvay termasi Portugaliya ustidan 2:1 hisobda g'alaba qozondi. Franciya esa 4:3 hisob bilan Argentinani ortda qoldirib ketdi. SHunday ekan, bugungi uchrashuvda ikki jamoa o'zaro mos va bir-biridan kuchli.      

Uchrashuvlar tarixi

XXI asrda bu ikki terma o'zaro bahslarda nechta gol urishganini bilasizmi? Bor yo'g'i bitta! O'yinlar soni esa 5ta. Faqat 2013 yilda bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvida 1:0 xisob bilan Urugvay zafar quchgandi. Bunga qadar esa 2012 yilgi o'yinda durrang (0:0) natija qayd etilgan. JCH-2010 guruh bosqichida Urugvay va Franciya o'rtasidagi uchrashuv eng zerikarli o'yinlardan biri bo'lgandi. JCH-2002dagi bahs ham 0:0 bilan yakunlangan. SHuningdek, 2008 yilgi uchrashuvda ham hisob ochilmagan. Umuman olganda, bu malumotlar bilan bugungi o'yin haqida bir narsa deyish qiyin.

Urugvay terma jamoasi

Urugvayda uni «Buyuk murabbiy» deb atashadi. Umrining asosiy qismini murabbiylik bilan shug'ullanish bilan o'tkazgan Tabares 2006 yildan beri Urugvay termasini boshqaradi. Bu jamoani Oskar Tabaressiz tasavvur qilish qiyin. U urugvaylik barcha futbolchilarni yaxshi biladi. Hattoki, ularning tibbiy malumotlarini ham yoddan aytib bera oladi. Oskar bir necha marotaba tarkibni tubdan o'zgartirgan. Biroq, har safar kuchli o'yinchilardan iborat jamoa tuza olgan va u bilan faxrlansa arziydi. Avvaliga, hozirgi terma jamoaning asosiy kuchi faqat Edinson Kavani va Luis Suares ekandek ko'rinadi. Biroq, hammasi ham siz o'ylagandek emas. Urugvayliklarning haqiqiy kuchi muvozanatni saylay olishlari va himoyasi kuchli ekanidadir. 2018 yilda Urugvay faqat bitta gol o'tkazib yubordi. U ham bo'lsa, 1/8 final bosqichida Portugaliya tomonidan yo'llangan to'p Urugvay darvozasini ishg'ol etdi. Unga qadar bo'lgan 6ta o'yinda ham ular gol o'tkazib yuborishmagandi. Mana shu Urugvayning haqiqiy kuchi hisoblanadi.

Urugvay termasining tahminiy tarkibi (4-3-1-2): Muslera – Kaseres, Ximenes, Godin, Laksalt – Nandes, Torreyra, Vesino – Bentankur – Suares, Stuani.

Franciya terma jamoasi

Franciyaning tarkibi va tanlovi ko'proqliki Urugvaynikidan uchtunroq. Biroq, Dide Disham futbolchilarning aniq tarkibi haqida chuqur o'ylab ko'rishi kerak. SHunda Tabaresga o'xshab maydonga kimlarni tushurish kerakligini aniq biladi va bu borada bosh qotiravermaydi. Guruh bosqichida Franciyaga sifat va o'yin uslubi borasida bir nechta etirozlar bo'lgandi. Ular guruhda o'z ishini bir amallab uddalashdi. Biroq, pley-offda tez va hujumkor o'yin ko'rsatishdi. Turnir boshidan muxlislar francuzlardan ana shuni kutishgandi o'zi. Lekin ular faqatgina pley-offda buni namoyish eta oldilar. Umuman olganda, Pogba va Kante ishtirokidagi himoya zonasi shunchaki ajoyib. Ularga bu borada Matyuidi yordam berolmaydi, chunki u o'yindan chetlashtirdi. Lekin hozirgi tarkib ham juda kuchli.

Franciya termasining tahminiy tarkibi (4-3-3): Loris – Pavar, Varan, Umtiti, Ernandes – Kante, Pogba, Tolisso – Mbappe, Jiru, Grizmann.

DUELLAR

Himoya borasida juda kuchli bo'lgan Urugvay va hujum borasida ko'plab jamoalarni ortda qoldirib keta oladigan Franciya o'rtasidagi bugungi bahs ajoyib va qiziqarli o'tishi aniq. Grizmannga bo'lgan bosim tufayli chempionatda o'zini to'liq ko'rsata olgani yo'q. SHu sababli, u bugun bor kuchi bilan harakatlanishi aniq. Franciya Matyuidisiz biroz kuchsiz ko'rinadi. Biroq, agar albatta Desham sxemani o'zgaritirmasa, uning o'rnini Tolisso egallaydi va havotirga o'rin qolmaydi. Yana zaxirada Fekir va Toven juftligi ham bor. Bundan tashqari, Pavar va Ernandes juftligi himoyada Laksalt va Kaseresdan qolishmaydi. Biroq, Deshamning imkoniyatlari talaygina. Ularning o'rniga yana ikki himoyachisi Sidibe va Mendi bor. Dide istagan payti futbolchilar o'rni almashtirishi mumkin. Xulosa o'rida shuni aytishimiz mumkinki, Urugvay va Franciya o'z ananalarini biroz o'zgartirib, bugun yorqin va ajoyib o'yin ko'rsatishlariga umid qilamiz.


soccer.ru saytidan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика