So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  0 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

JCH-2018. "G" guruhining ikkinchi jamoasi - Angliya ham yarim finalda! Yangiliklar

JCH-2018. "G" guruhining ikkinchi jamoasi - Angliya ham yarim finalda!

JCH-2018 chorak final doirasidagi SHveciya - Angliya uchrashuvi yakunlandi.

YANGILASH

MATNLI TRANSLYACIYA

Sweden

World Cup Quarter Finals . 1/4-tur

07/07/2018, 19:00

2
:
0
Tugadi

England

Harry Maguire - 30', Dele Alli - 59'

Stadion: Samara Arena, 39991 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
65'  Ola Toivonen (John Guidetti)
65'  Emil Forsberg (Martin Olsson)
85'  Emil Krafth (Pontus Jansson)
87'  John Guidetti
90'  Sebastian Larsson
30'  Harry Maguire
30'  Ashley Young
59'  Dele Alli
59'  Jesse Lingard
77'  Dele Alli (Fabian Delph)
85'  Jordan Henderson (Eric Dier)
87'  Harry Maguire
90'  Raheem Sterling (Marcus Rashford)


- Angliya yarim finalda!

- O'yin tugadi! 

89. SHveciya xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Ammo uni ijrosi kutilganidek chiqmadi.

85. O'yin tempi ancha tushib ketdi. SHveciya katta kuch bilan hujumga o'tmayapti. Angliya esa xotirjam.

81. Angliya uchinchi golni urishga, SHveciya esa umidlarni uyg'otish uchun birinchi golni urishga harakat qilmoqda.

77. Angliyaning hujum ancha xavfli tus oldi! Sterling tomon kelayotgan to'pni darvoza chizig'i oldidan himoyachi bartaraf etishni uddasidan chiqdi. Aks holda tablodagi hisob yirik ko'rinish olardi.

- SHveciya Angliyaning himoyadagi nuqsonlarini topa olmoqda, vaziyatlar yaratilmoqda. Ammo so'nggi pallada Pikford katta sahnaga chiqib jamoasi joniga oro kirmoqda!

72. Xavfli vaziyat! Berg!!!! Yana Pikford! Qoyil! Angliyada nihoyat darvozabon paydo bo'lganiga bugungi o'yin misol bo'la oladi.

67. Angliya xotirjam, erkin va ishonch bilan o'ynamoqda. Jamoa hujumda ijodkorlikni namoyish etmoqda.

64. SHveciya ustozi o'yini qovushmagan Forsbergni almashtirdi. Uning o'rniga Olsson maydonga tushirildi. Tezkor, juda kuchli zarba sohibi sanalgan Olsson universal qanot futbolchisi sanaladi. Ham himoyada, ham yarim himoyada o'ynaydigan zamonaviy vinger - lateral!

61. SHveciya kurashmoqchi! O'ng qanotdan boshlangan hujum yaxshi rivoj oldi, ammo yana bir bor Pikford katta sahnaga chiqib jamoasini goldan qutqarib qoldi!

- Angliya bir oyog'i bilan yarim final sari yana dadil odimladi.

59. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! DELE ALLI! Lingard oshirgan to'pni Klassenning takibidan qochgan Alli boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 0:2!

54. Angliyaning xavfli hujumini shveciyalik himoyachilar darvoza oldidan bartaraf etib yuborishdi.

51. SHveciyaning hujumi Forsbergning noaniq zarbasi tufayli besamar yakunlandi.

48. SHveciya tanaffusda yaxshigina quvvatlanib chiqishgan shekilli.

47. Xavfli vaziyat! PIKFORD! SHveciyaning chap qanotdan uyushtirgan hujumidan so'ng Berg boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. Pikford bu vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi! Ajoyib seyv!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45. Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!

44. Sterling navbatdagi ajoyi vaziyatni ko'kka sovurmoqda! Ulsen bu vaziyatda yana to'pni Sterlingni oyog'idan olib qo'ydi.

43. Sterling Angliya terma jamoasi libosida gol urolmayapti. Hozir ham deyarli 100% vaziyatda darvozabonni dog'da qoldira olmadi. Kamiga qanot hakami ham bayroqchasini ko'tarib o'yindan tashqari holat qayd etdi.


Angliyada golni shu tarzda nishonlashdi


39. SHveciya o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirdi. To'pni qaytardi. Ammo hujum tashkil etishda muammolarga duch kelmoqda. SHveciya hujum chizig'i vakillariga ijodkorlik etishmayotgandek. Angliya mudofaa chizig'i ham ancha mustahkam ko'rinmoqda.

35. SHveciya endi himoyadan chiqishga, hujumga o'tishga majbur.

- Angliya ushbu mundialdagi kiritgan 10ta golidan 9tasini standart vaziyatlar orqali urdi. Faqatgina Lingard Panamaga o'yindan gol urgandi.


Maguayr nafaqat himoyada ishonchli, balki hujumda, xususan standart vaziyatlarida raqib jarima maydonchasi ichidagi "qotil"ga aylanmoqda


30. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL! MAGUAYR! Angliya yana standart vaziyatidan gol urmoqda. Yang tomonidan oshirib berilgan to'pni Maguayr boshi bilan darvozaga aniq joyladi - 0:1!

28. Angliya bosimni kuchaytirmoqda, hujum ketidan hujum tashkil etilmoqda. SHveciya anchadan buyon himoyadan chiqib keta olmayapti.

25. Angliyani hujumini bartaraf etgan SHveciya himoyachilari birgina to'p oshirish orqali Toyvonenni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yuborishdi. Ammo qanot hakami bu erda offsayd qayd etdi.

22. Angliya to'pni nazorat qilmoqda. Hujumlar sonini ko'paytirmoqda. Lekin hozircha SHveciya darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyat yaratish ularga nasib etmayapti.

19. Sterling tashkil etgan hujumni Keyn noaniq zarbasi bilan yakunladi.

17. Angliya himoyadan hujumga chiqib ketishda muammolarga duch kelmoqda. SHveciya Angliyani raqib jarima maydonchasi oldidayoq pressing qilmoqda.

15. SHveciya pozicion ancha tartibli o'ynamoqda. Angliya hujumda izlayotgan bo'sh zonalarga ega bo'lmayapti.

13. SHveciya futbolchisi Klassendan kuchli zarba. Ammo noaniq.

11. Angliyaning ilk pozicion hujumi. Uokerning jarima maydonchasiga oshirgan to'piga Ulsen egalik qildi.

9. SHveciya ancha xotirjam, ammo Angliya o'z statusiga mos ravishda ishonch bilan o'ynamayapti.

7. Kraft jarima maydonchasi oldida qo'pol xato evaziga to'pni raqibga oldirdi. Ammo Dele Alli bu vaziyatda Keynga to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi.



5. Jamoalar shoshilmasdan, tezlikni dastlabki daqiqalardanoq qo'shmasdan o'ynashmoqda. Bugun kuchga tayangan, asosan yakka-kurashlarga boy o'yin ko'rsak ajab emas. CHunki har ikkala terma jamoa futbolchilari jismonan baquvvat va standart vaziyatlari orqali o'ynashni xush ko'radigan jamoalar sanalishadi.


3. Angliya dastlabki daqiqalardan to'p nazoratini qo'lga olib, asta-sekinlik bilan pozicion hujumga o'tayotganda Uoker oddiy vaziyatda to'p oshirishda xato o'ynadi. Ammo SHveciyaning tezkor hujumi besamar ketdi.

- O'YIN BOSHLANDI!

- Jamoalar stadionga chiqib kelishdi. Har ikkala jamoalarning davlat madhiyasi yangraydi.

- SHveciya bugun o'zining klassik uslubida, yani 4-4-2 sxemasida o'ynaydi. Angliya ustozi Sautgeyt esa 3-1-4-2 taktik sxemasidan voz kechmagan.

- SHveciya - Angliya uchrashuvidan matnli onlayn translyaciyani amalga oshiramiz.


Diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuborayotgan SHveciya himoyachisi Lustig oilaviy stadionga tashrif buyurgan


Jamoalarning JCH-2018dagi statistikasi


Jeymi Vardining rafiqasi doimgidek Angliyani stadiondan turib qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan


JCH-2018.

CHorak final.

SHveciya - Angliya 0:2

"Samara Arena" stadioni.

Bosh hakam
: Born Kuypers (Gollandiya)

Gollar: Maguayr (30), Alli (58)

SHveciya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Kraft (Yansson, 85), Grankvist, Larsson, Klasson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 65), Toyvonen (Gvidetti, 65), Berg.

Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Alli (Delf, 77), Lingard, Sterling (Reshford, 90), Xenderson (Dayer, 85), Tripper, Keyn.

Ogohlantirishlar: Maguayr (87), Gvidetti (88).

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика